Wole Soyinka
Qiyofa
Wole Soyinka | |
---|---|
Tavalludi | 13-iyul 1934[1] |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili[2] va Nigerian Pidgin |
Fuqaroligi | Nigeriya |
Wole Soyinka (1934.13.7, Abeokuta) — nigeriyalik dramaturg va yozuvchi. "Sher va sohibjamol" (1963) va "Oʻrmon raqsi" (1963) hajviy pyesalarida Sh. grotesk vositasi orqali Afrikadagi anʼanaviy va zamonaviy oqimlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarni aks ettiradi; tarixiy oʻtmishni bilishga chaqiradi. "Monax Iyeronimning sinovlari" (1964) komediyasi, urushga qarshi qaratilgan "Telbalar va professionallar" masali (1971) va "Sharhlovchilar" (1965) romanining muallifi. Bu asarlarda Sh. Nigeriya amaldorlarining poraxoʻrligini qoralaydi. Sheʼrlarida oʻz davri muhitidan norozilik ohanglari sezilib turadi ("Qamoqdagi sheʼrlar", 1969). Nobel mukofoti laureati (1986).[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ // (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |