Kontent qismiga oʻtish

Thomas Stearns Eliot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Thomas Stearns Eliot

1934-yilda Ottoline Morrell tomonidan olingan surat.
Tavalludi 26-sentyabr 1888-yil
Amerika, Missouri shtati, Louis koʻchasi.
Vafoti 4-yanvar 1965-yil
Angliya, London
Kasbi shoir, esseist, dramaturg, noshir, tanqidchi
Ijod qilgan tillari ingliz tili
Fuqaroligi 1888—1927-yillar Amerika fuqarosi, 1927—1965-yillar Britaniya fuqarosi
Taʼlimi Harvard universiteti, Merton Kolleji (Oxford)[1]
Yoʻnalish Modernizm
Faoliyat yillari 1905—1965
Janr sheʼriyat
Mukofotlari Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1948), Xizmatlari uchun orden (Buyuk Britaniya, 1948)
Turmush oʻrtogʻi Vivienne Haigh-Wood Eliot (1915—1932, ajrashgan), Valerie Eliot (1957)
Ota-onasi Henry Ware Eliot va Charlotte Champe Stearns
Qarindoshlari Eliotlar oilasi
Imzosi

Thomas Stearns Eliot (talaffuzi: Tomas Stens Eliot; 1888-yil 26-sentyabr, Amerika, Missouri1965-yil 4-yanvar, Angliya, London) — shoir, esseist, dramaturg, noshir, adabiy tanqidchi, muharrir[2]. XX asrning taniqli shoiri, ingliz modernizm sheʼriyatining namoyondasi. Eliot ijodida soʻzni mahorat bilan ishlatishda tildan unumli foydalana olishi, yozish uslubi, sheʼriyatining oʻziga xos tuzilishi bilan ingliz adabiyotida oʻz oʻrniga ega boʻlgan. U shuningdek, tanqidiy esselar toʻplami orqali eskirgan eʼtiqodlar oʻrniga yangilarini oʻrnatgan[3].

Eliot Missouri shtatining Saint Louis shahrida, taniqli Boston Brahmin oilasida tugʻilgan. 1914-yil 25 yoshida Angliyaga koʻchib oʻtib, oʻsha yerda hayotini davom ettirgan[4]. U 1927-yil 39 yoshida Amerika fuqaroligidan voz kechib Britaniya fuqaroligini olgan[5].

Eliot ilk marta 1914—1915-yillarda eʼlon qilingan „The Love Song of J. Alfred Prufrock“ sheʼri bilan koʻpchilikning eʼtiborini qozongan. Ushbu sheʼr boshida ayrimlar tomonidan gʻalati deb tan olingan[6]. Undan soʻng, „The Waste Land“ (1922), „The Hollow Men“ (1925), „Ash Wednesday“ (1930) va „Four Quartets“ (1943) kabi sheʼrlari oʻquvchilarga taqdim qilingan[7]. Uni mashhur qilgan asarlari „Murder in the Cathedral“, „The Cocktail Party“ va bulardan tashqari beshta pyesasi boʻldi. Eliot 1948-yilda oʻz zamonasi sheʼriyatiga qoʻshgan hissasi uchun Adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan[8][9][10].

Eliotlarning kelib chiqishi Boston Brahmin oilasiga borib taqaladi. Bu oila vakillari asosan Angliya va Amerikaning Yangi Angliya shahrida ildiz otgan. Eliotninɡ bobosi William Greenleaf Eliot Missourining Saint Louis shahriga koʻchib oʻtgan[7][11]. U yerda Xristian Unitarian ibodatxonasini tashkil qilgan. Uning otasi Henry Ware Eliot (1843–1919) yaxshi tijoratchi boʻlishi bilan birga Saint Louis shahridagi „Hydraulic-Press Brick“ kompaniyasining prezidenti va gʻaznachisi edi. Onasi Charlotte Champe Stearns (1843–1929) sheʼrlar yozgan, bundan tashqari XX asr boshlarida Qoʻshma Shtatlarda yangi kasb boʻlgan jamoat ishchisi vazifasida ishlagan. Ota-onasi Eliotdan oldin beshta farzand koʻrishadi, lekin ular hayotdan erta koʻz yumishadi. Oltinchi boʻlib Eliot tugʻilgan va unga ona tomondan bobosi Thomas Stearnsning ismini qoʻyishgan. Oilasi va doʻstlari uni Tom deb atashgan.

