Miguel Ángel Asturias
Miguel Ángel Asturias | |
---|---|
Tavalludi | 19-oktyabr 1899 |
Vafoti | 9-iyun 1974 |
Ijod qilgan tillari | Ispan tili |
Fuqaroligi | Gvatemala |
Miguel Angel Asturias (1899.19.10 – Gvatemala – 1974.9.6) – gvatemalalik jurnalist, yozuvchi va shoir. 1925—33 yillar Yevropada emig-ratsiyada boʻlgan. „Gvatemala afsonalari“ (1930) kitobida mayya qabilasi mifologiyasini sheʼriy yoʻlda aks ettirgan. „Senor prezident“ (1946) romanida zulmga asoslangan rejimni fosh qilgan. A.ning dunyoga tanitgan roman-trilogiyasi 20-asr Gvatemala xalqining ozodlikka erishish yoʻlidagi kurashi gʻoyalari bilan sugʻorilgan („Kuchli shamol“, 1950; „Yashil Papa“, 1954; „Dafn etilganlar koʻzi“, 1960). „Joʻxori odamlar“ (1949), „Mulat ayolning oʻzginasi“ (1964), „Lid Sol koʻzgusi“ (1967) romanlari ham bor. A. ijodiga Gvatemaladagi mahalliy aholi (mayyalar) urf-odatlari, folklori sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Nobel mukofoti laureati (1967).[1]