Henryk Sienkiewicz
Henryk Sienkiewicz | |
---|---|
Tavalludi | 5-may 1846[1] |
Vafoti | 15-noyabr 1916[1] |
Ijod qilgan tillari | Polyak tili |
Fuqaroligi | Polsha |
Henryk Adam Aleksander Pius Sienkiewicz (1846.5.5, VolyaOksheyska 1916.15.11, Veve, Shveysariya) — polyak yozuvchisi.
Dastlabki asari — "Behuda" (qissa, 1872). 1876—78 yillarda "Safar", "Qora eskizlar" kabi asarlar yozgan. Sienkiewicz ijodida gumanizm yuksak darajaga koʻtarilgan ("Yanko — musikachi", 1879; "Bartek — gʻolib", 1882). 1882-yildan Sienkiewicz ijodining 2 davriga mansub tarixiy vatanparvarlik mavzuidagi ("Ut va qilich bilan", 1883—84; "Toshqin", 1884—86; "Pan Volodiyevskiy", 1887—88) romantrilogiyasida Polshaning Shvetsiya, Ukraina va Turkiya bilan tarixiy urushlari davridagi vokealar, takdirlar aks etgan.
"Xoch koʻtarganlar" (1900) romanepopeyasi tarixiy salib yurishlari mavzuida. Sienkiewicz ijodining choʻqqisi "Kamo gryadeshi" (1896, "Kayoqqa ketayapsan?" iborasining lotincha nomi boʻlib, Iso Masihga qarata aytilgan) romanidir. Asarda imperator Neron davrida endigina yuzaga kelayotgan nasroniylik oqimi tarafdorlarini qatagʻon kilish voqealari tasvirlangan. Psixologik romanlari ("Diniy aqidalarsiz", 1889— 90), hikoya va qissalari bor. Nobel mukofoti laureati (1905).[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |