Cevdet Bey ve Oğulları
Muallif(lar) | Orhan Pamuk |
---|---|
Mamlakat | Turkiya |
Til | turkcha |
Janr(lar)i | Roman |
Nashr etilgan sanasi | 1982-yil |
Nashriyot | İletişim Yayınları |
ISBN | ISBN 975-470-455-4 |
Cevdet Bey ve Oğulları — Orhan Pamuk qalamiga mansub boʻlgan bir roman hisoblanadi. Ushbu roman 1982-yilda İletişim Yayınları nashriyotida chop etilgan. Dastlab yozuvchi romanini Karanlık ve Işık nomi bilan yozgan va 1979-yilda Milliy Roman mukofotini olgan[1].
Garchi u mukofotga sazovor boʻlsa-da, roman faqat 1982-yilda Cevdet Bey ve Oğulları nomi bilan nashr etildi. Ushbu kitob nashr etilgandan keyin, muallifga 1983-yilda Orhan Kemal Roman mukofotini olib keltirgan va roman adabiyot dunyosida tanila boshlangan.
Kitobning mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu roman Nişantaşılı oilaning uch avlodi haqida hikoya qiladi. Shu bilan birga, anʼanaviy romanning zavq-shavqlari diqqat va muhabbat bilan bayon etilgan ushbu panoramali roman, uyning ichki ranglarini, vaqt oqimini, kundalik oddiy suhbatlar va unutilmas qahramonlari bilan birga, Orhan Pamukga munosib obroʻ keltirgan yetuk birinchi kitobdir. Ikkinchi qismda 30 yil oʻtgach koʻrsatiladi. Endi Abdulhamid va konstitutsiyaviy kurash orqada qolib, respublika eʼlon qilindi. Cevdet Bey oʻz ishini rivojlantirdi va Nişantaşıda qasr sotib oladi.
Roman Turkiyaning zamonaviylashuvi jarayoni burjua oilasidan kelib chiqqanligini tasvirlaydi. Cevdet Bey va uning oilasi, Ömer, Muhittin, Muhtor Beylar har doim turk zamoniaviylashuvining turli xil belgilaridir. Oʻziga oʻxshamaydigan Yevropa bilan muomala ularni turli xil kengilsizliklar bilan boshqa yellarga tashlaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „54 Maddede Orhan Pamuk, dipnot.tv“. 30 aralık 2008da asl nusxadan [ arxivlangan].[sayt ishlamaydi]