Kontent qismiga oʻtish

Patrick White

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Patrick White
Tavalludi 28-may 1912
Vafoti 30-sentyabr 1990 va 29-sentyabr 1990
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1]
Fuqaroligi Avstraliya

Patrick Victor Martindale White (talaffuzi: Patrik Viktor Martindeyl Uayt; 1912-yil 28-may, London — 1990-yil 30-sentyabr, Avstraliya) — avstraliyalik yozuvchi. Kembrij universitetini tugatgan (1935). 1940—1945-yillar Britaniya aviatsiyasida xizmat qilgan. 1946-yildan Avstraliyada yashagan. Birinchi romani — „Baxtli vodiy“ (1939). Ikkinchi romani — „Tiriklar va oʻliklar“ Ikkinchi jahon urushi yillari yaratilgan. Urushdan keyin „Abissiniyaga qaytish“ va „Soxta dafn“ pyesalarini yozgan. „Xolamning sarguzashti“ romani AQShda yaxshi baholangan. Asar oʻz ichki dunyosiga berilib aqldan ozgan Gudmen ismli ayol haqida. „Inson shajarasi“ (1955) romani erkak va ayolning oilaviy tarixi haqida boʻlib, yozuvchi oddiy kishilar hayoti misolida insoniy hayotning ulugʻvorligini aks ettirgan. White „Tumor“ (1966), „Vivisektor“ (1970), „Boʻron koʻzi“ (1973) kabi romanlar muallifi. Novellalar ham yozgan („Kuyganlar“ va boshqalar). Soʻnggi asarlari: „Yaproqdan yasalgan belbogʻ“ (1977), „Tuaynbernlar bilan boʻlgan chigal ish“ (1979) romanlari, „Tom toʻsinidagi xudo“ (1978) sheʼrlar toʻplami. Xilma-xil nutqiy qatlamlar va ohanglarning, poetik ramzlar va „ayovsiz“ realizmning, koʻtarinki ruh va mubolagʻaning oʻzaro qoʻshilib ketishi White uslubiga xos xususiyatdir. Nobel mukofoti laureati (1973)[2].

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil