Kontent qismiga oʻtish

Vodil

Koordinatalari: 40°10′45″N 71°43′47″E / 40.17917°N 71.72972°E / 40.17917; 71.72972
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vodil
shaharcha
40°10′45″N 71°43′47″E / 40.17917°N 71.72972°E / 40.17917; 71.72972
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Fargʻona tumani
Hukumat
Aholisi
 (2016)
80 400
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 73 353
Pochta indeks(lar)i 150400
Avtomobil kodi 40
Vodil xaritada
Vodil
Vodil

VodilFargʻona viloyatidagi shaharcha. Fargʻona tumani markazi. Shohimardonsoy boʻyida joylashgan. Maydoni 0,62 ming km². Aholisi 80400 kishi (2016). Yaqin temir yoʻl stansiyasiFargʻona (25 km).

Fargʻona tumani - Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil qilingan. 1962-yil 24 dekabrda Quva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964-yil 22-fevralda qayta tuzilgan. Shimoldan Margʻilon va Fargʻona shaharlari, sharqdan Quva tumani va Quvasoy shahri, janubi-sharqi va janubidan Qirgʻiziston Respublikasi, shimoli-gʻarbdan Oltiariq tumani bilan chegaradosh.

Hududi viloyatning janubiy qismida, Pomir Olay togʻlari etaklarida joylashgan. Relyefi janubida qiradirlar (Xontaxt, Sariquchma, Kattakam, Kichikkam, Nomozgoʻy, Xirmonjoy) bilan band.Togʻlardan Marg'ilonsoy, Arabsoy, Oltiariqsoy, Chimyonsoy oqib tushadi. Vodil asosan, tekislikdan iborat. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, ohaktosh, marmar hamda so'ngi yillarda aniqlangan juda katta yer osti ko'mir boyligi bor. Mineral buloq koʻp. Iklimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2,7°, eng past temperatura —27°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26,4°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik yogʻin miqdori 174 mm. Vegetatsiya davri 240 kun.

Tuproqlari, asosan, oʻtloqi boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, yantoq, qovul, yalpiz, changal, lolaqizgʻaldoq, bangidevona, ajriq, ituzum, itqoʻnoq, burgan, boʻztikan, otquloq, ayiqtovon, qoʻzgʻa, qamish, doʻlana, shoʻra va boshqalar usadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri,ilvirs, chiyaboʻri, tulki, sugʻur, quyon, jayran, qobon, jayra, yumronqoziq, kalamush, har xil ilonlar, echkemar, sichqon; qushlardan kaklik, bedana, bulbul, oʻrdak, gʻoz, kaptar, laylak, musicha, chumchuq, qaldirgʻoch, mayna, zagʻizgʻon, olaqargʻa, sor, qirgʻiy, qizilishton, toʻrgʻay, zargʻaldoq, qarqunoq, boyoʻgʻli va boshqalar qushlar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qirgʻiz va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1km² ga 271,8 kishi.

Vodilda sanoat korxonalari, shu jumladan, MTP, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, pillani qayta ishlash zavodi bor. Qishloq xoʻjaligi paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik va pillachilikka ixtisoslashgan. Shirkat xoʻjaliklari, fermer xoʻjaliklari mavjud. xoʻjaliklarda paxta, kartoshka, sabzavot, don, ozuqa ekinlari ekiladi. Vodildagi shaxsiy va jamoa xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy, echki va parranda boqiladi.

Maorifi va madaniyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

9 ta umumiy taʼlim maktabi, 1 ta "Le Crayon" xususiy maktabi, 1 ta musiqa maktabi, 2 ta kasb hunar kollej, bolalar oromgohi, 1 ta kinoteatr, 3 ta kasalxona, dorixonalar, 5 ta kutubxona, madaniyat uyi, dehqon bozori, chorva bozori va mehmonxonalar bor. FargʻonaShohimardon, Vodil—Oltiariq avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Hozirgi paytda mahalliy aholi Vodilni 7 qismga bo‘lgan: Yuqori ko‘cha, Qorovul tepa, Boy ko‘cha, Yakka tut, Chakalik, Sestum, Bo‘ston. Ushbu qismlardan eng kattasi va eng tarixiysi Qorovultepa hisoblanadi. Qorovultepa nomining kelib chiqishi Qo‘qon xonligi davriga borib taqaladi ushbu davrda xon Shohimardonga safari paytida Vodilda joylashgan qarorgohida tunab qolgan paytlarda Xonni qo‘riqlash tepaligi Qorovultepa deb atalgan hozirgi paytda ushbu o‘rdaning o‘rnida 3-umumiy o‘rta ta‘im maktabi joylashgan. Qorovultepa hududi ushbu maktabdan boshlanadi.[1]

  1. "Vodil" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil