Arman tili
Arman tili | |
---|---|
Milliy nomi | հայերեն |
Mamlakatlar | Armaniston, Rossiya, AQSh, Fransiya, Gruziya, Eron, Suriya, Argentina, Ozarbayjon, Turkiya, Livan, Ukraina, Iordan, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Kanada, Yunoniston, Turkmaniston, Isroil, Falastin, Iroq, Mojariston, Bolgariya, Abxaziya, Chexiya, Misr, Kipr, Estoniya, Gonduras, Ruminiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Hindiston[1] |
Rasmiylik holati | Armaniston |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 6,4 mln |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | Hind-yevropa tillari |
Alifbosi | Arman yozuvi |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | hy |
ISO 639-2 | arm (B); hye (T) |
ISO 639-3 | ye |
Arman tili — arman xalqining tili. Hind-Yevropa tillari oilasining mustaqil bir guruhi. Ayrim fonetik, morfologik, leksik xususiyatlariga koʻra, Kavkaz tillariga yaqin. Bu tilda jahon miqyosida 4 mln.ga yaqin arman soʻzlashadi, shundan 3,0 mln.ga yaqini Armanistonda, 1 mln.dan ortiqrogʻi xorijda. Arman tili tarixi uch davrga boʻlinadi, yaʼni: a) qadimgi Arman tili (grabar tili, 5 — 11-asrlar); b) oʻrta davr arman tili (11 — 17-asrlar); v) hozirgi arman adabiy tili (17-asrdan boshlab). U koʻplab dialektlarga ajraluvchi gʻarbiy va sharqiy guruhga ega. Armaniston aholisi sharqiy guruh arman tilida soʻzlashadi. Arman tilida 6 unli va 30 undosh tovush bor. Grammatik jins yoʻqolgan, 7 kelishik, turlanishning 8 xili mavjud. Arman tili asosan agglyutinativ tildir.[1]
Arman tili — xinduyevropa tillari oilasi tarkibiga kiruvchi til. Armanistonda va Togʻli Qoraboxda rasmiy til maqomiga ega.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |