Jinsiy sovuqlik
Jinsiy sovuqlik, frigidlik — seksual taʼsirotga javoban erotik hisning sustligi (qarang Seksopatologiya). J. s. deganda ayollar xulq-atvoridagi xatti-harakatlar, jumladan, jinsiy maylning susayishi va jinsiy qoniqish — xush yoqish (orgazm) sezgisining aynishi tushuniladi. J. s.ning bir necha xili tafovut qilinadi: birlamchi (konstitutsional) — J. s. jinsiy maylning norasoligi tufayli yuzaga keladi; retardatsion J. s. — seksual hisning yoshga mos holda rivojlanmasligi; psixogen J. s, bunda J. ska psixik omillar sabab boʻladi; simptomatik J. s. — asabiy, ruhiy yoki boshqa biror kasallik natijasida roʻy beradi; endokrin J. s. jinsiy bezlarning kam-koʻstligi yoki endokrin kasalliklar (diabet, gipotireoz, Bazedov kasalligi) sabab boʻladi; genital - retseptiv J. s. — jinsiy aʼzolarning jiddiy kasalliklarida kuzatiladi; jinsiy diskomfort — ayolning jismoniy yoki ruhiy ojizligi tufayli roʻy beradi; J. s.ning aralash xili yuqorida keltirilgan omillarning turli koʻrinishlari tufayli sodir boʻladi. J. s.ni davolash koʻpincha yaxshi natija beradi. Har qanday holatda ham vrach seksopatolog bilan maslahatlashib, uning koʻrsatmalariga amal qilish lozim.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xodakov N. M., Yosh kelin-kuyovlarga [2-nashri], T., 1986; Salimov E., Lazzatlanish sanʼati, T., 1997.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |