Kontent qismiga oʻtish

Mashhad

Koordinatalari: 36°18′25″N 59°36′15″E / 36.30694°N 59.60417°E / 36.30694; 59.60417
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mashhad / مشهد
shahar
Koohsangi street
Mooze Naderi
Tomb of Ferdowsi
Hedayat Little Bazaar
National Garden
Imam Reza
Mashhad entrance
Shah Mosque Mashhad
36°18′25″N 59°36′15″E / 36.30694°N 59.60417°E / 36.30694; 59.60417
Mamlakat Eron
Uston Razaviy Xuroson ustoni
Hukumat
 • Shahrdor Savlat Murtazaviy
Maydon 327 km2 (126 kv mi)
Markazi balandligi 995 m
Iqlim turi subtropik-ichkikontinental
Rasmiy til(lar)i forscha
Aholisi
 (2011)
2 749 374
Zichligi 8 400 kishi/km2
Milliy tarkib forslar, turkmanlar, kurdlar, tojiklar, ozarbayjonlar va boshqalar
Konfessiyaviy tarkib asosan musulmonlar (asosiy qismini shia mazhabi egallaydi)
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Telefon kodi +98 51
Mashhad / مشهد xaritada
Mashhad / مشهد
Mashhad / مشهد

Mashhad (forscha: مشهد / Maŝhad) — Eronning shimoli-sharqiy qismida joylashgan yirik shahar. Razaviy Xuroson ustonining maʼmuriy markazi. Kattaligi va aholisi soni boʻyicha Eronning ikkinchi (Tehrondan keyin) yirik shahri. 2011-yil maʼlumotlariga koʻra, Mashhadda 2 million 750 mingdan koʻproq kishi yashaydi. Mashhad aglomeratsiyasida esa 3 milliondan ziyod kishi istiqomat qiladi. Shaharning umumiy maydoni — 327 km². Eronning eng yirik diniy, madaniy, siyosiy, iqtisodiy, savdo va sanoat markazlaridan biri.

Mashhad shahri, Razaviy Xuroson ustonining shimoli-sharqida, Kashafrud daryosi vodiysida joylashgan. Eron-Turkmaniston davlat chegarasidan taxminan 70 kilometr janubda joylashgan. Tehron — Mashhad temir yoʻl liniyasining oxirgi stansiyasi, Eron shimoli-sharqidagi muhim va yirik avtomobil yoʻllari tuguni. Shahar hududi oʻrtacha dengiz sathidan 995 metr balandlikda joylashgan.

Mashhad Eronning metallsozlik, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo sanoati boʻyicha eng yetuk shaharlaridan biri hisoblanadi. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr styasi, universitet bor. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi, uy-roʻzgʻor va zargarlik buyumlari tayyorlanadi.

M. oʻrnida 9-asrda Sanobod qishlogʻi boʻlgan. M. nomi dastlab arab geograflari asarlarida tilga olingan (10-asrda). Shahar 11—12-asrlarda gʻaznaviylar va saljuqiylar qoʻl ostida boʻlgan. 13-asr oxirida moʻgʻullar hujumi natijasida shaharning koʻp qismi buzilgan. 14-asr oxiridan Xurosonning eng yirik shaharlaridan biri. Temuriylar va Safaviylar hukmronligi davrida M. ravnaqtopgan. 1736—47 yillarda Nodirshoh davlatining poytaxti. 1795-yilda M.ni qojarlar egallagan.

M. — shialarning "muqaddas" shahri. Meʼmoriy yodgorliklaridan Imom Rizo maqbarasi (9-asr). Gavharshod begim masjidi (1405—18), Madrasa, karvonsaroylar saqlangan. Nodirshohmaqbarasi, Rizoshoh bemoristoni 20-asrda qurilgan. Shahar chekkasida fors shoiri A. Firdavsiyning qabri bor (qabr ustiga maqbara qurilgan).[1]

2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Mashhad shahrida 2 749 374 kishi istiqomat qiladi. Oʻrtacha zichlik — 8 400 kishi/km². Mashhad aglomeratsiyasida esa 3 milliondan ziyod kishi istiqomat qiladi. Mashhad aholisining etnik tarkibida forslar koʻpchilikni tashkil etadi. Shaharda shuningdek turkmanlar, kurdlar, ozarbayjonlar, tojiklar, hazoralar va boshqa millat vakillari istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi islom dinining shia mazahabiga eʼtiqod qiladi. Shahar rasmiy tili, butun Erondagi kabi fors tili.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil