Masumiyet Müzesi
Muallif(lar) | Orhan Pamuk |
---|---|
Mamlakat | Turkiya |
Til | turkcha |
Janr(lar)i | Roman |
Nashr etilgan sanasi | 2008-yil 29-avgust[1] |
Nashriyot | İletişim Yayınları |
Sahifalar soni | 592 |
ISBN | ISBN 978-975-05-0609-3 |
Masumiyet Müzesi — Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti soxibi Orhan Pamuk qalamiga mansub boʻlgan bir roman. Ushbu roman 2008-yil 29-avgust oyida İletişim Yayınları nashriyotida chop etilgan va muallif oʻz qizi Rüyaga bagʻishlangan sevgi romani[2]. Kundalik hayot, rasm, doʻstlik, shahvoniylik, yolgʻizlik, baxt, gazetalar va televizorlar, oila kabi mavzularni oʻz ichiga olgan roman Pamukning oʻn yillik faoliyati natijasida yaratilgan[3]. Turkiyada nashr etilgandan keyingi dastlabki uch kun ichida romanning bestsellerlar roʻyxati birinchi oʻrinni egalladi[4].
Romanning tarjima huquqlari kitob hali bosilmasdan oldin sotildi va Turkiyadan keyin birinchi boʻlib Germaniyada Das Museum der Unschuld nomi bilan 100,000 adad bosib chiqarildi. The New York Times tomonidan „2009-yilning eng yaxshi kitoblari“ roʻyxatiga kiritilgan[5].
Orhan Pamuk butun umri davomida toʻplagan va biriktirgan narsalarini roman bilan bir xil nomdagi muzey tashkil etish orqali namoyish qila boshladi. Masumiyet Müzesi muzeyi 28-aprel 2012-yilda ochilgan. Orhan Pamuk shaxsiyati homiyligida boʻlgan muzey 1897-yilda Chukurcuma shahrida qurilgan uch qavatli tarixiy binoda joylashgan.
Kitobning mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]1975-yilda boshlangan hikoya toʻqimachilikka boy Basmacılar oilasining oʻqimishli 30 yoshli oʻgʻli Kemal va ularning uzoq qarindoshlari, doʻkonda sotuvchi boʻlib ishlayotgan Füsun, kambagʻal Keskin oilasining 18 yoshli goʻzal qizi oʻrtasidagi sevgi haqida hikoya qiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Masumiyet Müzesi“. 26 ağustos 2008da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Masumiyet Müzesi'nin kapıları açılıyor“. Milliyet Gazetesi. 7 şubat 2015da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „'Masumiyet Müzesi' cumaya açılıyor!“. Radikal.
- ↑ „‘Masumiyet Müzesi'nin 2. baskısı yolda“.
- ↑ „2009'un en iyi kitapları“. New York Times fakat Taraf üzerinden alındı. 9 aralık 2009da asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2009-12-02 sanasida arxivlangan)