Walter Chrysler
Walter Percy Chrysler | |
---|---|
Walter Chrysler (1937-yil) | |
Tavalludi |
2-aprel 1875-yil Wamego, Kansas, AQSh |
Vafoti |
18-avgust 1940-yil (65 yoshda) Kings Point, Nyu-York, AQSh. |
Fuqaroligi | amerika |
Kasbi | mexanik, menejer, tadbirkor |
Turmush oʻrtogʻi | Della Viola Forker (1938-yil 58 yoshida vafot etgan) |
Bolalari |
Thelma Irene Chrysler Bernice Chrysler Walter P. Chrysler Jr. John Forker Chrysler |
Otasi | Henry Chrysler |
Walter Percy Chrysler (1875-yil 2-aprel – 1940-yil 18-avgust) – avtomobil sanoatida amerikalik ilk ixtirochi, Amerika avtomobilsozlik sanoati rahbar va Amerikaning Chrysler Corporation asoschisi.
Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chrysler Wamego, Kansas shahrida Anna Maria Chrysler (née Breymann) va Henry Chrysler oilasida dunyoga kelgan[1]. U Ellis, Kansasda voyaga yetgan, bugungi kunda ushbu joyda uning bolalik uyi muzeyi bor. Uning otasi 1850-yilda Chatham, Ontarioda tugʻilgan va 1858-yildan soʻng AQShga koʻchib ketgan[2]. Chrysler oʻz faoliyatini Ellisda mashinist va temir yoʻl mexanigi sifatida boshlagan. U Pennsylvania shtatining Scranton shahridagi Xalqaro sirtqi maktabning sirtqi kurslarida tahsil olib, mexanik diplom oldi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Walter Chryslerning otasi Henry (Hank) Chrysler Amerika fuqarolar urushi faxriysi boʻlib, u Kansas Tinch okeani temir yoʻli va Tinch okeani ittifoqi temir yoʻlida temiryoʻl muhandisi boʻlgan[3]. Walterning onasi Rocheport, Missourida tugʻilgan boʻlib, u nemis-amerikan edi[4].
Temiryoʻldagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chrysler Ellisdagi temir yoʻlda mashinist va mexanik sifatida ish boshlagan. Keyinchalik u bir necha yillar davomida gʻarbga sayohat qilib, turli temir yoʻllarda mexaniki boʻlib ishladi. Chrysler dastlab 1897-yilda Vellington, Kansasga, soʻngra ikki hafta davomida Denver, Koloradoga va nihoyat Chyenn, Vayomingga koʻchib oʻtgan[5]. U Trinidad, Koloradoda brigadir, boshliq, boʻlinma mexanigi va bosh mexanik kabi lavozimlarda ishlagan.
1905-yildan 1906-yilgacha Chrysler G'arbiy Texas Childressdagi Fort-Worth va Denver temir yoʻlida ishlagan. Keyinchalik u Oelwein, Iowada yashab, Chikago Great Westernning asosiy ustaxonalarida ishlagan[6][7].
Uning temiryoʻlchilikdagi faoliyatining yuqori davri Pittsburgh, Pennsylvaniada boʻlib, u yerda American Locomotive Company(Alco) ning Allegheny lokomotiv oʻrnatish sexlari boshqaruvchisi boʻldi.
Avtomobilsozlikdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chryslerning avtomobilsozlikdagi faoliyati 1911-yilda bankir Jeyms J. Storrow bilan boʻlgan uchrashuvdan boshlangan. U oʻsha paytda Alco direktori edi. Uchrashuvda Storrow undan avtomobil ishlab chiqarish haqida oʻylaganmisiz, deb soʻraydi. Chrysler oʻsha paytda avtomobilsozlikka juda qiziqqar edi. Storrow oʻz kompaniyasiga ishlab chiqarish boshligʻini izlayotgan Buick Motor Companyning prezidenti Charlz V. Nash bilan uchrashuv tashkil qilib, Chryslerni ushbu lavozimga tavsiya qiladi. Koʻp yillab temir yoʻl ishlarida faoliyat yuritgan Chrysler Flint, Michigandagi Buickda ish boshqaruvchisi boʻlish uchun temir yoʻldan isteʼfoga chiqdi[8].
Keyingi yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1923-yilda Chrysler Henri Willis Bendeldan Kings Pointdagi (Long-Aylend, Nyu-York) qirgʻoq boʻyidan oʻn-ikki-akr (5 ga) uy sotib oldi[9] va uy nomini „Forker House“ deb oʻzgartirdi. 1941-yil dekabr oyida ushbu mulk AQSH hukumatining Urush yuk tashish departamentiga sotildi va Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz savdo akademiyasi tarkibida Wiley Hall nomi bilan qayta nomlandi[10]. 1934-yilda Chrysler Warrentondagi mashhur Fauquier White Sulphur Springs kompaniyasi kurortini sotib olib, u yerda kapital taʼmirlashni amalga oshirdi. 1953-yilda sotilgan bu mulk qishloq klubi sifatida xizmat koʻrsatib, u bugungi kungacha saqlanib qolgan.
1936-yil bahorida 61 yoshga toʻlgan Chrysler kompaniyaning kundalik biznesidagi faoliyatini toʻxtatdi. Ikki yildan soʻng rafiqasi 58 yoshida vafot etgach, sevgilisidan ayrilgan Chrysler insultni boshdan kechirdi. Uning avvalgi sogʻligʻi qayta tiklanmadi va u 1940-yilning avgustida Nyu-Yorkdagi Kings Pointdagi Forker Houseda miyaga qon quyilishi tufayli vafot etdi. U Nyu-Yorkdagi Sleepy Hollow qabristoniga dafn etilgan[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ancestry of Robert Dole (B. 1923)“.
- ↑ Chrysler: The Life and Times of an Automotive Genius, p. 14
- ↑ Chrysler & Sparkes 1950, ss. 18–19 .
- ↑ Chrysler & Sparkes 1950, ss. 14, 23 .
- ↑ Petersen, Mike „A Brief Look at Walter P. Chrysler“. chryslerclub.org. WPC News (1986-yil noyabr).
- ↑ „Oelwein Municipal Parks“. City of Oelwein Online. 2022-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Person of the Year 1929 – Walter P. Chrysler“. Time. January 7, 1929. January 27, 2011da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: April 15, 2011.
- ↑ Chrysler & Sparkes 1950, ss. 123–127 .
- ↑ Chrysler Estatening Google Earth tasviri
- ↑ „Melville History“. US Merchant Marine Academy. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Walter-P-Chrysler „Walter P. Chrysler: Amerikalik sanoatchi“. Encyclopædia Britannica (2023-yil 8-iyun).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Photo of the Bendel Estate at Kings Point (Wayback Machine saytida 2019-10-29 sanasida arxivlangan)
- "The Man Who Bet His Dreams", Popular Mechanics, August 1932, pp. 194–198