Eliotning bolalik davridan adabiyotga boʻlgan qiziqishiga bir qancha omillar sabab boʻlgan. Birinchidan, u bolaligida jismoniy qiyinchiliklarni yengib oʻtishga majbur boʻlgan. Juft chov-yorgʻoq churrasi kasalligi bilan kurashganligi bois, jismoniy mashqlar bilan shugʻullana olmagan. Ushbu tugʻma kasallik Eliotning tengdoshlari bilan muloqot qilishiga toʻsqinlik qilgan. Koʻpincha yolgʻiz yuradigan Eliotda adabiyotga qiziqish ortib borgan. Savodi chiqqach, shavqatsiz hayot, Gʻarb yovvoyi tabiati haqidagi ertaklarni, ayniqsa Mark Twainning Tom Sawyerning yangi sarguzashtlari romanini oʻqishni sevgan[12].

Doʻsti Robert Sencourt Eliot haqidagi xotiralaridan birini eslab shunday deydi. „Yosh Eliot deraza yonida oʻtirib, tashqaridagi hayotni oʻzi oʻqigan ertaklaridagidek tasavvur qilar, hayot ogʻriqlariga qarshi orzusidagi dorini oʻylab topish haqida oʻylardi“[13]. Ikkinchidan, Eliot oʻzining adabiy qarashlarini shakllantirishda tugʻilgan shahrining alohida ahamiyatga egaligini ta’kidlaydi: „Shubhasiz, Saint Louis menga boshqa joylarga qaraganda chuqurroq ta’sir koʻrsatgan. Bolaligim katta daryo boʻyida oʻtgan. Menda bu bilan bogʻliq oʻzgacha bir tuygʻu bor. Buni boshqalar tushunmaydi, tushuna olmaydi. Men Boston, Nyu-York yoki Londonda emas, aynan shu yerda tugʻilganimdan oʻzimni baxtli deb hisoblayman.“

1898-yildan 1905-yilgacha Eliot Mary Instituti va Saint Louis Country Day maktabida, oʻgʻil bolalarni kollejga tayyorlaydigan boʻlimda ta’lim olgan. U yerda lotin, qadimgi yunon, fransuz va nemis tillarini oʻrgangan. 14 yoshida Edward FitzGeraldning Ruboiylar. Umar Xayyom tarjimasi ta’sirida she’r yozishni boshlagan. Shoir oʻsha sheʼrlarda oʻta darajada umidsizlik va gʻamginlik tasvirlanganligi sababli keyinchalik ularni yoʻq qiladi[14]. Ilk nashr etilgan sheʼri „A Fable For Feasters“, maktabda mashq sifatida yozilgan va 1905-yil fevral oyida „Smith Academy Record“ jurnalida nashr etilgan[15]. Shuningdek, shoirning qoʻlyozmada saqlanib qolingan ilk she’rlaridan biri 1905-yil aprel oyida oʻsha jurnalda nashr etilgan. Avvalboshda sheʼr nomsiz boʻlgan. Keyinchalik Harvard universitetining „The Harvard Advocate“ adabiy jurnalida „Song“ nomi bilan oʻzgartirilgan va qayta nashr etilgan[16]. 1905-yilda uchta hikoyasini ketma-ket nashr qildiradi. Bular; „Birds of Prey“, A „Tale of a Whale“ va „The Man Who Was King“. „The Man Who Was King“ hikoyasida shoirning 1904-yilgi Saint Louis butunjahon koʻrgazmasiga tashrifi davomida Igorot qishlogʻini oʻrgangani aks ettirilgan[17][18][19]. Eliotning mahalliy xalqlarga boʻlgan qiziqishi Harvarddagi antropologik tadqiqotlaridan oldin paydo boʻlgan[20]. Eliot hayotining ilk 16 yilini Missuri shtatining Louis shahrida, oʻzi tugʻilgan Locust koʻchasidagi uyda oʻtkazadi. 1905-yilda maktabga chiqqanidan soʻng, Saint Louisga faqat ta’til uchun kelib turgan. Shahardan uzoqlashganiga qaramay, Eliot doʻstiga maktubida „Missuri va Missisipi dunyoning boshqa shaharlaridan koʻra menda chuqurroq taassurot qoldirdi“ deb yozgan. Smith akademiyasini tugatganidan soʻng, Eliot Massachusets shtatidagi Milton akademiyasida kollejga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻradi va u yerda Scofield Thayer bilan uchrashadi. Scofield Thayer keyinchalik Eliotning „The Waste Land“ asarini nashr qildirtiradi.

