Kontent qismiga oʻtish

Harry S. Truman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Harry Trumandan yoʻnaltirildi)
Harry S. Truman

Rasmiy portret (tax. 1947)
33-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
12-aprel 1945-yil – 20-yanvar 1953-yil
Vitse-prezident
Oʻtmishdoshi Franklin D. Roosevelt
Vorisi Dwight Eisenhower
34-Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 1945-yil – 12-aprel 1945-yil
Prezident Franklin D. Roosevelt
Oʻtmishdoshi Henry A. Wallace
Vorisi Alben W. Barkley
AQSh senatori (Missouridan)
Mansab davri
3-yanvar 1935-yil – 17-yanvar 1945-yil
Oʻtmishdoshi Roscoe C. Patterson
Vorisi Frank P. Briggs
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 8-may 1884-yil
Lamar, Missouri), AQSh
Vafoti 26-dekabr 1972-yil(1972-12-26)
(88 yoshda)
Kansas City, Missouri, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Demokratlar partiyasi
Boʻyi 175 sm
Turmush oʻrtogʻi
Bess Wallace (turm. 1919)
Bolalari Margaret Truman
Ota-onasi
  • John Anderson Truman
  • Martha Ellen Young Truman
Kasbi
  • Siyosatchi
  • fermer
Imzosi

Harry S. Truman[1] (talaffuzi: Harri Trumen; 8-may 1884-yil — 26-dekabr 1972-yil) — 1945-yildan 1953-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 33-prezidenti lavozimini bajargan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Truman bungacha 1935-yildan 1945-yilga qadar Missouri shtatidan senator vazifasida faoliyat yuritgan. 1944-yilgi prezidentlik saylovlarida u prezident Franklin D. Rooseveltning yordamchisi oʻlaroq qatnashib, gʻalaba qozondi va 1945-yili vitse-prezident lavozimiga kirishdi. U bu lavozimda Rooseveltning vafoti tufayli taxminan toʻrt oygina faoliyat yuritdi. Prezident oʻlaroq Truman Gʻarbiy Yevropa iqtisodiyotini qayta tiklash boʻyicha Marshall rejasini amalga oshirdi hamda kommunizmning kengayishini toʻxtatish uchun Truman doktrinasi va NATOni tashkil etdi. U koʻplab liberal ichki islohotlarni taklif qildi, ammo Konservativ Koalitsiya koʻpchilikni tashkil qilgan Kongressda ularning bir nechtasigina qabul qilindi.

Truman Missouri shtatining Independence shahrida ulgʻaygan. Birinchi jahon urushi davomida kapitan sifatida Fransiyada jang qilgan. Uyga qaytgach, Missouri shtatining Kansas shahrida kiyim-kechaklar sotiladidan doʻkon ochdi. 1922-yilda Jackson okrugi rasmiysi etib saylandi. Truman 1934-yilda Missouri shtatidan senator etib saylandi hamda Truman qoʻmitasi raisi oʻlaroq obroʻ qozondi. Prezidentlik lavozimiga kirishganiga koʻp boʻlmay, u Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlash haqida buyruq berdi. U 1948-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashdi va gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylandi.

Dastlabki hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Truman 13 yoshligida (1897)

Truman Missouri shtatining Lamar shaharida 1884-yilning 8-mayida dunyoga kelgan. Otasi John Anderson Truman, onasi esa Martha Ellen Young Truman boʻlib, Truman oilada toʻngʻich farzand boʻlgan. Uning ismi togʻasi Harrison „Harry“ Young sharafiga qoʻyilgan. Uning ikkinchi ismi bosh harfi boʻlmish „S“ otasi va onasi tarafdan bobolari — Anderson Shipp Truman va Solomon Young sharafiga qoʻyilgan.[2] Harrydan keyin ukasi John Vivian, keyin esa singlisi Mary Jane dunyoga kelgan.[3] Truman ingliz, shotland, irland, olmon va fransuz kelib chiqishga egadir.[4][5]

Harryning otasi John Truman fermer va ot-ulov dilleri boʻlgan. Oila Lamar shahrida yashashgan, Harry oʻn yoshligida esa Missouri shtatining Harrisonville shahri yaqinidagi fermaga koʻchib oʻtishadi. Keyinchalik, oila Belton shahriga koʻchib oʻtishdi. 1887-yilga kelib, Grandview shahridagi bobo-buvisining 200 gektarlik (600 akrlik) fermasiga koʻchib oʻtishdi.[6] Truman olti yoshligida ota-onasi Missouri shtatining Independence shahriga koʻchib oʻtishdi.[7] Independence shahrida yashayotgan paytda, Harry yahudiy qoʻshnilari uchun shabosgey sifatida xizmat qildi.[8][9][10]

1972-yilning 5-dekabrida Truman Kansas shahridagi shifoxonaga pnevmoniya bilan yotqizildi. Unda koʻplab organlar yetishmovchiligi kuzatilib, koma holatiga tushdi. 26-dekabr soat 7:50 da 88 yoshida vafot etdi.[11][12]

  1. „Use of the Period After the "S" in Harry S. Truman's Name“. Harry S. Truman Library & Museum. Qaraldi: 13-aprel 2021-yil.
  2. McCullough 1992, s. 37.
  3. McCullough 1992, ss. 27, 37.
  4. Niel Johnson; Verna Gail Johnson „Rooted in History: The Genealogy of Harry S. Truman“. Harry S. Truman Library – Genealogy (1999). Qaraldi: 6-may 2018-yil..
  5. „Ulster-Scots and the United States Presidents“. Ulster Scots Agency. Qaraldi: 12-iyul 2010-yil.
  6. Truman Library, Birth 2012.
  7. McCullough 1992, ss. 37, 77, 1112.
  8. Harry S. Truman, the State of Israel, and the Quest for Peace in the Middle East. Truman State Univ Press, 2009 — 93-bet. ISBN 978-1-935503-80-4. 
  9. Mid-America's Promise: A Profile of Kansas City Jewry. Jewish Community Foundation of Greater Kansas City, 1982 — 33-bet. 
  10. San Francisco Jewish Bulletin, Volume 129. Jewish Community Publications (1979), s. v.
  11. „6:00 p.m.“. CBS Radio News. CBS (25-dekabr 1972-yil). 14-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2017-yil.
  12. Truman Library 2012i.

Oʻqish uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]