Tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromi
Tuxumdonlarning giperstimulyatsiya sindromi – bu tuxum hujayra oʻsishini stimullovchi dori-darmonlar qabul qiladigan baʼzi ayollarda va juda kam hollarda boshqa ayollarda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan tibbiy holat. Aksariyat hollarda yengil, ammo kamdan-kam hollarda ogʻir jarayon boʻlib, jiddiy kasallik yoki oʻlimga olib kelishi mumkin[1].
Belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromida simptomlar 3 toifaga boʻlinadi: yengil, oʻrtacha va ogʻir.
Yengil simptomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- qorinning shishishi va qorin boʻshligʻida toʻlalik hissi;
- koʻngil aynishi;
- diareya;
- ozgina vazn ortishi.
Oʻrtacha simptomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ortiqcha vazn ortishi (kuniga 2 funtdan ortiq vazn ortishi);
- qorin boʻshligʻi kengayishi;
- qusish;
- diareya;
- siydikning toʻqlashishi, siydik chiqarishning kamayishi;
- haddan tashqari tashnalik va terining va/yoki sochlarning quruqligi.
Ogʻir simptomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- qorin boʻshligʻida toʻlalik hissi, beldan yuqorigi shish;
- nafas qisilishi;
- plevra oqishi;
- siydikning sezilarli darajada toʻqlashishi yoki siydik ajratish toʻxtaganligi;
- boldir va koʻkrak ogʻrigʻi;
- qorinning sezilarli shishishi yoki kengayishi;
- qorinning pastki qismidagi ogʻriqlar.
Etiologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Spontan vujudga keluvchi tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromi juda kam uchraydi va genetik kelib chiqishga ega boʻlishi mumkin. Klomifen sitrat bilan davolash vaqti-vaqti bilan ushbu sindromga olib kelishi mumkin, ammo aksariyat hollarda keltirib chiqaruvchi sabab gonadotropin terapiyasi (FSG qoʻllash bilan), masalan, pergonal va xorionik gonadotropin qoʻllanganidan keyin ootsitlarning yakuniy kamoloti va/yoki oosit chiqarilishi qoʻzgʻatilgandan keyin koʻp hollarda in vitro urugʻlantirish bilan birgalikda boʻlganda rivojlanadi. Uchrash chastotasi oʻzgarib turadi va ayoldagi xavf omillari, davo choralari va kuzatuv usullariga bogʻliq. Davolangan ayollarning taxminan 5% oʻrtacha va ogʻir tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromiga duch kelishi mumkin. Xavf omillariga polisistik tuxumdon sindromi, ayolning yoshi, tana vazni indeksining pastligi, antral follikullar sonining yuqoriligi, stimulyatsiya ostida koʻplab tuxumdon follikullarining rivojlanishi, qon zardobidagi estradiol kontsentratsiyasining haddan tashqari koʻtarilishi, ootsitlarning yakuniy yetilishi va/yoki chiqarilishi uchun odam xorionik gonadotropinidan foydalanish, luteal qoʻllab-quvvatlash uchun odam xorionik gonadotropinini davomli qoʻllash va homiladorlikning paydo boʻlishi (bunda xorionik gonadotropin ishlab chiqariladi) kiradi[2] [3]. Oʻlim darajasi past, ammo bir nechta oʻlim holatlari qayd etilgan.
Qin ultrasonografiyasida sagittal kesmada oʻrta darajadagi tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromi boʻlgan ayolda toʻgʻri ichak-bachadon chuqurligi (excavatio rectouterina)da bachadonning orqa tomonida 33 mm kenglikdagi anexogen zona koʻrinadi, bu qorin parda bo'shlig'ida erkin suyuqlik, yaʼni assit boʻlganligini bildiradi. Normada toʻgʻri ichak-bachadon chuqurligida 5mlgacha suyuqlik boʻlishi mumkin va uning kengligi taxminan 10mm gacha boʻlgan masofaga toʻgʻri keladi[4] Tasvirda tuxumdonning oʻlchami 6,5 smgacha boʻlganligi koʻrinadi. |
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromini davolash giperstimulyatsiyaning ogʻirlik darajasiga bogʻliq. Yengil hollarda konservativ usulda davo olib boriladi[5].Oʻrta darajada yotoq rejimi, suyuqliklar va elektrolitlar va qon miqdori kabi laboratoriya tahlillarini diqqat bilan kuzatish bilan davolanadi. Tuxumdon follikullari hajmini kuzatish uchun ultratovush tekshiruvidan foydalanish mumkin. Vaziyatga qarab, shifokor ambulatoriya sharoitida ayollarning suyuqlik isteʼmoli va uning chiqarilishini diqqat bilan kuzatib borishi mumkin, bunda u suyuqlik balansida ortgan nomuvofiqlikni izlaydi (1 litrdan ortiq nomuvofiqlik bu sindrom haqida oʻylashga sabab boʻladi). Sindromning yoʻqolishi follikulyar kistalarning hajmini 2 marta ketma-ket ultratovush tekshiruvida kamayishi bilan belgilanadi [6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shmorgun, Doron; Claman, Paul (2011). "The diagnosis and management of ovarian hyperstimulation syndrome". Journal of Obstetrics and Gynaecology Canada 33 (11): 1156–62. doi:10.1016/s1701-2163(16)35085-x. PMID 22082791. Archived from the original on 2015-07-10. https://web.archive.org/web/20150710220407/http://jogc.ca/abstracts/full/201111_SOGCClinicalPracticeGuidelines_1.pdf. Qaraldi: 2015-07-09.Tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromi]]
- ↑ Ovarian hyperstimulation syndrome Updated by: Linda J. Vorvick and Susan Storck Update. Also reviewed by David Zieve. Date: 7/27/2009
- ↑ Humaidan, P.; Kol, S.; Papanikolaou, E. (2011). "GnRH agonist for triggering of final oocyte maturation: time for a change of practice?". Human Reproduction Update 17 (4): 510–24. doi:10.1093/humupd/dmr008. PMID 21450755.
- ↑ Severi, F.M.; Bocchi, C.; Vannuccini, S.; Petraglia, F. (2012). "Ovary and ultrasound: from physiology to disease". Archives of Perinatal Medicine 18 (1): 7–19. http://www.ptmp.com.pl/archives/apm/18-1/APM181-1-Severi.pdf. Qaraldi: 2015-07-09.Tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromi]]
- ↑ La Marca, A.; Sunkara, S. K. (2013). "Individualization of controlled ovarian stimulation in IVF using ovarian reserve markers: From theory to practice". Human Reproduction Update 20 (1): 124–40. doi:10.1093/humupd/dmt037. PMID 24077980.
- ↑ Youssef, M. A.; Mourad, S. (2016). "Volume expanders for the prevention of ovarian hyperstimulation syndrome". The Cochrane Database of Systematic Reviews 2016 (8): CD001302. doi:10.1002/14651858.CD001302.pub3. PMID 27577848. PMC 9243766. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=9243766.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Epidemiology and prevention of ovarian hyperstimulation syndrome (OHSS): a review". Hum Reprod Update 8 (6): 559–77. 2002. doi:10.1093/humupd/8.6.559. PMID 12498425.
- "Review of clinical course and treatment of ovarian hyperstimulation syndrome (OHSS)". Hum Reprod Update 9 (1): 77–96. 2003. doi:10.1093/humupd/dmg005. PMID 12638783.