Kontent qismiga oʻtish

Odessa

Koordinatalari: 46°28′0″N 30°44′0″E / 46.46667°N 30.73333°E / 46.46667; 30.73333
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Odessa

ukraincha: Одеса
shahar
Skyline of Odesa
Odesa
Bayroq
Odesa
Gerb
46°28′0″N 30°44′0″E / 46.46667°N 30.73333°E / 46.46667; 30.73333
Mamlakat Ukraina
viloyat Odessa viloyati
Hukumat
 • shahar boshi Oleg Brindak[1]
Asos solingan 1794
Avvalgi nomlari Xajibey
Qachondan beri shahar 1794
Maydon 2,369 km2 (915 kv mi)
Markazi balandligi 50 m
Aholisi
 (2022)
1,010,000[2]
Zichligi 4287,7 kishi/km2
Milliy tarkib 62 % ukrainlar, 29 % ruslar
Vaqt mintaqasi UTC+2
Telefon kodi 48(2)
Pochta indeks(lar)i 65000 — 65480
Odesa xaritada
Odesa
Odesa

Odessa (ukraincha: Одеса) — Ukrainaning Odessa viloyati markazi. Ukrainaning yirik sanoat, madaniyat, ilmiy va kurort markazlaridan biri. Qora dengizning shimoli-gʻarbiy sohilidagi port. Shosse va temir yoʻl tuguni. Aholisi 1,000,000 kishi (2024). Shahar 4 tumanga boʻlingan.

Litva Buyuk Knyazligi 1415–1484

Usmonli imperiyasi 1484–1789
Rossiya Imperiyasi 1789–1917
1917–1921-yillardagi inqilob boshlanishi
Rossiya Muvaqqat hukumati 1917
UXR Dek. 1917–Nov. 1918
Odesa Sovet Respublikasi Yan.–Mart 1918
Ukraina Davlati Mart–Dek. 1918
Janubiy Rossiya Qurolli Kuchlari Dek. 1918–Aprel 1919
Ukrainaning Ishchilar va Dehqonlar Muvaqqat Hukumati/ Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi Aprel–Avg. 1919
Janubiy Rossiya Qurolli Kuchlari Avg. 1919–Fev. 1920
// Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi Fev. 1920–Dek. 1922
1917–1921-yillardagi inqilob tugashi
USSR 1922–1941
Ruminiya qirolligi 1941–44
USSR 1944–1991

Ukraina 1991–hozirga qadar

Odessa oʻrnida 15-asrda turklarning „Xajibey“ qalʼasi boʻlgan. Uni ruslar egallab, 1793-yil oʻzlarining janubidagi tayanch punktiga aylantirgan. 1794-yildan shahar[3], 1795-yildan rasmiy ravishda Odessa nomini oldi[4]. 1941—44 yillarda Odessani nemis fashistlari egallab turdi. Shahar 1944-yil 10-aprelda ozod qilindi. 1965-yil Odessaga qahramonshahar faxriy unvoni berildi.

  • oʻzbekcha: Odesa yoki Odessa
  • inglizcha: Odesa yoki Odessa /ˈdɛsə/ oh-DESS[5]
  • ukraincha: Одеса uk
  • ruscha: Одесса ru
  • grekcha: Οδησσός
  • idishcha: אָדעס
  • rumincha: Odesa

Shaharning markaziy qismida A. E. Rishelye haykali va Potyomkin zinasi joylashgan klassik binolar ansambli bor (1826—41). Klassitsizm uslubida qurilgan Voronsov, Pototskiy, Narishkina saroylari, eski birja, gospital, Odessa atrofi va uning chekkalarida — iqlimiy va bal-neobalchiq kurortlar (Arkadiya, Luzanovka va boshqalar) mavjud. Odessada tarixiy voqealar bilan bogʻliq joy koʻp.

Odessada mashinasozlik (stanoksozlik, yuk-transport, sovitkich, tibbiy, savdo, poligrafiya va boshqa asbob-uskunalar, agregatlar, hisoblash mashinalari ishlab chiqarish va boshqalar), kimyo, neftni qayta ishlash, kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, yengil (jut, toʻqimachilik va boshqalar) sanoat korxonalari bor. Poʻlat prokat ishlab chiqarish birlashmasi faoliyat koʻrsatadi.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odessa – yirik dengiz porti. Havo liniyalari orqali yirik shaharlar bilan bogʻlangan. Odessada Antarktika kit ovlash flotiliyasi bazasi, 14 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), Ukraina Fanlar Akademiyasining Janubiy ilmiy markazi, 7 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), arxeologiya, badiiy, A. S. Pushkin nomidagi, adabiy-memorial muzeylari, sirk, filarmoniya, konservatoriya, kinostudiya bor.[6]

Aholining oʻsishi
YilAholi±% y.oʻ.s.
17952 349—    
18006 000+20.63%
18029 000+22.47%
181335 000+13.14%
182952 000+2.51%
183260 000+4.89%
184477 800+2.19%
1858104 200+2.11%
1863118 900+2.67%
1873193 513+4.99%
1880217 000+1.65%
1885240 600+2.09%
1891297 600+3.61%
1897403 815+5.22%
1907449 700+1.08%
1910506 000+4.01%
1912635 000+12.02%
1914481 500−12.92%
1920454 200−0.97%
1925325 354−6.45%
1936534 000+4.61%
1939601 651+4.06%
1956607 000+0.05%
1959667 182+3.20%
1970891 546+2.67%
19791 046 133+1.79%
19891 115 371+0.64%
20011 029 049−0.67%
20111 009 145−0.20%
20221 010 537+0.01%
at[7][8][9][10][11][12]

Tarixiy etnik va milliy tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Ruslar: 198,233 kishi (49.09%)
  2. Yahudiylar: 124,511 kishi (30.83%)
  3. Ukrainlar: 37,925 kishi (9.39%)
  4. Polyaklar: 17,395 kishi (4.31%)
  5. Nemislar: 10,248 kishi (2.54%)
  6. Yunonlar: 5,086 kishi (1.26%)
  7. Tatarlar: 1,437 kishi (0.36%)
  8. Armanlar: 1,401 kishi (0.35%)
  9. Belaruslar: 1,267 kishi (0.31%)
  10. Fransuzlar: 1,137 kishi (0.28%)
  1. Ruslar: 162,789 kishi (39.97%)
  2. Yahudiylar: 153,243 kishi (36.69%)
  3. Ukrainlar: 73,453 kishi (17.59%)
  4. Polyaklar: 10,021 kishi (2.40%)
  5. Nemislar: 5,522 kishi (1.32%)
  6. Belaruslar: 2,501 kishi (0.60%)
  7. Armanlar: 1,843 kishi (0.44%)
  8. Yunonlar: 1,377 kishi (0.33%)
  9. Bolgarlar: 1,186 kishi (0.28%)
  10. Moldavanlar: 1,048 kishi (0.25%)
  1. Yahudiylar: 200,961 kishi (33.26%)
  2. Ruslar: 186,610 kishi (30.88%)
  3. Ukrainlar: 178,878 kishi (29.60%)
  4. Polyaklar: 8,829 kishi (1.46%)
  5. Nemislar: 8,424 kishi (1.39%)
  6. Bolgarlar: 4,967 kishi (0.82%)
  7. Moldavanlar: 2,573 kishi (0.43%)
  8. Armanlar: 2,298 kishi (0.38%)
  1. Ukrainlar: 120,945 kishi (49.45%)
  2. Ruslar: 92,584 kishi (37.85%)
  3. Nemislar: 8,643 kishi (3.53%)
  4. Polyaklar: 7,488 kishi (3.06%)
  5. Bolgarlar: 4,928 kishi (2.01%)
  6. Moldavanlar: 3,224 kishi (1.32%)
  7. Tatarlar: 436 kishi (0.18%)
  8. Lipovanlar: 429 kishi (0.17%)
  1. Ukrainlar: 622,900 kishi (61.6%)
  2. Ruslar: 292,000 kishi (29.0%)
  3. Bolgarlar: 13,300 kishi (1.3%)
  4. Yahudiylar: 12,400 kishi (1.2%)
  5. Moldavanlar: 7,600 kishi (0.7%)
  6. Belaruslar: 6,400 kishi (0.6%)
  7. Armanlar: 4,400 kishi (0.4%)
  8. Polyaklar: 2,100 kishi (0.2%)

2001-yil Ukraina aholi sanogʻida Odessa aholisi 1,029,049 kishini tashkil qildi (shulardan – 480,341 nafari erkaklar yoki 47 % va 548,708 nafari ayollar yoki 53 %)[18], doimiy aholisi – 1 010 298 kishi. Odessa – anʼanaviy koʻp millatli shahar hisoblanadi. Shaharda oʻndan ziyod millat vakillari istiqomat qilishadi.[19].

2001-yilgi Ukraina aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Odesa shahri aholisining ona tili boʻyicha taqsimoti[20]:

Til Soni Foiz
Ukraincha 307 196 30.41%
Ruscha 654 128 64.75%
Boshqa tillar 48 974 4.84%
Umumiy 1 010 298 100.00%

Odessadagi tartibsizliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 2-may kunida Odessa shahrida roʻy bergan qurolli toʻqnashuvlarda 37 odam halok boʻldi, 200 dan ortiq odam yaralandi[21]. Halok boʻlganlarning aksari rossiyaparastlar ekani aytiladi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga koʻra, Putin qurbonlarni yaqinlariga hamdardlik bildirgan va bu fojeada Kiyev rahbariyatini ayblagan. Ukraina politsiyasiga koʻra, tartibsizliklarga aloqadorlikda gumonlanib, 130 odam hibsga olingan. Jinoyat kodeksining „Qasddan odam oʻldirish“, „jamoatchilik tartibini buzish“, „davlat idoralarini ishgʻol etish“ kabi oʻndan ziyod moddasi boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻotilgan. Rossiya rahbariyati Odessadagi oʻnlab odam oʻlimiga sabab boʻlgan hodisalarda Kiyev va gʻarb hukumatlarini aybladi[22].

Qardosh shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odessa quyidagi shaharlar bilan qardosh shahar aloqalarini oʻrnatgan[23]:

Hamkor shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odessa quyidagi shaharlar bilan hamkorlik qilgan[24]:

  1. Одесса получила "временного" мэра - Горсовет принял отставку Костусева - LB.ua
  2. „Чисельність наявного населення на 1 січня 2022 року (наличное население на 01.01.2022)“. Управление статистики в Одесской области.
  3. „Родилась ли Одесса 2 сентября 1794-го?“. 2013-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-may.
  4. Одесса в XIX—XX вв., 2014-07-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-04 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 16 (yordam)
  5. „Odesa“. Collinsdictionary.com.
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  7. „Âñåóêðà¿íñüêèé ïåðåïèñ íàñåëåííÿ 2001|Ðóññêàÿ âåðñèÿ|Ðåçóëüòàòû|×èñëåííîñòü è òåððèòîðèàëüíîå ðàçìåùåíèå íàñåëåíèÿ|×èñëåííîñòü íàëè÷íîãî íàñåëåíèÿ è åãî ðàñïðåäåëåíèå ïî ïîëó|Ðåçóëüòàò âûáîðà“. 2001.ukrcensus.gov.ua. 2012-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-mart.
  8. Andoza:ВТ-ЭСБЕ
  9. „Одесса в Большой советской энциклопедии“. 2007-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Âñåóêðà¿íñüêèé ïåðåïèñ íàñåëåííÿ 2001|Ðóññêàÿ âåðñèÿ|Ðåçóëüòàòû|Îñíîâíûå èòîãè ïåðåïèñè|Êîëè÷åñòâî ãîðîäîâ“. 2001.ukrcensus.gov.ua. 2011-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-mart.
  11. „Статья в журнале "Держава" "Сколько действительно населения в Одессе?"“. 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  12. „Cities & towns of Ukraine“. pop-stat.mashke.org.
  13. „Демоскоп Weekly – Приложение. Справочник статистических показателей.“. demoscope.ru. 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-aprel.
  14. „Данные Всесоюзной переписи населения 1926 года по регионам республик СССР“. Demoscope.ru. 2021-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-may.
  15. „Всесоюзная перепись населения 1939 года. Национальный состав населения районов, городов и крупных сел союзных республик СССР“. Demoscope.ru. 2021-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-aprel.
  16. Recensămintele României: 1899–1992 (ro). Editura Meronia, 2002 — 358-bet. 
  17. „Всеукраїнський перепис населення 2001 - English version - Results - General results of the census - National composition of population - Odesa region“. ukrcensus.gov.ua. 2015-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-aprel.
  18. Chislennost naseleniya Odessi po Vseukrainskoy perepisi naseleniya 2001
  19. Pochemu odesskie armyane uchat ukrainskie pesni?
  20. „Рідні мови в об'єднаних територіальних громадах України“ (uk).
  21. Одессадаги тартибсизликлар ва ёнғин қурбонлари сони 46 нафарга етди, 2014-05-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-04
  22. Odessadagi toʻqnashuv
  23. „Міста-побратими“ (uk). omr.gov.ua. Odesa. 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
  24. „Міста-партнери“ (uk). omr.gov.ua. Odesa. 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.