Franklin D. Roosevelt
Franklin D. Roosevelt | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
30-yanvar 1882-yil Xayd Park, Nyu York, AQSh |
Vafoti |
12-aprel 1945-yil (63 yoshda) Jorjiya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Imzosi |
Franklin Delano Roosevelt (talaffuzi: Franklin Delano Ruzvelt; 1882-yil 30-yanvar, Xayd Park, Nyu York — 1945-yil 12-aprel, Uorl Springs, Jorjiya) — AQSHning 32-prezidenti (1933-1945). Demokratlar partiyasidan (4 marta prezidentlikka saylangan).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Franklin Delano Roosevelt 1882-yil 30-yanvarda tugʻilgan. Garvard va Kolumbiya universitetlarini tugatgan. Nyu York shtati gubernatori (1928-yildan), huquqshunos. Ruzvelt ijtimoiy sohada mehnatkash omma manfaatini koʻzlab bir necha islohotlar oʻtkazgan ("Yangi kurs"). Ikkinchi jahon urushi boshlangach, fashistlar Germaniyasiga qarshi boʻlgan Buyuk Britaniya, Fransiya va SSSRni qoʻllab-quvvatlash (1941 y. iyundan) tarafdori, gitlerchilarga qarshi koalitsiyani tuzishda muhim hissa qoʻshgan. BMTni tuzishga va urushdan keyingi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Franklin D. Rooseveltga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |