Tuxumdon kistasi
Tuxumdon kistasi | |
---|---|
KXK-10 | N83.0-N83.2 |
KXK-9 | 620.0-620.2 |
eMedicine | med/1699 |
Tuxumdon kistasi (grekcha: κύστις — qop, siydik pufagi) — tuxumdonning tuzilishida paydo boʻladigan va uning hajmini bir necha marta kattalashishiga olib keladigan suyuq yoki yarim suyuq tarkibga ega boʻlgan pufak shaklidagi hosila.
Paydo boʻlish sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuxumdon kistalarining paydo boʻlish sabablari xali toʻliq oʻrganilmagan. Kista rivojlanish mexanizmida gonadotrop gormonlar va apoptozning buzilishi katta rol oʻynashi mumkin. Bundan tashqari, tuxumdon kistalarining sabablariga reproduktiv yoshda ham homilador boʻlmaslik, abortlar, endokrin tizim kasalliklarini ham koʻrsatish mumkin. Ushbu omillar kista paydo boʻlish xavfini oshiradi, shuning uchun keksalikda ayollarga menopauza davrida koʻpincha tuxumdon kistasi (Wayback Machine saytida 2018-11-16 sanasida arxivlangan) tashxisi qoʻyiladi.
Tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Funksional kistlar (follikulyar, lyuteinli) tuxumdonning tabiiy strukturalari hisoblanadigan — follikul va sariq tanadan hosil boʻladi.
Follikulyar kistalar sodir boʻlmagan ovulyatsiya va follikl oʻsishi davom etishi natijasi hisobalanadi.
Luteal kistalar (sariq tana kistalari) ovulyatsiyadan keyin hosil boʻlgan sariq tanada ortiqcha suyuqlik toʻplanishi natijasi hisoblanadi.
Funksional kistalar qisqa vaqt ichida (2-3 oygacha) mavjud boʻlib, oʻz-oʻzidan yoʻqoladi.
Endometrioid kistalar (endometriomalar) tuxumdonning endometriozidan hosil boʻladi. Endometrioz oʻchogʻidan har oylik kichik qon ketishlar tuxumdonda qon bilan toʻlgan boʻshliq paydo boʻlishiga olib keladi, vaqt oʻtishi bilan uning ichidagi qon quyuqlashadi, qorayadi va suyuq shokoladga oʻxshash xolga keladi. Shuning uchun bunday kistalar „shokoladli“ nomi bilan ham ataladi[1].
Kistoz oʻsmalar haqiqiy oʻsmalar hisobalandi, ammo ularda kistaning tashqi belgilari ham mavjud boʻladi. Baʼzida kista va kistoz oʻsmalarini faqatgina gistologik tekshiruvdan soʻng ajratish mumkin. Kistoz oʻsmalarga seroz va shilliq kistadenomalar, shuningdek, yetuk teratomalar (dermoid kistalar) kiradi.
Simptomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuxumdon kistalari koʻpincha birorta belgi namoyon qilmaydi, ammo boshqa sabablarga koʻra UTT tekshiriuvlari paytida aniqlanishi mumkin.
Ogʻriq odatda qorinning pastki qismida bir tomonlama kuzatiladi, ogʻriq hususiyati tortiluvchi yoki simillovchi boʻlib, jinsiy aloqa paytida paydo boʻlishi yoki kuchayishi mumkin. Koʻpincha bu faqat ogʻirlik hissidek tuyuladi. Ogʻriq kuchayishi, koʻngil aynishi, qayd qilish, ogʻriqining qorin boʻshligʻiga tarqalishi va asoratlarning rivojlanishida (kitsa buralishi, yorilishi) toʻgʻri ichakka oʻtishi mumkin. Dermoid kistalarda tez-tez buralib qolish lyuteinli kistalarda esa yorilish koʻproq kuzatiladi. Follikulyar kistaning yorilishida qisqa muddatli ogʻriqlar kuzatilishi mumkin, ammo sogʻliq uchun xavf tugʻdirmaydi.
Hayz siklining buzuilishi menstruatsiyaning kechikishi yoki bachadondan disfunksional qon ketishi koʻrinishida namoyon boʻlishi mumkin.
Qorinning kattalashishi faqat katta kistoz oʻsmalarida kuzatiladi.
Tashxislash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuxumdon hosila paydo boʻlgani tekshiruv vaqtida shifokor tomonidan aniqlanishi mumkin, ammo kista tashxisi UTT tekshiruvidan keyin qoʻyiladi. UTTda kuzatiladigan belgilariga koʻra, maʼlum bir ehtimollik bilan tuxumdon kistasining qaysidur bir turini taxmin qilish mumkin. Agar kista devorida zich tuzilmalar boʻlsa, saraton kasalligini istisno qilish uchun onkomer CA-125 (saraton antigeni) uchun test topshiriladi.
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Agar ultratovush tekshiruvida oʻsmaning aniq belgilari (qattiq hosilalar) boʻlmasa, kichik (1 sm gacha) kistalar uchun profilaktik davolash taktikasi qoʻllanadi.
Konservativ terapiya gormonal kontratseptivlarni qabul qilish orqali kista oʻsishini kamaytirish yoki oldini olishga qaratilgan.
Jarrohlik amaliyotiga koʻrsatama 2-3 hayz sikli davomida profilaktik davolash taktikasi kistaning yoʻqolishiga olib kelmaganda murojat qilinadi. Jarrohlik amaliyotiLaparoskopiya usulida qilinadi. Reproduktiv yoshdagi ayollarda sogʻlom tuxumdon toʻqimalarining maksimal saqlab qolgan holda amalga oshiriladi.
Kista ogʻriq bilan namoyon boʻlsa tuxumdon fuksiyasi buzilishi 2 ta hayz siklidan ortiq davom etsa va oʻsma belgilari kuzatilmasa, UTT skan nazorati ostida punksiya va aspiratsiyasini amalga oshirish mumkin[2]. Vaginal ultratovushli uzatkich va punksion nasadkadan foydalanib kista boʻshligʻiga igna kiritiladi. Kista boʻshligʻi aspiratsiya qilinib undan olingan namuna gistologik tekshiruvga joʻnatiladi[3]. Aspiratsion terapiya reproduktiv yoshdagi ayollarda oʻzini oqlagan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://med-atlant.if.ua/ru/statti-ginekologiya/stattya-pro-shokoladnyye-kisti-endometrioidnyye
- ↑ 2,0 2,1 A. N. Strijakov, A. I. Davidov, L. D. Belotserkovseva. Maloinvazivnaya xirurgiya v ginekologii. Moskva, „Meditsina“, 2001, 221 s.
- ↑ „Пункция, аспирация, склерозирование кисты яичника (анимация)“. 2012-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan.