Kontent qismiga oʻtish

Urmiya

Koordinatalari: 37°32′38″N 45°03′53″E / 37.54389°N 45.06472°E / 37.54389; 45.06472
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Urmiya

ارومیه
Shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
37°32′38″N 45°03′53″E / 37.54389°N 45.06472°E / 37.54389; 45.06472
Mamlakat Eron
uston Gʻarbiy Ozarbayjon
shahriston Urmiya
baxsh Markaziy tuman
Hukumat
 • Hokim Husayn Mahdizoda
Markazi balandligi 1332 m
Rasmiy til(lar)i fors tili
Aholisi
 (2016)
736 224[1]
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Telefon kodi 044
Urmiya xaritada
Urmiya
Urmiya

Urmiya yoki Urumiya[2][nb 1] (forscha: ارومیه) – Eronning Gʻarbiy Ozarbayjon ustonidagi eng yirik shahar va Urmiya shahristonining Markaziy tumanida. Ham uston, ham shahriston, ham tuman maʼmuriy markazi vazifasini bajaradi[3].

Urmiya dengiz sathidan 1 330 metr balandlikda va Urmiya tekisligidagi Shahar daryosi boʻyida joylashgan. Sharqiy tomonida dunyodagi eng yirik shoʻr koʻllardan biri boʻlgan Urmiya koʻli, gʻarbda esa Turkiya bilan chegaradosh hudud joylashgan.

Shahar mevalar (ayniqsa, olma va uzum) va tamaki mahsulotlari yetishtiriladigan unumdor qishloq xoʻjaligi mintaqasining savdo markazi hisoblanadi. Shahar aholisining koʻpchiligi musulmonlar boʻlsa ham, Urmiyaning nasroniylik tarixi yaxshi saqlangan va bu ayniqsa, shaharning koʻplab cherkov va soborlarida yaqqol koʻzga tashlanadi.

9-asrga kelib muhim shahar boʻlgan Urmiyada turli diniy eʼtiqodga mansub aholi yashagan, ular orasida musulmonlar (shialar va sunniylar), nasroniylar (katoliklar, protestantlar, nestoriylar va pravoslavlar), yahudiylar, bahoiylar va soʻfiylar ham bor edi. Taxminan 1900-yilda nasroniylar shahar aholisining 40% dan ortigʻini tashkil qilgan; ammo, keyingi oʻn yilliklarda, nasroniylarning koʻplari dastlab Usmonli qoʻshinlari va kurd qabilalari tomonidan amalga oshirilgan harbiy bosqinlar chogʻida oʻldirilgan[4][5] yoki urush tugaganidan keyin qisqa vaqt ichida qochib ketgan[6][7][8].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Richard Nelson Fray bu nomning urartuchadan kelib chiqqan deb hisoblaydi[9], T. Berrou Urmiya nomining kelib chiqishini hind-eroniy tillardagi urmi- „toʻlqin“ va urmya- „toʻlqinli, toʻlqinli“ nomi bilan bogʻlagan[10].

Bu nom, shuningdek, ossuriy-oromiycha Ur (Mesopotamiya atrofidagi shaharlarning umumiy nomi, maʼnosi „shahar“) va Mia (suryoniychadan „suv“ deb tarjima qilinadi) birikmasidan kelib chiqib, „Suv shahri“ degan maʼnoni anglatishi mumkin. Bu nom yaqinidagi Umriya koʻliga ishora qiladi.

Variantlari va muqobillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1921-yildan boshlab Urmiya Urumiya va Urmi deb ham atalgan[11][12]. Pahlaviylar sulolasi davrida (1925—1979) shahar sulola asoschisi Rizoshoh sharafiga Rizoiya[nb 2] (forscha: رضائیه) deb atalgan. Rizo ismi esa, islomiy rida tushunchasidan kelib chiqqan boʻlib, oʻn ikki shia imomlarining sakkizinchi imomi Ali ar-Rizoga borib taqaladi.

Avliyo Chalabiy oʻzining sayohatnomasida shaharni Rumiyya deb atagan, shuningdek, moʻgʻullar shaharni Urumiya, forslar Rumiyya-yi Kubro va baʼzi tarixchilar Turkistoni Eron deb ataganliklarini eslatib oʻtgan va buni shahardagi turkman avliyolarining koʻpligi bilan asoslagan[13].

Shahar oʻz tarixi davomida koʻplab etnik guruhlar va madaniyatlar bilan aloqada boʻlgani sababli, shahar nomi koʻplab lingvistik variantlarga ega:

Urmiya xalqi shohni kutmoqda, 1911-yil
Urmiya meva bozori, 1911-yil

Vladimir Minorskiyga koʻra, Urmiya tekisligida eramizdan avvalgi 2000-yillardayoq Van podsholigi taʼsiri ostida tamadduniga ega qishloqlar boʻlgan. Urmiya yaqinidagi qamidiy xarobalarni qazish chogʻida eramizdan avvalgi 20-asrga oid idishlar topilgan. Qadimda Urmiya koʻlining gʻarbiy qirgʻogʻi Gilzan deb atalgan, miloddan avvalgi 9-asrda u yer mustaqil boʻlgan va keyinchalik Urartu yoki Manna imperiyasiga qoʻshilgan. Miloddan avvalgi 8-asrda bu hudud Midiya imperiyasiga qoʻshilgunga qadar Asuj davlati hukumatining vassali boʻlgan.

Amir Temurning Bagʻdod yurishi ortidan omon qolgan ossuriyaliklar Shimoliy Iroq orqali Urmiya koʻli gʻarbidagi Hakkari togʻlariga qochib oʻtgan va bu hudud XIX asr oxirigacha ularga vatan boʻlib qolgan[19][20].

Safaviylar davrida ularning azaliy raqibi boʻlgan qoʻshni Usmonli turklari[21] shaharga bir necha marta hujum qiladi va uni bir necha marta bosib oladi, biroq Safaviylar bu hudud ustidan nazoratni muvaffaqiyatli qayta tiklaydi. 1622-yilda, Safaviylar shohi Abbos I (hukmronlik yillari 1588—1629) davrida Qosim Sulton Afshor Mosul hokimi etib tayinlanadi[22][23] va koʻp vaqt oʻtmay vabo tarqalishi sababli hokimlikni tark etishga majbur boʻladi[23]. U Ozarbayjonning gʻarbiy qismiga koʻchib oʻtdi va Urmiyadagi afshor jamoasiga asos soladi[23]. Shahar 1747—1865-yillarda Urmiya xonligining poytaxti boʻlgan. Eronning Qojarlar sulolasining birinchi monarxi Ogʻa Muhammadxon 1795-yilda Urmiyada taxtga oʻtiradi.

19-asrning oxirida shaharda nasroniy ozchilikning sezilarli nufusi mavjudligi tufayli, Urmiya 1835-yilda Erondagi AQSHdan kelgan birinchi nasroniy missionerlari joylashidigan shahar sifatida tanlangan[24]. Tez orada Tabrizda ham yana bir missiya boshlandi. Birinchi jahon urushi davrida doktor Kojole tomonidan hisoblangan aholi soni 30 000 kishini tashkil etib, ulardan choragi (7500) ossuriyaliklar va 1000 kishi yahudiylar edi[8].

19-asr davomida mintaqa qisqa muddatga Ossuriya Uygʻonish davrining markaziga aylandi. Bu davrda shaharda Suryoniy tilida koʻplab kitoblar va gazetalar nashr etilgan. Urmiya, shuningdek, Xaldiy yeparxiyasining qarorgohi boʻlgan[25][26].

Anvar Posho qoʻmondonligidagi Usmonli qoʻshinlari 1914-yilning oxirlarida Usmonli imperiyasini urushga jalb qilish maqsadida mintaqada yashirin faoliyatni kuchaytiradi[27]. Birinchi jahon urushi paytida shahar keyingi ikki yil ichida ruslar va Usmonli qoʻshinlari hamda ularning kurd ittifoqchilari oʻrtasida bir necha marta qoʻldan-qoʻlga oʻtgan[28]. Rossiyaga qarshi urush eʼlon qilishidan oldin, 1914-yilda, Usmonli kuchlari Fors davlati sarhadlaridan oʻtib, nasroniy qishloqlarini vayron qiladi. 1914-yil sentyabr oyi oxiri va oktyabrdagi keng koʻlamli hujumlar ossuriyaliklarning koʻplab qishloqlarini nishonga oladi va hujumchilar Urmiyaga yaqinlashdi[29]. Usmonlilar hujumi tufayli chegarada yashovchi minglab nasroniylar Urmiyaga qochib ketadi[30].

1915-yil yanvar oyi boshida ruslarning Ozarbayjondan chiqib ketishi chogʻida koʻplab nasroniylar qochib ketadi[30] va 20-25 ming qochqin Urmiyada qolib ketadi[29]. 18 000 ga yaqin nasroniylar shahardagi presviterian va lazarist missiyalarida boshpana izlagan. Garchi missionerlik birikmalariga hujum qilishni istamagan boʻlsa-da, koʻpchilik kasallikdan vafot etadi[30]. Fevral va may oylarida (Usmonli qoʻshinlari chiqib ketganda) Urmiyadagi nasroniylarga qarshi ommaviy qatl, talon-toroj, oʻgʻrilik va tovlamachilik kampaniyasi boʻlib oʻtadi[31]. 100 dan ortiq erkaklar Lazaristlar majmuasida hibsga olindi va 23-24-fevral kunlari oʻnlab kishilar, xususan, Tergaver yepiskopi Mar Dinxa qatl etiladi[32].

Rus armiyasi 1915-yilning oxirida oldinga siljidi[manba kerak]. 1917-yilgi rus inqilobi natijasida Rossiya chiqib ketganidan soʻng[33][34], 5000 ga yaqin ossuriyalik[35] va arman militsiyasi hududni politsiya nazorati ostiga oldi, biroq ular tez-tez oʻz mavqeyini suiisteʼmol qilib, musulmonlarni ayovsiz oʻldiradi[36].

Kurd darvozasidan chiqadigan xiyobondagi arman va ossuriyalik qochqinlar, Urmiya, 1918-yil iyul

1918-yilning fevralidan iyuligacha mintaqani etnik zoʻravonliklar qamrab oladi[37][38]. 22-fevralda mahalliy musulmonlar va fors voliysi Urmiyadagi nasroniy qoʻshinlariga qarshi qoʻzgʻolon boshlaydi. Ogʻa Petros boshchiligidagi yaxshiroq uyushgan nasroniylar qoʻzgʻolonni shafqatsizlarcha bostiradi, yuzlab (ehtimol minglab) insonlar halok boʻladi[36]. 16-mart kuni Mar Shimun va uning koʻplab qoʻriqchilari ittifoq tuzishni muhokama qilish uchun uchrashgandan soʻng, kurd boshligʻi Simko Shikak tomonidan, ehtimol, Ossuriya separatizmidan qoʻrqib, fors rasmiylarining tashabbusi bilan oʻldirilgan. Ossuriyaliklar qotillik va talon-taroj qilishga kirishadi; Simkoni topa olmay, Fors amaldorlari va aholisini oʻldiradi[39][40]. Kurdlar bunga javoban nasroniylarni dini va etnik kelib chiqishidan qatʼiy nazar qirgʻin qiladi[38]. Iyun oyida Salmasda, iyul boshida[37] Urmiyada nasroniylar qirgʻin qilinadi, koʻplab ossuriyalik ayollar oʻgʻirlab ketiladi[41].

Ozarbayjondagi nasroniy qoʻshinlari 1918-yil iyulida Usmonlilar qoʻshiniga bostirib kirganlarida teng kela olmaydi[36]. Oʻn minglab Usmonli va eronlik ossuriylar 18-iyul kuni Ali Ihson Sabis boshchiligidagi Urmiyaga yaqinlashib kelayotgan Usmonli qoʻshinlaridan qochish uchun janubga Hamadonga qochib ketadi[42][43]. Usmonlilar bosqinidan keyin nasroniylar, jumladan, Xaldey arxiyepiskopi Toma Audo oʻldiriladi va Urmiya talon-taroj qilinadi[44][38].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1986300,746—    
1991357,399+18.8%
1996435,2+21.8%
2006583,255+34.0%
2011667,499+14.4%
2016736,224+10.3%

Etnik tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar oʻz tarixi davomida turli etnik guruhlarning vatani boʻlgan. Ilk islom davrida Urmiya aholisi xristian edi[45]. 19-asr oxirida Jorj Kerzon shahar aholisi 30-40 ming kishi atrofida ekanligini, asosan afshorlar, nestoriylar, yahudiylar va armanlar boʻlgani haqida xabar bergan[46], boshqa manbalarda esa forslar jamoasi ham yashanganligi yozib qoldirilgan[47]. 20-asrning boshlarida shaharda muhim nasroniy ozchilik (ossuriyaliklar va armanlar) mavjud edi[6][48]. Makuch va Ishayaning soʻzlariga koʻra, shahar 1830-yildan Birinchi jahon urushi oxirigacha boʻlgan davrda tashkil etilgan toʻrtta xristian missiyasi taʼsirida shakllangan ossuriyaliklarning maʼnaviy poytaxti edi[49]. 1914-yilda arman va ossuriyalik genotsidlar paytida koʻp sonli ossuriyaliklar va armanlar halok boʻldi[50], buning natijasida shahar demografiyasi oʻzgaradi[49]. Britannica ensiklopediyasining 1929-yildagi oʻn toʻrtinchi nashri koʻra, shahar aholisi urushdan oldin taxminan 45 ming kishini tashkil qilgan, asosan turklar, shuningdek, arman va nestoriy ozchiliklaridan iborat boʻlgan[51]. Rizoshoh Pahlaviy davrida eronlik ossuriylar mintaqaga qaytishga taklif qilingan va bir necha ming kishi qaytib kelgan. Shaharda 5000 ga yaqin ossuriyaliklar qolgan[52].

1946-yil Erondagi inqiroz hamda 1947-yilda Isroil davlati qurilishigacha Urmiyada bir necha ming yahudiylar ham yashagan va ularning tili (Lishan Didán) hanuz Isroilda qarib borayotgan jamoat tomonidan gaplashiladi.

Kongress kutubxonasining Federal tadqiqot boʻlimi maʼlumotlariga koʻra, etnik ozarbayjonlar Urmiya viloyati aholisining qariyb 40 foizini tashkil qiladi[53]. Shahar aholisining asosiy qismini ozarbayjonlar tashkil etadi. Ozarbayjonlardan tashqari shaharda etnik ozchilik vakillarining eng yirik guruhi kurdlar, shuningdek kam sonli ossuriylar va armanlar hamda shaharga asosan ishlash maqsadida koʻchib kelgan forsiyzabonlar istiqomat qiladi[54].

Aholining koʻpchiligi oʻzlarining ona tilidan tashqari, Eron davlatining rasmiy tili boʻlgan fors tilida gaplasha oladi[55][56].

Nane Maryam cherkovi : Urmiya shahrida joylashgan qadimiy Ossuriya cherkovi.
Urmiyadagi Mar Toma cherkovi.

Shahar Salmasda sufraganga ega boʻlgan Urmiya Sharqiy katolik Metropolitan Xaldey katolik arxeparxiyasining arxiepiskopal prestolidir. Shaharda Protestantlar, Sharq cherkovi tarafdorlari va arman pravoslavlari ham bor. Urmiyaning markaziy qismida toʻrtta cherkov mavjud boʻlib, ikkitasi Sharqiy Ossuriya cherkovi, bitta arman va bitta xaldey cherkovidir[57][58].

17-asrda sayyoh Avliyo Chalabiy mintaqaga tashrif buyurganida, shaharning musulmon aholisi asosan sunniylar edi va hali shia mazhabini qabul qilmagan edi[13]. Taxminan 1900-yilda xristianlar shahar nufusining 40% dan ortigʻini tashkil qilgan; biroq, nasroniylarning aksariyati Usmonlilar imperiyasi Qajar Eroniga bostirib kirib, Urmiyaning ossuriyalik va arman aholisiga qarshi genotsid[59][29] sodir etganida oʻldirilgan yoki urush tugaganidan koʻp oʻtmay qochib ketgan. 15 000 nafar atrofidagi ossuriyalik Eron shimolida, Urmiya va uning atrofidagi turli Ossuriya qishloqlarida istiqomat qiladi[60]. Urmiyaning xristian tarixi yaxshi saqlangan va bu ayniqsa, shahardagi koʻplab cherkov va soborlarda yaqqol koʻrinadi.

Urmiya aholi soni boʻyicha Eronning 10-oʻrindagi eng yirik shahri hisoblanadi. 2006-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uning aholisi 153,570 xonadonda 577,307 kishi edi[61]. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda 197 749 xonadonda 667 499 kishi bor edi[62] 2016-yildagi soʻnggi aholini roʻyxatga olish 225 050 xonadonda 736 224 kishini tashkil etdi.[1]. Shahar aholisining asosiy qismini ozarbayjonlar tashkil etadi. Ozarbayjonlardan tashqari shaharda etnik ozchilik vakillarining eng yirik guruhi kurdlar, shuningdek kam sonli ossuriylar va armanlar hamda shaharga asosan ishlash maqsadida koʻchib kelgan forsiyzabonlar istiqomat qiladi.

Parklar va sayyohlik markazlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urmiya shahrining diqqatga sazovor joylari Urmiya koʻli boʻyida yoki yaqinida joylashgan bogʻlar va qirgʻoq boʻyi aholi manzilgohlari hisoblanadi. Park-e Saat (Soat bogʻi) deb ataladigan Urmiyaning eng qadimiy bogʻi birinchi pahlaviylar davrida tashkil etilgan. Urmiyaning eng katta bogʻi Shahar daryosi boʻyida joylashgan Ellar Bagi Park (ozarbayjoncha Xalq bogʻi) hisoblanadi.

Koʻllar va hovuzlar

  • Urmiya koʻli milliy bogʻi
  • Hasanli koʻli
  • Marmisho koʻli
  • Shahrchay toʻgʻoni
  • Urmiya koʻli orollari

Lagunalar

  • Haftobod
  • Soole Dokel
  • Dana Bogan
  • Ali panjasi
  • Isti sou

Istirohat bogʻlari

  • Park-e Soat (Soat bogʻi)
  • Park-e Jangali (Jungli bogʻi)
  • Ellar bogʻi (Xalq bogʻi)
  • Park-e Shahr (Shahar bogʻi)
  • Park-e Saheli (Daryo boʻyi parki)
  • Park-e Shagʻayegʻ
  • Algʻadir bogʻi
  • Toxmemorgi (Oval) bogʻi
  • Geym bogʻi

Manzarali qirgʻoq boʻyi qishloqlari:

  • Chichest
  • Bari
  • Fanus
  • Sier
  • Band
  • Xoshako

Manzarali diqqatga sazovor joylar:

  • Qosimli vodiysi
  • Urmiya koʻlidagi Kozim Dashiy oroli
  • Kashtiban qishlogʻi
  • Imomzoda qishlogʻi
  • Silvana mintaqasi
  • Rashekan Dash Agʻol
  • Nazlu
  • Dalamper
  • Kabudan oroli

Urmiyaning iqlimi sovuq yarim quruq iqlim (Köppen: BSk, Trewartha: BS), nam kontinental iqlim (Köppen: Dfa, Trewartha: Dc) bilan chegaradosh. Qishi sovuq, bahori yumshoq, yozi issiq, kuzi salqin. Yogʻingarchilik asosan kuzda, qishda (asosan qor shaklida) va ayniqsa bahorda yogʻadi, yozda esa yogʻingarchilik kam boʻladi. Urmiyadagi havo harorati Eronning qolgan qismiga qaraganda ancha sovuqroq. Urmiya koʻlining qurgʻoqchilligi mintaqa iqlimiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Zagros togʻlarining shamol panali va yomgʻir soyali tomonida joylashganligi sababli, uning qishi Turkiyaning janubi-sharqidagi Hakkariga (gʻarbda) nisbatan fyon effekti tufayli nisbatan quruqroq boʻladi va qor kamroq yogʻadi[63].

