Ali ar-Rizo
Ali Ar-Rizo yoki Ali ibn Muso (765/770-yil – 818-yil) — shialarning sakkizinchi imomi.
Madinada yashagan. 816-yilda xalifa al-Maʼmun moʻtadil shialar bilan ittifoqlashish va ular yordamida oʻz hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Ali ar-Rizoni taxt vorisi deb eʼlon qilgan. Lekin bu ittifoq uzoqqa choʻzilmagan. Sunniylar bunga qarshi harakat boshlagan. Xalifa shialar bilan munosabatini uzgandan keyin Ali ar-Rizo Xurosonda Tus shahri yaqinidagi Nukan qishlogʻida zaharlab oʻldirilgan va Sanobad qishlogʻiga dafn qilingan, keyinchalik uning qabriga maqbara barpo etilgan va shialar uchun ziyoratgoh, asosiy muqaddas joylardan biriga aylangan. Qabr joylashgan qishloqqa Ali ar-Rizo sharafiga Mashhadi Ali Rizo nomi qoʻyilib (Ali ar-Rizo shahid boʻlgan joy), u yirik shahar (hozirgi Mashhad)ga aylangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Ali ar-Rizoga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |