Kontent qismiga oʻtish

Kar (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kar
Muallif(lar) Orhan Pamuk
Mamlakat Turkiya
Til turkcha
Janr(lar)i Roman
Nashr etilgan sanasi 2002-yil yanvar
Nashriyot İletişim Yayınları
Sahifalar soni 429
ISBN ISBN 9754709610

Kar — Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti soxibi Orhan Pamuk qalamiga mansub boʻlgan bir roman. Ushbu roman 2002-yil yanvar oyida İletişim Yayınları nashriyotida chop etilgan.

Kitobning mazmuni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ka — Germaniyada 12 yillik siyosiy surgundan keyin Turkiyaga qaytib kelgan shoir. U Karsga bir necha sabablarga koʻra borgan: birinchidan, jurnalist sifatida, Istanbullik jurnalist doʻstining iltimosiga binoan bir qator yosh qizlarning oʻz joniga qasd qilishlarini tekshirishga, ikkinchidan, u tanigan ayol bilan uchrashish umidida. Kuchli qor Karsni tashqi dunyodan uch kunga uzib qoʻyadi. Ushbu uch kun davomida Ka sobiq kommunist, fashistik millatchi, ehtimoliy islomiy ekstremist, islomiy rahbarlar, yosh kurdlar, harbiylar, maxfiy xizmat xodimlari, politsiya zobitlari va inqilobiy aktyor kabi odamlar bilan suhbatlashadi. Shaharni majburiy izolyatsiya qilish paytida Karsda harbiy toʻntarish sodir boʻladi.

Kitobning asosiy mavzusi dunyoviylik va dinning oʻzaro taʼsiri, ammo romanda shuningdek, Turkiyaning yigirmanchi asrdagi butun tarixiga havolalar mavjud. Muallifning fikriga koʻra, asar qahramoni Yevropa ideallari va Turkiya haqiqatlari oʻrtasida „oʻzini topdi“[1]..