Sport Urmiya madaniyatining muhim qismidir. Shahardagi eng mashhur sport turi bu voleybol. Shahrdari Urmia VC jamoasi Eron voleybol superligasidagi ishtiroki hamda Said Maʼruf, Abdulrizo Alizoda va Milad Ibodipur kabi Eron erkaklar milliy voleybol jamoasida oʻynaydigan buyuk voleybolchilar va Erondagi birinchi raqamli murabbiylar ushbu shahardan ekanligi Urmiyani Eronning voleybol poytaxtiga aylantiradi. Soʻnggi paytlarda Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) rasmiy saytida Urmiya „voleybol ishqibozlari shahri“ deb ham atalgan.

Urmiya shahridagi Gʻadir Arenada 2010-yilgi erkaklar oʻrtasida voleybol boʻyicha Osiyo kubogi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, 2012-yilgi Gʻarbiy Osiyo futbol federatsiyasining (GʻOFF) futzal chempionati hamda 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida voleybol boʻyicha Osiyo chempionati ham Urmiyadagi ayni arenada boʻlib oʻtdi. Ushbu arena 2019-yilgi FIVB Erkaklar oʻrtasida voleybol boʻyicha millatlar ligasi oʻyinlari oʻtkazilgan joylardan biridir.

Madaniy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ashiq musiqa guruhi
Urmiya Jome masjidi

Ozarbayjonlar Navroʻz va Qurbon hayiti kabi bayram va marosimlarni Eronning boshqa etnik guruhlaridan biroz farqli nishonlaydi[64]. Oshiq musiqasi dunyoning turkiyzabon xalqlariga xos xususiyatlardan biridir. Eronda uning turli versiyalari mavjud. Ayni paytda ushbu sanʼatning koʻplab mutaxassislarining guvohlik berishicha, Urmiya oshigʻi bugungi kungacha oʻz kelib chiqishini saqlab qolgan dunyodagi eng original va eng qadimgi variantdir. Oshiq musiqasining oʻziga xos uslublari bor. Urmiya oshigʻi Ozarbayjon madaniyatining bir qismi sifatida Eron milliy merosida qayd etilgan.

  • Tabiiy tarix muzeyi – Urmiya yaqinidagi hayvonlar namoyish etiladi;
  • Urmiya muzeyi – Shahid Beheshti universiteti fakultetiga qarashli arxeologiya muzeyi;
  • Urmiya hunarmandchilik va mumtoz sanʼat muzeyi;
  • Urmiya antropologiya muzeyi.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Urmiyadagi maktab (1910)

Urmiyadagi ilk zamonaviy uslubdagi maktab 1834-yilda tashkil etilgan[65].

Urmiya universiteti zali

Urmiya taxminan bir asr oldin muhim oliy taʼlim markazi boʻlgan. Xususan, Jozef Kokran va amerikalik tibbiyot hamkorlari jamoasi tomonidan 1878-yilda qurilgan Urmiya tibbiyot kolleji Eronning birinchi zamonaviy universitetidir. Biroq Erondagi ilk rasmiy universitet – Tehron universiteti tashkil etilishidan oldinroq bu oliygoh yopilgan. Bugungi kunda Urmiyada bir qancha davlat va xususiy universitet va institutlar faoliyat yuritmoqda.

Urmiyadagi universitetlar:

Universitet Veb-sayt
Urmiya universiteti [1]
Malik Ashtar texnologiya universiteti Urmiya filiali [2]
Urmiya tibbiyot fanlari universiteti [3]
Urmiya texnologiya universiteti [4]
Urmiya Islomiy Ozod universiteti [5] (Wayback Machine saytida 2020-10-25 sanasida arxivlangan)
Urmiyadagi Payami Nur universiteti [6]
Urmiya Elmi Karbordi universiteti [7]
Saba universiteti kolleji [8]
Azarabadegan universiteti kolleji [9]
Elm O fan universiteti kolleji [10]
Kamol universiteti kolleji [11]
Shahid Beheshti texnik maktabi [12]
Gʻozi Tabatabayi texnik maktabi [13]
Urmiya Qizlar Texnikumi [14]
Najand oliy taʼlim instituti [15] (Wayback Machine saytida 2019-08-19 sanasida arxivlangan)
Afagʻ universiteti kolleji [16]

Kutubxonalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Alloma Tabatabayi kutubxonasi
  • Urmiya markaziy kutubxonasi
  • Gʻaem kutubxonasi
  • Eron Islom Respublikasi Taʼlim vazirligi kutubxonasi
  • Imom Ali kutubxonasi
  • Kanun parvaresh fekri kutubxonasi
  • Xonayi Javon kutubxonasi
  • Shahid Motahhariy kutubxonasi
  • Shohid Bahonar kutubxonasi
  • Urmiya madaniyat va sanʼat markazi kutubxonasi

Urmiyada bitta davlat telekanali – Urmia TV mavjud boʻlib, u ozarbayjon va fors tillarida hamda xalqaro miqyosda Intelsat 902 sunʼiy yoʻldoshi orqali koʻrsatuvlar olib boradi[66].

Urmiyada kurd, ozarbayjon va fors tillarida eshittirish beruvchi bitta radiokanal mavjud. Mahalliy radiokanal Chichest deb nomlanadi[66].

Bosma nashrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqalar qatorida, shaharning bosma ommaviy axborot vositalariga quyidagilar kiradi:

  • Orumiye
  • Barish yangiliklari
  • Sadoyi Urmiya
  • Omonat
  • Kusha
  • Araz

Infratuzilmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aksariyat urmiyaliklar shaxsiy avtobillarida avtomobil yoʻllari va magistrallari orqali safar qiladi. Shaharda taksi va jamoat avtobuslari ham faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, „Telefon-taksi“ deb nomlangan xizmatlar koʻrsatadigan baʼzi xususiy shirkatlar mavjud. 

Urmiya Yevropa bilan Turkiyaning yoʻllari va Sero chegara punkti orqali bogʻlangan. 1964-yilda ochilgan Urmiya aeroporti Gʻarbiy Ozarbayjon ustonidagi birinchi xalqaro aeroport hisoblanadi. 2015-yil aprel oyidan boshlab u faqat Tehronning Mehrobod xalqaro aeroportiga muntazam ravishda ichki reyslarni amalga oshirdi, shuningdek Urmiya va Arbil shaharlari oʻrtasida yoʻlovchilar oqimi yuqoriligi sababli bu ikki shahar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reys yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan[67][68]. Shahar yaqinda Eron milliy temir yoʻllari bilan bogʻlandi (IRIR, رجا).

Sogʻliqni saqlash tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urmiya metropoliyasida davlat shifoxonalari Eron hukumati tomonidan idora etiladi. Shaharda bir qancha xususiy shifoxona va tibbiyot markazlari ham mavjud. Kasalxonalarga quyidagilar kiradi[manba kerak]:

Shifoxonalar
  • 523-Artesh (Armiya) kasalxonasi
  • Arefian kasalxonasi[69]
  • Ozarbayjon kasalxonasi[70]
  • Gʻolipur bolalar kasalxonasi
  • Imom Xumayniy kasalxonasi[71]
  • Imom Rizo kasalxonasi
  • Milad xalqaro tibbiyot markazi[72]
  • Mutahoriy kasalxonasi[73]
  • Omid kasalxonasi[74]
  • Roziy psixiatriya kasalxonasi[75]
  • Toligʻoniy kasalxonasi[76]
  • Seyedoshohada kardiologiya kasalxonasi[77]
  • Shafa kasalxonasi[78]
  • Shams kasalxonasi[79]
  • Solati kasalxonasi[80]
Klinikalar
  • Fotimiya pro-tibbiy klinikasi
  • Kosar ayollar pro-tibbiy klinikasi

Beheshti xiyobonida Turkiya hukumatining konsulligi bor.

Mashhur urmiyaliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urmiya oʻz tarixi davomida koʻplab Eron oydinlari[oydinlashtirilsin] va modernizatsiya harakatlari namoyondalariga makon boʻlgan. Shahar koʻplab arboblar, jumladan siyosatchilar, inqilobchilar, rassomlar va harbiy rahbarlarning vatani boʻlgan.

Qardosh shaharlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eslatmalar
  1. Urmiya can be found at GEOnet Nom Serveri, at this link, by opening the Advanced Search box, entering "-3077456" in the "Unique Feature Id" form, and clicking on "Search Database".
  2. Rezaeyeh, Rezā’īyeh, Rezâiyye variatlari ham bor
  3. Oroumieh, Oroumiyeh, Orūmīyeh va Urūmiyeh shaklida ham romanizatsiya qilinadi.
Manbalar
  1. 1,0 1,1 „Census of the Islamic Republic of Iran, 1395 (2016)“ (forscha) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-dekabr 2022-yil.
  2. „Orūmīyeh | Iran | Britannica“.
  3. Habibi, Hassan „Approval of the organization and chain of citizenship of the elements and units of the country divisions of West Azerbaijan province, centered in the city of Urmia“ (fa). Lamtakam. Ministry of Interior, Council of Ministers (1369-yil 7-iyul). 2023-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-dekabr.
  4. Hellot-Bellier, Florence „The Resistance of Urmia Assyrians to Violence at the Beginning of the Twentieth Century“, . Let Them Not Return: Sayfo – The Genocide Against the Assyrian, Syriac, and Chaldean Christians in the Ottoman Empire, 1, Berghahn Books, 2019 — 71, 95, 96-bet. DOI:10.2307/j.ctvw049wf.8. ISBN 978-1-78533-498-6. 
  5. Gaunt, David „Playing with Fire: Occupied Urmia“, . Massacres, Resistance, Protectors: Muslim-Christian Relations in Eastern Anatolia during World War I (en). Gorgias Press, 2006 — 81–120-bet. DOI:10.31826/9781463210816-009. ISBN 978-1-4632-1081-6. 
  6. 6,0 6,1 „Urmia | Encyclopedia.com“.
  7. „Assyrians in the History of Urmia, Iran“. 2017-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  8. 8,0 8,1 E. J. Brill’s First Encyclopaedia of Islam, 1913–1936, M. Th Houtsma, p. 1035, 1987
  9. Richard Nelson Frye, The history of ancient Iran, München (1984), 48–49
  10. The Proto-Indoaryans, by T. Burrow, The Journal of the Royal Asiatic Society of Great Britain and Ireland, No. 2 (1973), pp. 123–140, published by Cambridge University Press, see 139
  11. Sykes, Percy. A History of Persia. London: Macmillan and Company, 1921 — 67-bet. 
  12.  Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Urmia" Encyclopædia Britannica 27 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 800 
  13. 13,0 13,1 Evliyâ Çelebi Seyahatnâmesi: IV (ota) Dankoff: . Yapı Kredi Yayınları — 314–315-bet. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr. „Moğol kavmi bu kal'aya Urumiye derler. Kavm-i Acem Rûmiyye-i Kübrâ derler. Ba'zı müverrihân Türkistân-ı İrân derler. Zirâ evliyâ-yı Türkmanı gâyet çokdur.“ 
  14. Hakobyan T. Kh., Melik-Bakhshyan St. T., Barseghyan H. Kh. Dictionary of Toponyms of Adjacent Regions of Armenia, vol. 5, Yerevan University Publishing House", 2001, nayiri.com
  15. „Urmu İranın havası çirkli olan 10 şəhəri siyahısında“. Gunaz.TV. Qaraldi: 13-iyul 2022-yil.
  16. „Parêzgarên Ûrmiyê û Colemêrgê liser pirsên ewlekariyê civîn encam dan“ (ku). Kurdistan24. Qaraldi: 13-mart 2020-yil.
  17. „بەندیخانەی ورمێ؛ بەندکراوێک بەگومانی تووشبوون بە بە ڤایرۆسی کرۆنا ڕەوانەی نەخۆشخانە کرا“ (ku). Qaraldi: 13-mart 2020-yil.
  18. Thomas A. Carlson et al., "Urmia – ܐܘܪܡܝܐ „ in The Syriac Gazetteer last modified June 30, 2014, http://syriaca.org/place/206.
  19. Gibb, Kramers, Lewis, Hamilton Alexander Rosskeen, Johannes Hendrik, Bernard. The Encyclopaedia of Islam : New Edition Vol. 7, Encyclopaedia of Islam New, 1992 — 1032-bet. 
  20. Carl Skutsch. Encyclopedia of the World's Minorities. Routledge, 2013 — 149-bet. ISBN 978-1-135-19388-1. 
  21. Rothman 2015.
  22. Nasiri & Floor 2008.
  23. 23,0 23,1 23,2 Oberling 1984.
  24. Speer, Robert Elliott. The Hakim Sahib, the Foreign Doctor: A Biography of Joseph Plumb Cochran, M. D., of Persia (inglizcha). Revell, 1911 — 11–12-bet. ISBN 978-0-7950-1105-4. 
  25. „CATHOLIC ENCYCLOPEDIA: Urmiah“.
  26. Naby, Eden (September 2007). "Theater, Language and Inter-Ethnic Exchange: Assyrian Performance before World War I Eden Naby1". Iranian Studies 40 (4): 501–510. doi:10.1080/00210860701476510. http://www.aina.org/articles/tlaieeapbww1.pdf. Qaraldi: 30 September 2011. Urmiya]]
  27. Gaunt, David (2015). „The Complexity of the Assyrian Genocide“. Genocide Studies International. 9-jild, № 1. 83–103-bet. doi:10.3138/gsi.9.1.05.
  28. Tejirian, Eleanor H.. Conflict, conquest, and conversion. Columbia University Press, 1-sentabr 2012-yil — 350–351-bet. ISBN 978-0-231-51109-4. Qaraldi: 2013-yil 7-aprel. 
  29. 29,0 29,1 29,2 Gaunt 2006.
  30. 30,0 30,1 30,2 Hellot-Bellier 2018.
  31. Gaunt 2006, s. 110.
  32. Hellot-Bellier 2018, s. 126.
  33. Gaunt 2015, s. 94.
  34. Hellot 2003, s. 138.
  35. Koohi-Kamali 2003, s. 76.
  36. 36,0 36,1 36,2 Gaunt 2020, s. 78.
