Qazvin
Qazvin — Eronning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Elburs togʻining jan. etagida. Aholisi 292 ming kishi (1997). Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Qishloq xoʻjaligi rayonining savdo markazi. Oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, oynashisha va elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Gilam toʻqiladi.
Shahar Sosoniylar davridan maʼlum. Oʻrta asrlarda Q. orqali Erondan Janubiy Kavkazga boriladigan savdo yoʻli oʻtgan. 1220-yilda shaharni moʻgʻul bosqinchilari buzib tashlagan. Keyinroq qayta tiklanib, Eronning madaniyat markazlaridan biriga aylangan. 16-asrda shahar ayniqsa ravnaq topgan. Oʻsha davrda Qazvin miniatyura maktabi shakllangan. 1548—98 yillarda Safaviylar davlati poytaxti boʻlgan. 18-asrda oʻz mavqeini yoʻqotgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Jome masjidi (12— 17-asrlar), Haydariya masjidi (12-asr) va boshqalar saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |