Kontent qismiga oʻtish

Kazdağlı masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Kazdağlı masjidi masjidi
turkcha: Kazdağlı Camii
Kazdağlı masjidi
Mamlakat  Turkiya
Joylashuvi Safranbolu tumani
Meʼmoriy uslub Usmoniylar meʼmorchiligi
Meʼmor Kazdağlı Mehmet ogʻa
Binokorlik sanasi 1779-yil
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Kazdağlı masjidi (turkcha: Kazdağlı Camii) – Turkiyaning Safranbolu tumanida joylashgan tarixiy masjid.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid 1779-yilda Safranbolu bozorining kirish qismida Kazdağlı Mehmet ogʻa tomonidan eski masjid oʻrniga qurilgan[1]. Kvadrat shaklida rejalashtirilgan masjidni qurishda tosh va gʻishtdan foydalanilgan boʻlib, ustki tomoni yassi shaklda gʻishtdan ishlangan gumbaz bilan qoplangan. Masjidning old tomonida uchta qismdan iborat jamoat uchun maxsus ajratilgan joy mavjud. Jamoat joyining oʻrta qismi gumbaz bilan, boshqa qismlari esa qubba bilan qoplangan. Gumbaz va qubbalar gʻishtdan ishlangan. Masjidning mehrobi va minbari oddiy uslubda yaratilgan. Kirish eshigidan oʻng tomonda joylashgan minora gʻishtdan qurilgan va bitta balkonga ega. Eski masjid haqida maʼlumot mavjud emas. 2004-yilda masjid mulki Jamgʻarma boshqaruviga oʻtgan va oʻsha yili binoda taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.