  37. 37,0 37,1 Hellot 2003, ss. 138–139.
  38. 38,0 38,1 38,2 Gaunt 2020, s. 80.
  39. Koohi-Kamali 2003, ss. 76–77.
  40. Gaunt 2020, s. 79.
  41. Naby 2017, s. 167.
  42. Hellot-Bellier 2020, 17.
  43. Kévorkian 2011, s. 744.
  44. Koohi-Kamali 2003, s. 77.
  45. “URMIYA", Encyclopaedia of Islam (edition 2)
  46. The Quarterly Review Volume 176. London: John Murray, 1893 — 183-bet. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr. 
  47. Report of the Fifty-ninth Meeting of the British Association for the Advancement of Science Held at Newcastle-upon-Tyne in September 1889. London: John Murray, 1890 — 176-bet. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr. 
  48. Baker, Patricia L.. Iran, 2014. ISBN 9781841624020. 
  49. 49,0 49,1 „ASSYRIANS IN IRAN“.
  50. Hovannisian, Richard G.. The Armenian Genocide, 31-dekabr 2011-yil. ISBN 9781412835923. 
  51. Hooper, Franklin Henry. The Encyclopedia Britannica. Encyclopedia britannica Company, Limited, 1929 — 899-bet. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr. 
  52. Al-Jeloo, Nicholas (2010). „Evidence in Stone and Wood: The Assyrian/Syriac History and Heritage of the Urmia Region in Iran“. Parole de l'Orient. 35-jild. 1–15-bet.
  53. Curtis, Glenn E.. Iran: A Country Study. Washington D.C.: Federal Research Division of the Library of Congress, 2008 — 97-bet. ISBN 978-0-8444-1187-3. 
  54. Sadeghi, Karim; Richards, Jack C (18-may 2016-yil). „The idea of English in Iran: an example from Urmia“. Journal of Multilingual and Multicultural Development. 37-jild, № 4. 420-bet. doi:10.1080/01434632.2015.1080714. ISSN 0143-4632.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  55. دكتر م پناهايان، مجموعه اي در چهار جلد به نام " فرهنگ جغرافياي ملي تركان ايران زمين " سال 1351 Dr. M. Panahian, a four-volume collection entitled „National Geographical Culture of the Turks of Iran“ in 1351
  56. سيري در تاريخ زبان ولهجه هاي تركي, دكتر جواد هئيت- چاپ سوم, سال1380,ص 307 A Journey in the History of Turkish Language and Dialects, Dr. Javad Hayat – Third Edition, 2001, p. 307
  57. Location of Nestorian Churches- https://www.google.com/maps/place/Holy+Mary+Church/@37.5441966,45.0678303,244m/data=!3m1!1e3!4m2!3m1!1s0x0000000000000000:0x3a31bcdb0de639d3!6m1!1e1
  58. Location of Armenian and Chaldean churches- https://www.google.com/maps/place/37%C2%B033’04.3%22N+45%C2%B003’57.9%22E/@37.5511954,45.0653628,244m/data=!3m2!1e3!4b1!4m2!3m1!1s0x0:0x0
  59. Hellot-Bellier, Florence „The Resistance of Urmia Assyrians to Violence at the Beginning of the Twentieth Century“, . Let Them Not Return: Sayfo – The Genocide Against the Assyrian, Syriac, and Chaldean Christians in the Ottoman Empire, 1, Berghahn Books, 2019 — 95–96-bet. DOI:10.2307/j.ctvw049wf.8. ISBN 978-1-78533-498-6. 
  60. Hooglund (2008).
  61. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1385 (2006)“ (forscha) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2011-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-sentabr 2022-yil.
  62. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1390 (2011)“ (forscha) (Excel). Iran Data Portal. The Statistical Center of Iran. Qaraldi: 19-dekabr 2022-yil.
  63. Modeling the exceptional south Foehn event (Garmij) over the Alborz Mountains during the extreme forest fire of December 2005 February 2014, Natural Hazards, Abbas Mofidi, Iman Soltanzadeh,Yadollah Yousefi, Azar Zarrin, MohsenSoltani, Jafar Masoompour Samakosh,Ghasem Azizi, et al.
  64. „Moosighi Asheghi Azarbaijan Sahrghi“. 2019-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  65. „معاون شهرسازی و معماری شهردار ارومیه خبر داد تخصیص بودجه 550 میلیارد تومانی شهرداری ارومیه“ (fa). 2013-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  66. 66,0 66,1 „پایگاه اطلاع رسانی صدا و سیمای مرکز آذربایجان غربی“ (fa). 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  67. „Urmia-Erbil direct flights to be established in near future“ (inglizcha). Mehr News Agency (21-aprel 2019-yil). Qaraldi: 26-aprel 2019-yil.
  68. „Direct Flights to Start Between Urmia and Erbil: Iranian Official“ (inglizcha). Basnews (21-aprel 2019-yil). Qaraldi: 26-aprel 2019-yil.
  69. „Arefian hospital“. 2022-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  70. „Azerbaijan Hospital“.
  71. „Imam Khomeini Hospital“.
  72. „Milad hospital“. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2013-yil.
  73. „Motahari Hospital“.
  74. „Omid Hospital“.
  75. „Razi Hospital“.
  76. „Taleghani Hospital“.
  77. „Seyedoshohada Hospital“.
  78. „Shafa Hospital“. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  79. „Shams Hospital“.
  80. „Solati Hospital“. 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  81. Urmia, Erzurum sign sisterhood agreement, retrieved 24 May 2015