Kontent qismiga oʻtish

Kadmiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Cddan yoʻnaltirildi)
Kádmiy / Cadmium (Cd)
Atom raqami 48
Koʻrinishi Havo rangli, yumshoq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
112,411 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 154 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
867,2 (8,99) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d10 5s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 148 pm
Ion radiusi (+2e) 97 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,69
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 2
Termodinamik xossalari
Zichlik 8,65 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,232 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 96,9 Vt/(m·K)
Erish harorati 594,1 K
Erish issiqligi 6,11 kJ/mol
Qaynash harorati 1 038 K
Qaynash issiqligi 59,1 kJ/mol
Molyar hajm 13,1 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 2,980 Å
Panjara/atom nisbati 1,886
Debye harorati 120,00 K
48
Kadmiy
Cd
112,414
4d105s2

Kadmiy (lotincha: Cadmium), Cd – Mendeleyev davriy sistemasining 2-guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 48, atom massasi 112,40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd (1,22%), l (l8Cd(0,88%), n0Cd (12,39%), mCd (12,75%), ll2Cd (24,07%), mCd (12,26%), ll4Cd (28,85%) va n6Cd (7,58%). Atom radiusi 0,146 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion son keltirilgan) Cd2+ 0,092 nm (4), 0,101 nm (5), 0,109 nm (6), 0,117 nm (7), 0,145 nm (12). Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,7.

Kadmiyni 1817-yilda nemis kimyogari Kadmiy Shtromeyer kashf etgan. Dastlab rux karbonat tarkibidan olingani uchun rux rudasining yunoncha nomi („Kadmeia“) bilan atalgan. Tabiatda rux, qoʻrgʻoshin va mis rudalari bilan aralash uchraydi. Kadmiy – siyrak element; uning yer poʻstidagi oʻrtacha miqdori ogʻirlik jihatidan l,3-10~5%, dengiz va okean suvlarida 0,00011 mg/l. Kadmiyning selenid (CdSe), otavit (CdO3) va monteponit (CdO), grinokit (CdS) kabi nodir minerallari maʼlum. Sulfid rudalarida, jumladan, sfalerit minerali (ZnS) tarkibida (0,01—5,0%), galenitda (0,02% gacha), xalkopiritda (0,12%), piritda (0,02%) uchraydi. Bundan tashqari, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar organizmida, oʻsimliklarda ham bor. Kadmiy – kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, mexanik ishlovga oson beriladigan ogʻir metall. Zichligi 8,65 g/sm1 (20° da) Maos boʻyicha qattiqligi 2, suyuqlanish temperaturasi 320,9°, qaynash temperaturasi 767°. Kimyoviy birikmalarda 2 valentli. Nam havoda Kadmiyning sirti yupqa oksid parda bilan qoplanadi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Suyuqlanish temperaturasidan yuqori haroratlarda yonib, qoʻngʻir rangli kadmiy oksid (CdO) hosil qiladi. Kadmiy HCl, H2SO4 da, ayniqsa, HNO3, da erib, tegishli tuzlar beradi. Ishqorlarda erimaydi. Kadmiy kislorod, oltingugurt, galogenlar va boshqa bilan reaksiyaga kirishadi. Kadmiyning tuzlari, suv va kislotalarda eriydigan birikmalari zaharli. Kadmiy mis, rux, qoʻrgʻoshin rudalarini qayta ishlashdagi chiqindilardan ajratib olinadi. Yadro reaktorlarida, ishqorli akkumulyatorlarda, maxsus qotishmalar tayyorlashda, boʻyoq olishda, temirni kadmiylashda ishlatiladi[1].

  • Fedorov Kadmiy Kadmiy, Ximiya i texnologiya malix metallov. Vismut i kadmiy, Kadmiy, 1986.

Kadmiy – unsurlar davriy jadvalining 48 unsuri, metall.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil