Peter Handke
Peter Handke | |
---|---|
Tavalludi |
6-dekabr, 1942-yil (79 yoshda) Griften, Avstriya |
Ijod qilgan tillari | Nemis tili[1], Fransuz tili va Sloven tili |
Fuqaroligi | Avstriya[2] |
Yoʻnalish | Yozuvchi, dramaturg |
Mukofotlari |
Georg Büchner Prize (1973) Vilenica International Literary Prize (1987) International Ibsen Award (2014) 2019 Nobel Prize in Literature |
Peter Handke (1942-yil 6-dekabrda tugʻilgan) avstriyalik yozuvchi, dramaturg, tarjimon, shoir, kinorejissyor va ssenariy muallifi. U 2019-yilda „inson tajribasining qirralari va o‘ziga xosligini til zukkoligi bilan o‘rgangan salmoqli ishi uchun“ adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Handke 20-asrning ikkinchi yarmida nemis tilida ijod qilgan eng nufuzli va oʻz yoʻliga ega yozuvchilardan biri hisoblanadi.
1960-yillarning oxirlarida u „Publikumsbeschimpfung“ (1966) Kaspar (1967) kabi pyesalari bilan avangard-grade aʼzosi sifatida shuhrat qozondi. „Publikumsbeschimpfung“ pyesasida aktyorlar teatr tabiatini tahlil qilib, tomoshabinlarni ranjitishlari va ular qoʻyayotgan „spektakli“ni alqashlari tasvirlangan. Uning romanlari, asosan, oʻta ob’ektiv, oʻta ogʻir ruhiy holatdagi qahramonlar haqida hikoya qiladi: „The Goalieʼs Anxiety at the Penalty Kick“ (1970) va "The Left Handed Woman" (1976) asarlari shular jumlasidandir[3]. 1971-yilda onasining oʻz joniga qasd qilishidan qattiq taʼsirlangan ijodkor „Wunschloses Unglyuk“ (1972) nomli oʻz hayotini aks ettiruvchi romanini yozadi. Uning asarlarining asosiy mavzusi — oddiy til, kundalik voqelik va oqilona tartibning tahlikali taʼsiri va irratsionalligidir[3]. Handke Grazer Gruppe (mualliflar uyushmasi) va Grazer Autorenversammlung aʼzosi boʻlgan va Frankfurtdagi Verlag der Autoren nashriyot uyiga asos solgan. U rejissyor Vim Venders bilan hamkorlik qilib, "Wrong Move" va "Wings of Desire" kabi ssenariylarni yaratdi.
1973 yilda u nemis tili adabiyoti olamidagi eng muhim mukofotlardan biri Georg Buchner mukofotini qoʻlga kiritdi. Ammo 1999-yilda NATOning Yugoslaviyani bombardimon qilishiga qarshi norozilik belgisi sifatida mukofot pulini Germaniya til va adabiyot akademiyasiga qaytarib berdi. Handkega Serbiyaning marhum prezidentini qoʻllab-quvvatlaganligi sababli munozarali shaxs deb qaraladi; shuning uchun Handkega Nobel mukofotini berish toʻgʻrisidagi qaror xalqaro miqyosda turli xil ommaviy va akademik ziyolilar keltirib chiqardi, yozuvchilar va jurnalistlar tomonidan muhokama qilindi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlik davri va oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Handke Griffen shahrida, German Reichning Gau Carinthiya viloyatida tugʻilgan. Uning otasi Erich Schönemann bank xodimi va nemis askari boʻlib, Handke balogʻat yoshiga qadar u bilan uchrashmagan. Onasi Mariya, karintiyalik sloven, Peter tugʻilishidan oldin Berlindan kelgan tramvay konduktori va Vermaxt askari Bruno Handkega turmushga chiqqan. Oila 1944-yildan 1948-yilgacha Berlinning Sovetlar tomonidan bosib olingan Pankow tumanida yashagan, u yerda Mariya Handke yana ikkita farzandni, Peterning oʻgʻay singlisi va oʻgay ukasini dunyoga keltirgan. Keyin esa, ular oila onasi tugʻilib oʻsgan shahri Griffenga koʻchib oʻtishdi. Peter oʻgay otasi alkogolizm tufayli tobora zoʻravonlashib borayotganini koʻrib ulgʻaydi.
1954-yilda Handkeni Sankt Veit an der Glandagi Tanzenberg Castle katolik oʻgʻil bolalar internatiga yuborishdi. U yerda u Fackel nomli maktab gazetasida oʻzining birinchi qoʻlyozmasini chiqardi. 1959-yilda u Klagenfurtga koʻchib oʻtdi va u yerda oʻrta maktabga borib, 1961-yilda Universitety of Graz oliygohida huquqshunoslik boʻyicha oʻqishni boshladi.
1971-yilda Handkening onasi oʻz joniga qasd qildi. Yozuvchi bu hodisani oʻzining „Wunschloses Unglyuk“ (Orzular ortidagi qaygʻu) romanida aks ettirgan.
Grazni tamomlagach, Handke Dyusseldorf, Berlin, Kronberg, Parij, AQSh (1978-1979) va Salsburgda (1979-1988) yashadi. 1990-yildan beri u Parij yaqinidagi Chaville kommunasida istiqomat qiladi. Peter Handke haqida rejissyor Corinna Belz Piter Handke: In the Woods, Might Be Late (2016) nomli hujjatli film suratga olgan. 2012-yildan beri Handke Serbian Academy of Sciences and Arts akademiyasining aʼzosi hisoblanadi. U, shuningdek, serb pravoslav cherkovining aʼzosi hamdir.
2019-yil noyabr oyining boshida Handke 1990-yillarning oxirida Yugoslaviya pasporti va fuqaroligini olgandan so‘ng avtomatik ravishda Avstriya fuqaroligini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lishi mumkinligi yuzasidan tegishli organlar tomonidan rasmiy tergovdan o‘tkazildi.
Ish faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻqish paytida Handke yozuvchi sifatida oʻzini koʻrsatdi va yosh yozuvchilar uyushmasi Grazer Gruppe (Graz mualliflar assambleyasi) bilan aloqa oʻrnatdi. Guruh adabiyot boʻyicha Manuscripte jurnalini nashr etdi, bu jurnalda Handkening dastlabki asarlari chop etilgan edi. Guruhda, shuningdek, Wolfgang Bauer va Barbara Frischmuth kabi ijodkorlar ham boʻlgan.
1965-yilda, Handke Germaniyaning Suhrkamp Verlag nashriyoti uning „Die Hornissen“ romanini nashrga qabul qilgandan soʻng, oʻqishni tark etdi. U 1966-yilda Nyu-Jersi shtatining Prinston shahrida 47-guruhga mansub avangard rassomlarining yigʻilishida qatnashganidan keyin xalqaro miqyosda eʼtibor qozondi. Oʻsha yili Frankfurtdagi Theater am Turm teatrida uning „Publikumsbeschimpfung“ (Tomoshabinlarni ranjitish) spektaklining premyerasi boʻlib oʻtdi. Handke 1969-yilda yangi tijoriy konsepsiya bilan Verlag der Autoren nashriyotining asoschilaridan biriga aylandi. U 1973-yilda Grazer Autorenversammlung hammuassisi boʻlib,1977-yilgacha uning aʼzosi boʻlib qoldi.
Handkening 1966-yilda Frankfurtda premyerasi bo‘lgan va uni mashhur qilgan „Publikumsbeschimpfung“ ("Tomoshabinlarni ranjitish") nomli birinchi pyesasi ilk anʼanaviy syujetsiz eksperimental pyesa edi. Oʻzining ikkinchi „Kaspar“ asarida u Kaspar Hauserning hikoyasini „konformistik ijtimoiy bosimlarning allegoriyasi“ sifatida taqdim etdi.
Handke rejissyor Wim Wenders bilan „Die Angst des Tormanns beim Elfmeter“ filmining suratga olinish jarayonida hamkorlik qilish bilan birga, „Falsche Bewegung“ ("Notoʻgʻri harakat") va „Der Himmel über Berlin“ ("Berlin uzra uchar istak qanotlari") filmlarining ssenariysini va film uchun Les Beaux Jours d’Aranjuez (Aranjuezning goʻzal kunlari) sheʼrini yozgan. U, shuningdek, filmlarga rejissyorlik qilgan boʻlib, jumladan, oʻzining „Die linkshändige Frau“ asaridan keyin „The Left Handed Woman“ va "Die Abwesenheit" asaridan soʻng „The Absence“ filmlarini suratga olgan. Uning "The Left Handed Woman" filmi 1978-yilda namoyish etilgach, shu yili Kann kinofestivalida „Oltin palma“ mukofotiga nomzod boʻlgan va 1980-yilda Germaniyaning Arthouse Cinema uchun Gold Award mukofotiga sazovor boʻlgan. Leonard Maltinʼs Movie Guide taqrizlar toʻplamida bu film shunday taʼriflanadi: „Ayol erining ketishini talab qiladi va eri bu talabni bajaradi. Vaqt oʻtadi … va tomoshabinlar uxlab qolishadi“. Handke, shuningdek, 1975-yilda „Falsche Bewegung“ ("Noto‘g‘ri harakat") filmi ssenariysi uchun German Film Award tanlovining oltin mukofotiga sazovor bo‘ldi.1975-yildan beri Handke Evropaning Petrarca-Preis adabiy mukofotining hakamlar hay’ati aʼzosi hisoblanadi.
2019-yilda Handke „inson tajribasining qirralari va o‘ziga xosligini til zukkoligi bilan o‘rgangan salmoqli ishi uchun“ adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi[4].
Adabiy qabul
[tahrir | manbasini tahrirlash]1977-yilda, "A Moment of True Feeling" asarini koʻrib chiqqach,Stanley Kauffmann Handkeni „Semyuel Bekketdan keyingi xalqaro sahnadagi eng muhim yangi yozuvchi“ deb yozgan. Jon Apdayk „Nyu-Yorker“da xuddi shu romanni koʻrib chiqdi va u ham xuddi shunday taassurotga ega boʻlib, „uning (Handkening) kuchli shiddatini va pichoqdek oʻtkirligini inkor etib boʻlmaydi“, deb taʼkidladi. „U psixologiyadan tashqarida, kamdan-kam uchrovchi qatʼiy his-tuygʻular geologik tahlil qilingan maydondan turib yozadi“ degan edi u. Frankfurter Allgemeine Zeitung uni „ Gʻarbiy Germaniya tanqidchilarining qadrdoni“ deb taʼriflagan. Hugo Hamiltonning taʼkidlashicha, oʻzining debyut asaridan beri Handke „tomoshabinlarni sinab koʻrdi, ilhomlantirdi va hayratda qoldirdi“. Joshua Koen Handke „urushdan keyingi davrning nemis tilidagi buyuk nasriy uslublaridan biriga, chuqur, tezkor va oqimga zid daryo ritorikasiga murojaat qilganini“ taʼkidlagan boʻlsa, Gabriel Yosipovici „soʻnggi asarlari haqidagi shubhalarga qaramay“, uni urushdan keyingi davrdagi eng muhim nemis yozuvchilaridan biri deb taʼriflagan. WG Sebald Handkening murakkab nasridan ilhomlangan. „Repetition“ essesi haqida „ajoyib va uzoq davom etuvchi taassurot qoldirdi“ deb yozgan edi."Bilmayman, — deb davom etadi u, — agar qattiq mashaqqat va havoyi sehr oʻrtasidagi majburiy aloqa bogʻlanadigan boʻlsa, bu „Repetition“ asaridagichalik goʻzal tasvirlanishi imkonsiz". Karl Ove Knausgard Wunschloses Unglyuk'" asarini „zamonimizda nemis tilida yozilgan eng muhim kitoblardan biri“ deb taʼriflagan. Kitob va uning muallifi Knausgardning „ My Struggle“ asarida ham maqtovga sazovor bo‘lgan[5].
Qarashlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1996-yilda Handkening „Eine winterliche Reise zu den Flüssen Donau, Save, Morawa und Drina oder Gerechtigkeit für Serbien“ sayohatnomasi (ingliz tilida „A Journey to the Rivers: Justice for Serbia“ nomi bilan nashr etilgan) bahs-munozaralarga sabab boʻldi, chunki unda Handke Yugoslaviya urushlari davridagi qurbonlar orasida boʻlganligi tasvirlangan. Xuddi shu asarda Handke G‘arb ommaviy axborot vositalarini urushning sabablari va oqibatlarini noto‘g‘ri ko‘rsatayotgani uchun ham tanqid qilgan.
Sebastian Hammelehlening yozishicha, Handkening koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻlgan Yugoslaviya urushlari haqidagi nuqtai nazari, ehtimol, romantizatsiyalashgan boʻlishi mumkin, ammo bu urush muxbirining emas, balki yozuvchining nuqtai nazarini ifodalaydi. Amerikalik tarjimon Scott Abbott, Handke bilan Yugoslaviya boʻylab sayohat qilgan va undan soʻng koʻplab esselari nashr etilgandan soʻng, Handke Yugoslaviyani „Germaniya va Avstriyadagi kabi millatchilik yoʻq boʻlgan, aql bovar qilmaydigan darajada boy va koʻp madaniyatli davlat“ deb hisoblashini aytdi. Abbott Handke mamlakatning parchalanishini utopiyaning yoʻqolishi deb bilishini ham taʼkidlaydi. Joshua Koen "Moravian Night" asarini koʻrib chiqib, Handkening tasviridagi Yugoslaviya mamlakat emas, balki oʻzining ramzi, adabiyot yoki „Yevropa romani“ timsoli ekanligini taʼkidladi. Volker Hagening yozishicha, "Moravian night" „kosmopolitik xarakterga ega“ boʻlib, asar Handkening yozuvchi sifatidagi hayotining avtobiografik qisqacha mazmunini ham ifodalaydi. Tanjil Rashid „Handkening romanlari, pyesalari va memuarlarida eskilik sarqitlarining salbiy taʼsirlarini aks ettiradi“, deb taʼkidlagan edi.
1999-yilda „Voyage by Dugout“ pyesasi sahnalashtirilgandan soʻng, Handke boshqa yozuvchilar tomonidan qoralandi: Syuzan Sontag Handkeni „toʻxtatish kerak“ deb taʼkidladi. Salmon Rushdiy uni „ahmoqliklari“ tufayli „Yilning xalqaro telbasi“ nomiga nomzod deb eʼlon qilgan boʻlsa, Alen Finkielkraut uni „mafkuraviy yirtqich hayvon“ deb atadi va Slavoj Zizek uning „serblarni sinizm bilan ulugʻlashini“ taʼkidladi. 2014-yilda Handke Xalqaro Ibsen mukofoti bilan taqdirlanganida, bu hakamlar hay’atining isteʼfoga chiqishiga sabab boʻldi.
Biroq, oʻz ishining ingliz matbuoti tomonidan notoʻgʻri talqin qilinishiga qarshi chiqqan Handke, Serblar qirgʻinini „Bosniya serblari uchun mas’ul boʻlgan doʻzaxiy qasos, abadiy sharmandalik“ deb taʼrifladi. Tilning noaniqligi va siyosiy tabiati bilan bogʻliq bu tashvish Handke nuqtai nazaridan kelib chiqadi. 2006-yilda bergan intervyusida Handke ommaviy axborot vositalarining „hamma narsani biladigan“ stereotipli tili haqidagi xavotirlarga izoh berib, „The Butcher of Belgrade“, („Belgrad qassobi“) kabi soʻzlarni tinimsiz qayta tahrirlagan.
Handkening adabiy shon-shuhratiga 2006-yilda uning siyosati soya solgan edi. Yozuvchining o‘sha yili genotsid va urush jinoyatlari uchun sud qilinayotganda vafot etgan Yugoslaviyaning sobiq prezidenti Slobodan Miloševićni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlaganidan soʻng uning dafn marosimida soʻzlagan nutqi bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Shu sababli Comédie- Fransaise teatri maʼmuri Marsel Bozonnet Handkening „Voyage au pays sonore ou L’art de la question“ spektaklini kelgusi 2007-yil jadvalidan olib tashladi. Ushbu voqea yana bir bor bir vaqtning oʻzida qoʻllab-quvvatlovchi va tanqidiy ovozlarni qoʻzgʻatdi. Fransiya madaniyat vaziri Renaud Donnedieu de Vabres unga yoʻllagan maktubida Bozonnetning harakatini bilvosita tanqid qildi va Handkeni vazirlikka taklif qilishga qaror qildi. Uning ijodi senzurasiga qarshi petitsiyaga Emir Kusturica, Patrick Modiano (2014-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori), Paul Nizon, Bulle Ogier, Lyuk Bondy va Handkening hamyurti Elfriede Jelinek (adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori) imzo chekdi. Keyinchalik Handke oʻsha yilgi Heinrich Heine mukofotini olish uchun nomzod sifatida tanlandi, ammo mukofotni undan qaytarib olishlaridan oldin uni rad etdi.
2013-yilda Serbiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Tomislav Nikolic baʼzi odamlar nasroniylik uchun azob chekkanlarni hanuzgacha eslab qolishlarini aytib, Handke o‘z qarashlari uchun nafrat qurboni bo‘lganini alohida tushuntirgani uchun unga minnatdorchilik bildirgan edi. Bu haqida Handkega Serbiya Respublikasining „Buyuk xizmatlari uchun“ oltin medalini topshirish marosimida aytildi.
2014-yilda Handke adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini bekor qilishlarini soʻradi va uni „sirk“ deb atadi.
2020-yil fevral oyida Serbiya Respublikasining ordenlar boʻyicha komissiyasi prezidenti Sima Avramovic Handke „Serbiya haqiqatini chin dildan himoya qilish“ orqali „Serbiya va uning fuqarolarini ifoda etishdagi alohida xizmatlari uchun“ uchun Karadjordje Yulduzi ordeni bilan taqdirlanishini aytdi. Serbiyaning amaldagi prezidenti Aleksandr Vucic Serbiya davlatchiligi kuni munosabati bilan taqdirlanganlarni qutladi.
Nobel mukofotiga munosabat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1973: Georg Büchner Prize
- 1987: Vilenica International Literary Prize
- 2002: America Award
- 2002: Honorary Doctor, University of Klagenfurt
- 2003: Honorary Doctor, University of Salzburg
- 2008: Thomas-Mann-Preis
- 2009: Franz Kafka Prize
- 2012: Mülheimer Dramatikerpreis
- 2014: International Ibsen Award
- 2018: Nestroy Theatre Prize for Lifetime Achievement
- 2019: Nobel Prize in Literature
- 2020: Order of Karađorđeʼs Star
- 2021: Order of the Republika Srpska
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Handke romanlar, pyesalar, ssenariylar, esselar va sheʼrlar yozgan, ular tez-tez Suhrkamp tomonidan nashr etiladi. Koʻpgina asarlar ingliz tiliga tarjima qilingan. Uning asarlari Germaniya Milliy kutubxonasida saqlanadi, jumladan:
- 1966 Die Hornissen (The Hornets), novel
- 1966 Publikumsbeschimpfung und andere Sprechstücke (Offending the Audience and Other Spoken Plays), play, English version as Offending the Audience and Self-accusation
- 1967 Kaspar, play, English version also as Kaspar and Other Plays
- 1970 Die Angst des Tormanns beim Elfmeter (The Goalieʼs Anxiety at the Penalty Kick), novel and screenplay of the 1972 film The Goalkeeper’s Fear of the Penalty
- 1972 Der kurze Brief zum langen Abschied (Short Letter, Long Farewell), novel
- 1972 Wunschloses Unglück (A Sorrow Beyond Dreams: A Life Story), semi-autobiographical story
- 1973 Die Unvernünftigen sterben aus , play
- 1975 Die Stunde der wahren Empfindung (A Moment of True Feeling), novel
- 1977 Die linkshändige Frau (The Left-Handed Woman), screenplay after his 1976 novel
- 1979 Langsame Heimkehr (Slow Homecoming), start of a tetralogy of stories, including Die Lehre der Sainte-Victoire (1980), Über die Dörfer and Kindergeschichte (1981)
- 1983 Der Chinese des Schmerzes (Across), story
- 1986 Die Wiederholung (Repetition), novel
- 1987 Der Himmel über Berlin (Wings of Desire), screenplay with Wim Wenders
- 1990 Das Wintermärchen, William Shakespeare, German translation by Peter Handke. Première Schaubühne Berlin (1990)
- 1992 Die Stunde, da wir nichts voneinander wußten (The Hour We Knew Nothing of Each Other)
- 1994 Mein Jahr in der Niemandsbucht. Ein Märchen aus den neuen Zeiten (My Year in the No-Manʼs-Bay), novel
- 2002 Der Bildverlust oder Durch die Sierra de Gredos (Crossing the Sierra de Gredos), novel
- 2008 Die morawische Nacht (The Moravian Night)
- 2010 Immer noch Sturm (Storm Still), a play about the Slovenian uprising against Hitler in 1945, ISBN 978-3-518-42131-4; first performance: Salzburg Festival 2011
- 2018 Peter Handke Bibliothek. I. Prose, Poetry, Plays (Vol. 1-9), ISBN 978-3-518-42781-1; II. Essays (Vol. 10-11), ISBN 978-3-518-42782-8; III Diaries (Vol. 13-14), ISBN 978-3-518-42783-5
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ 3,0 3,1 „Peter Handke summary“. Encyclopædia Britannica Online. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
- ↑ „The Nobel Prize in Literature 2019“. NobelPrize.org.
- ↑ Knausgård, Karl Ove. Min kamp. Sjette bok. Oslo: Forlaget Oktober, 2011 — 225-bet. ISBN 9788249515127.