  1. Jewel Spears Brooker, Mastery and Escape: T.S. Eliot and the Dialectic of Modernism, University of Massachusetts Press, 1996, p. 172.
  2. Bush, Ronald. "T. S. Eliot's Life and Career", in John A Garraty and Mark C. Carnes (eds), American National Biography. New York: Oxford University Press, 1999, via [1] (Wayback Machine saytida 2022-04-17 sanasida arxivlangan)
  3. „T.S. Eliot | Biography, Poems, Works, Importance, & Facts | Britannica“ (en). www.britannica.com. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.
  4. „The Nobel Prize in Literature 1948“ (en-US). NobelPrize.org. Qaraldi: 2021-yil 20-aprel.
  5. Sanna, Ellyn „Biography of T. S. Eliot“, . T.S. Eliot, Bloom's Biocritiques. Broomall: Chelsea House Publishing, 2003 — (3–44) 30-bet. 
  6. Eliot, T. S.. The Waste Land and Other Poems. Broadview Press, 21 December 2010 — 133-bet. ISBN 978-1-77048-267-8. Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.  (citing an unsigned review in Literary Review. 5 July 1917, vol. lxxxiii, 107.)
  7. 7,0 7,1 "Thomas Stearns Eliot", Encyclopædia Britannica. Retrieved 7 November 2009.
  8. „The Nobel Prize in Literature 1948“. Nobel Foundation. Qaraldi: 2013-yil 26-aprel.
  9. "The Nobel Prize in Literature 1948 – T.S. Eliot", Nobel Foundation, taken from Frenz, Horst (ed). Nobel Lectures, Literature 1901–1967. Amsterdam: Elsevier Publishing Company, 1969. Retrieved 6 March 2012.
  10. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  11. Bush, Ronald, T. S. Eliot: The Modernist in History (New York, 1991), p. 72.
  12. Worthen, John. T.S. Eliot: A Short Biography. London: Haus Publishing, 2009 — 9-bet. 
  13. Sencourt, Robert. T.S. Eliot, A Memoir. London: Garnstone Limited, 1971 — 18-bet. 
  14. „T. S. Eliot, The Art of Poetry No. 1“. theparisreview.org. Qaraldi: 3-sentabr 2024-yil.
  15. Gallup, Donald. T.S. Eliot: A Bibliography, A Revised and Extended, New York City: Harcourt, Brace & World, 1969 — 195-bet. 
  16. Eliot, T. S.. Poems Written in Early Youth. New York City: Farrar, Straus and Giroux, 1967 — 33–34-bet. 
  17. Narita, Tatsushi (November 1994). "The Young T. S. Eliot and Alien Cultures: His Philippine Interactions". The Review of English Studies 45 (180): 523–525. doi:10.1093/res/XLV.180.523. 
  18. Narita, Tatsushi. T. S. Eliot, The World Fair of St. Louis and "Autonomy". Nagoya, Japan: Kougaku Shuppan, 2013 — 9–104-bet. ISBN 9784903742212. 
  19. Bush, Ronald „The Presence of the Past: Ethnographic Thinking/ Literary Politics“, . Prehistories of the Future. Stanford, California: Stanford University Press, 1995 — 3–5; 25–31-bet. 
  20. Marsh, Alex; Daumer, Elizabeth (2005). „Pound and T. S. Eliot“. American Literary Scholarship. 182-bet.

Qoʻshimcha oʻqish uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ackroyd, Peter. „T. S. Eliot: A Life“ (1984).
  • Ali, Ahmed. „Mr. Eliot's Penny World of Dreams: An Essay in the Interpretation of T.S. Eliot's Poetry“, Bombay, P.S. King & Staples Ltd, Westminster, London, 1942, 138 pp.
  • Asher, Kenneth „T. S. Eliot and Ideology“ (1995).
  • Bottum, Joseph, "What T. S. Eliot Almost Believed", „First Things“ 55 (August/September 1995): 25–30.
  • Brand, Clinton A. "„The Voice of This Calling: The Enduring Legacy of T. S. Eliot“", „Modern Age“ Volume 45, Number 4; Fall 2003, conservative perspective.
  • Brown, Alec. "„The Lyrical Impulse in Eliot's Poetry“", „Scrutiny“, vol. 2.
  • Bush, Ronald. „T. S. Eliot: A Study in Character and Style“ (1984).
  • Bush, Ronald, '„The Presence of the Past: Ethnographic Thinking/ Literary Politics“'. In „Prehistories of the Future“, ed. Elzar Barkan va Ronald Bush, Stanford University Press (1995).
  • Crawford, Robert. „The Savage and the City in the Work of T. S. Eliot“ (1987).
  • Crawford, Robert. Young Eliot: From St Louis to „The Waste Land“ (2015).
  • Crawford, Robert. „Eliot. After The Waste Land“ (2022).
  • Christensen, Karen. „Dear Mrs. Eliot“, „The Guardian Review“ (29 January 2005).
  • Das, Jolly. „Eliot's Prismatic Plays: A Multifaceted Quest“. New Delhi: Atlantic, 2007.
  • Dawson, J. L., P. D. Holland & D. J. McKitterick, A Concordance to „The Complete Poems and Plays of T.S. Eliot“ Ithaca & London: Cornell University Press, 1995.
  • Forster, E. M. Essay on T. S. Eliot, in „Life and Letters“, June 1929.
  • Gardner, Helen. „The Art of T. S. Eliot“ (1949).
  • Gordon, Lyndall. „T. S. Eliot: An Imperfect Life“ (1998).
  • Guha, Chinmoy. „Where the Dreams Cross: T. S. Eliot and French Poetry“ (2000, 2011).
  • Harding, W. D. „T. S. Eliot, 1925–1935“, Scrutiny, September 1936: A Review.
  • Hargrove, Nancy Duvall. „Landscape as Symbol in the Poetry of T. S. Eliot“. University Press of Mississippi (1978).
  • Hearn, Sheila G., „Tradition and the Individual Scot: Edwin Muir & T.S. Eliot“, in „Cencrastus“ No. 13, Summer 1983, pp.21–24,
  • Hearn, Sheila G. „T. S. Eliot's Parisian Year“. University Press of Florida (2009).
  • Julius, Anthony. „T. S. Eliot, Anti-Semitism, and Literary Form“. Cambridge University Press (1995).
  • Kenner, Hugh. The Invisible Poet: T. S. Eliot (1969).
  • Kenner, Hugh. editor, „T. S. Eliot: A Collection of Critical Essays“, Prentice-Hall (1962).
  • Kirk, Russell „Eliot and His Age: T. S, Eliot's Moral Imagination in the Twentieth Century“ (Introduction by Benjamin G. Lockerd Jr.). Wilmington: Intercollegiate Studies Institute, Qayta korib chiqilgan ikkinchi nashr, 2008.
  • Kojecky, Roger. „T.S. Eliot's Social Criticism“, Faber & Faber, Farrar, Straus, Giroux, 1972, Kindle tomonidan qayta ishlangan. 2014.
  • Lal, P. (editor), „T. S. Eliot: Homage from India: A Commemoration Volume of 55 Essays & Elegies“, Writer's Workshop Calcutta, 1965.
  • „The Letters of T. S. Eliot“. Ed. Valerie Eliot. Vol. I, 1898–1922. San Diego [etc.], 1988. Vol. 2, 1923–1925. Valerie Eliot va Hugh Haughton tomonidan tahrirlangan, London: Faber, 2009. ISBN 978-0-571-14081-7
  • Levy, William Turner and Victor Scherle. „Affectionately, T. S. Eliot: The Story of a Friendship: 1947–1965“ (1968).
  • Matthews, T. S. „Great Tom: Notes Towards the Definition of T. S. Eliot“ (1973)
  • Maxwell, D. E. S. „The Poetry of T. S. Eliot“, Routledge va Kegan Paul (1960).
  • Miller, James E., Jr. „T. S. Eliot. The Making of an American Poet, 1888–1922“. Pennsylvania State University Press. 2005.
  • North, Michael (ed.) „The Waste Land (Norton Critical Editions)“. New York: W.W. Norton, 2000.
  • Raine, Craig. „T. S. Eliot“. Oxford University Press (2006).
  • Ricks, Christopher.„T. S. Eliot and Prejudice“ (1988).
  • Robinson, Ian "The English Prophets", The Brynmill Press Ltd (2001)
  • Schuchard, Ronald. „Eliot's Dark Angel: Intersections of Life and Art“ (1999).
  • Scofield, Dr. Martin, "„T.S. Eliot: The Poems“", Cambridge University Press (1988).
  • Seferis, George; Matthias, Susan (2009). "Introduction to T. S. Eliot by George Seferis". Modernism/Modernity 16 (1): 146–160. doi:10.1353/mod.0.0068. Andoza:Project MUSE. 
  • Sencourt, Robert. „T. S. Eliot: A Memoir“ (1971)
  • Seymour-Jones, Carole. „Painted Shadow: A Life of Vivienne Eliot“ (2001).
  • Sinha, Arun Kumar and Vikram, Kumar. „T. S. Eliot: An Intensive Study of Selected Poems“, New Delhi: Spectrum Books Pvt. Ltd (2005).
  • Spender, Stephen. „T. S. Eliot“ (1975)
  • Spurr, Barry, „Anglo-Catholic in Religion: T. S. Eliot and Christianity“, The Lutterworth Press (2009)
  • Tate, Allen, editor. „T. S. Eliot: The Man and His Work“ (1966; Penguin“ nashriyoti tomonidan qayta nashr qilingan, 1971).

Qoʻshimcha adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]