Kontent qismiga oʻtish

P-elementlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

p — elementlar III — VIII guruhdagi bosh guruhchalarda joylashgan. Valentli elektronlari tashqi p-pogʻonachada joylashgan, tashqi pogʻonaning umumiy elektron formulasi ns2npa, bunda a = 1 — 6. p elementlarning musbat oksidlanish darajasi guruhning tartib raqamiga teng boʻladi. Toq sonli guruhda joylashgan elementlar toq oksidlanish darajasini, juft sonli guruhda joylashgan elementlar juft oksidlanish darajasini koʻrsatadi.[1]

p- elementlarning chapdan oʻng tomonga qarab atom radiusi kichrayib, ionlanish energiyasi ortadi, bu esa p- elementlarning metalmaslik xossalarining ortishiga va oksidlovchi xossalarining oʻsishiga olib keladi. Guruhlarda elementlarning yuqoridan pastga tomon metallik xossalari ortadi.[2]


  • Дикерсон Р., Грей Г., Хейт Дж. Основные законы химии: В 2-х томах. Пер. с англ. — М.: Мир, 1982. 652 с., ил. — Т. 1. — С. 452—456.
  1. Stewart, P. „Amateurs and professionals in chemistry: The case of the periodic table“, . From Mendeleev to Oganesson: A Multidisciplinary Perspective on the Periodic Table. New York: Oxford University Press, 2018 — 66–79 (76–77)-bet. ISBN 978-0-190-66853-2. 
  2. Stewart, P. J. (7-noyabr 2017-yil). „Tetrahedral and spherical representations of the periodic system“. Foundations of Chemistry. 20-jild, № 2. 111–120-bet. doi:10.1007/s10698-017-9299-y.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()