Kontent qismiga oʻtish

Endometrioz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

endometrioz ayollarda hayzdan avval kuzatiladigan zoʻrikish, huzursizlik tanadagi suyuklik birikmasi, qorin , bel, oyoq va koʻkrakdagi ogʻriqlar umumiy sogʻlomlikning normal holatda emasligini koʻrsatadi. Ogʻriqli hayzning soʻngi yillarda koʻp kuzatilishining sababi endometriozdir. Bachadon ichini qoplagan toʻqima endrometrium deyiladi. Endometrium har oy homila ehtimoli bilan kattalashadi. Tuxum doʻllanganda endometrium ichida joylashadi va homila boshlanadi. Homilalik roʻy bermasa, qalinlashgan endometrium hayz sifatida chiqib ketadi. Normal olarak qorin ichidagi aʼzolar endometrium hujaylarariga oʻxshagan, faqat tamoman boshqa hujayra tabaqasi bilan qoplangan boʻladi. Bu tabaqaga peritonium yoki qorin ich pardasi deyiladi. Qoʻshimcha moddali mahsulotlar idish va kir yuvish kukuni tarkibida mavjud va ostrogen gormoniga oʻxshagan kimyoviy moddalar shu toʻqimada toʻplanadi. Bu ostrogenga oʻxshagan moddalar toʻqimalardagi hujayralar takibini oʻzgartiradi yaʼni mutatsiyaga uchraydi va bu toʻqimalarning bachadonning ich tabaqasi kabi ishlay boshlaydi. Bachadondan boshqa a'zolarda endometrium to'qimalariga o'xshagan to'qimalarning rivojlanishi endometrium deyiladi.endometrioz eng ko'p tuxumdonlarda, bachadon orqasi bo'shliqlarida,ichaklar yuzida,bachadonni tutib turgan bog'larda va siydik qovug'i ustida, qorin oardasida , burun pardasi(mukoza)da va miya pardasida kuzatiladi. Bu endometriumga o'xshagan to'qimalarda “odat” (oy ko'rish) dan avval qalinlashish boshlanadi va qonash bilan bu to'qimalar ham tashqariga chiqishga harakat qiladi. Ammo to'qimalar tashkariga yopiq bo'lgani uchun, qonash qorin bo'shligida yoki tuxumdon to'qimasi ichida yoki fitrati buzulgan to'qimalarda kuzatiladi. har oy yuzaga kelgan bu ich qonashlari, “shokolad g'urra” (kist) lar va qattiq og'riqlarga sabab bo'ladi.[1]

  1. Solih, Oydin. Haqiqiy tibbiyot, Istanbul, 2009.