Kontent qismiga oʻtish

Margʻilonsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Margʻilonsoy
Tavsif
Uzunligi 45
Davlat Oʻzbekiston


MargʻilonsoyFargʻona viloyatidagi soy. Vodil qishlogʻidan quyida Shohimardonsoy shu nom bilan ataladi. Uzunligi 45 km dan ortiq. Yuqori qismida vodiysi tor. Oʻrta va quyi oqimida Margʻilonsoy vodiysi va uning gidrologik rejimining tabiiy holati keskin oʻzgargan. Oʻrtacha yillik suv sarfi 5 m³/sek. Vegetatsiya davrida Margʻilonsoy suvi toʻla sugʻorishga sarflanadi. Margʻilonsoyga quyi oqimida kollektorzovur suvlari ham kelib quyiladi. Alr.dan suvi koʻpaya boshlaydi, iyulda eng koʻp boʻladi, sen-t.dan kamaya boshlaydi. Fargʻona va Oxunboboyev tumanlarining ekin maydonlarini va shu tumanlardagi qishloklarni suv bilan taʼminlaydi.

Margʻilonsoy vodiysida Fargʻona va Margʻilon shaharlari hamda Qirguli shaharchasi, bir qancha qishloqlar joylashgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil