Oshiq
Oshiq, oshug (ozarbayjoncha: Aşıq, armancha: Աշուղ [ashugh], forscha: عاشیق [ashyq]) — ozarbayjon, arman va boshqa xalklarda shoir, xonanda va bastakor. Oshiqlar sanʼati qad. turkiy oʻzon va arman gusanlar anʼanalari negizida 16—17-asrlarda rivoj topdi. Repertuaridan ishqiy, qahramonlik, nasihatomuz va boshqa qoʻshiklar, dostonlar ("Kurugli", "Asli va Kerem", "Oshiq Gʻarib" va boshqalar), Oshiqlarning ijodiy muso-baqalarida ijro etiladigan aytishuvlar oʻrin olgan. Musiqa uslubiga baland pardalarda kuylash, tor hajmdagi ohanglar, ritmik badihagoʻylik, band-naqarot shakllar xosdir. Oshiqlar musiqa ijrosida soz, tor, kemancha kabi mu-siqa cholgʻularidan foydalanadi. Tarixda Sayat-Nova, Jivani, Sheram, Miskin Burji, Qurboni, Dilgam, Alesker, 20-asrda A. Rzayev, M. Bayramov, Grigor, Ashot va boshqa Oshiqlar tanilgan.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |