Kontent qismiga oʻtish

Fallopiy nayi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fallopiy nayi, bachadon nayi, tuxum yoʻli – ayollarning naysimon juft aʼzosi. Italyan vrachi G.Fallopiy (1523—1562) nomidan olingan. Tuxumdonda yetilgan tuxum hujayra shu naylardan bachadonga oʻtadi. Fallopiy naylari bir uchi bilan bachadonga tutashsa, ikkinchi uchi tuxumdon yonida krrin boʻshligʻiga ochiladi va shu tariqa tuxumdonning chiqarish yoʻli boʻlib hisoblanadi (yana qarang Jinsiy aʼzolar).