Anevrizma
Anevrizma (yun. aneurysma — ken-gayish) — tomir devorining choʻzilishi va boʻrtib chiqishi natijasida qon to-mir yoki yurak boʻshligʻining chegaralangan kengayishi. Miokard infarkti, atero-skleroz, zaxm va boshqa kasalliklar, shuning-dek shikastlanish (travmatik A.) sabab boʻladi. Haqiqiy va soxta A. kuzatiladi. Haqiqiy A. arteriya devorining shikast-lanmay kengayishidan, soxta A. esa tomir shikastlanganda devori yorilib, atrof-dagi toʻqimalarga qon quyilishidan vu-judga keladi. Tomir devorining tugʻma nuqsonlari ham A.ga olib kelishi mum-kin. Arterial, venoz va arteriovenoz (arteriya va vena tomirlari teshigining bir-biriga tutashib qolishi) A. farq qilinadi. Duksimon va qopchiqsimon shakldagi A. koʻp uchraydi. Belgilari A.ning oʻrni, hajmi va boshqa omillarga 519bogʻliq. Koʻpincha kasallik belgilari yaqqol koʻrinmaydi (simptomsiz kechadi). A. zararlangan tomir oziqlantiradigan toʻqimalarning qon bilan taʼminlanishi buzilishiga sabab boʻladi, u kattalashib ketganda yaqin joylashgan aʼzo va toʻqi-malarni ezib qoʻyishi mumkin. A. yurakka yaqin joylashgan boʻlsa, yurak faoliyati buziladi. Baʼzan A.ning yorilishi va qon ketishi kuzatiladi. A. odatda jarroqlik usuli bilan davolanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |