Kontent qismiga oʻtish

Adirlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adirlar – Oʻrta Osiyo togʻlarining past-baland etaklari. Adirlar uchlamchi va toʻrtlamchi davrlarning togʻ jinslaridan tashkil topgan. Adirlar Fargʻona, Hisor, Surxondaryo vodiylarida koʻproq konglo-merat va chaqir toshlardan iborat boʻlib, baʼzi joylarida lyoss (soz tuproq) bilan qoplangan. Adirlarni koʻp joylarda soy hamda jarlar kesib oʻtib, ayrim-ayrim qismlarga boʻlib yuborgan. Adirlarning dengiz sathidan 400-500 metrdan 1000-1500 metrgacha balandda boʻladi. Adirlar mintaqasi balandroq togʻ etaklaridan koʻpincha kambar tektonik botiqlar orqali ajralgan boʻladi. Adirlar Fargʻona vodiysi atrofidagi togʻ etaklarida juda aniq namoyon boʻlgan (masalan, Avval adirlari). Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari atrofida ham bor. Landshaf chala choʻl va choʻllardan iborat. Bahor paytida adirlarda oʻtlar, lolalar oʻsib yotadi. Xoʻjalikda adirladan erta bahorda yaylov sifatida foydalaniladi, yogʻin koʻproq tushadigan adirlada (Hisor, Zarafshon vodiylarida) gʻalla yetishtiriladi. Ayrim joylarda suv chiqarib bogʻlar bunyod etilgan. Kopetdogʻ va Qrim togʻlari etaklaridagi shunday balandliklar bayirlar deb yuritiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil