Kontent qismiga oʻtish

Samara viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rossiya Federatsiyasi subyekti
Самарская область
Samara viloyati
Xabarovsk oʻlkasi bayrogʻi Xabarovsk oʻlkasi gerbi
Samara viloyati bayrogʻi Samara viloyati gerbi
Administrativ markaz Samara
Maydon 53 565 km² (50-chi)
- suv qismi 3,1%
Aholi 3213,7 ming kishi (12-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 60 kishi / km²
YaIM 693 mlrd rub. (12-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 222,7 ming rub.
Federal okrug Privoljsk
Iqtisodiy tuman Privoljsk
Gubernator Nikolay Ivanovich Merkushkin
"Samara Guberniya Dumasi" raisi Viktor Fyodorovich Sazonov
RF subyekti kodi 63, 163
Vaqt mintaqasi UTC {{{FSUTC}}}

Samara viloyati - Rossiya Federatsiyasidagi viloyat. Rossiya Yevropa qismining jan.

sharqida joylashgan. Volga boʻyi federal okrugiga kiradi. 1928-yil14 mayda (Oʻrta Volga viloyati sifatida) tashkil qilingan. 1929-yildan Oʻrta Volga oʻlkasi, 1935-yildan Kuybishev oʻlkasi, 1936-yildan 1991-yilgacha Kuybishev viloyati deb atalgan. Maydoni 53,6 ming km². Aholisi 3239,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, chuvash, tatar, mordva, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi – 80,6%. Markazi – Samara shahri. Boshqa yirik shaharlari: Tolyatti, Sizran, Novokuybishevsk. Tarkibida 27 maʼmuriy tuman, 11 shahar, 23 shaharcha bor.

Viloyat Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-sharqida, Volga daryosining oʻrta oqimida, oʻrmonli dasht va dasht zonalari chegarasida joylashgan. Volga daryosi ikki (oʻng va chap sohili) qismga boʻlib turadi. Oʻng sohil qismida Volga boʻyi qirlari (eng baland joyi 370 m) bor. Chap sohili ham pastbaland. Foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, bitum, yonuvchi slanets, sof oltingugurt, gips, ohaktosh. Iqlimi kontinental quruq. Yanvarning oʻrtacha xarorati –14°, iyulniki 20°–22°. Yillik yogʻin 300–400 mm. Vegetatsiya davri 180 kun. Asosiy daryosi – Volga. Irmoqlari: Us a, Sizran, Katta Cheremshan, Sok, Samara, Chagra, Katta Irgiz va boshqa Kuybishev va Saratov suv omborlari bor. Viloyat hududining 12% oʻrmon. Tuproklari: toʻq sur tusli tuproq, qoratuproq, kashtan, podzollashgan tuproqlar. Viloyatda boʻri, tulki, los, qobon, olmaxon, quyon, boʻrsiq, kemiruvchilar, suv kalamushi va boshqalar; qushlardan – qur, chil kaklik, karkur uchraydi. Daryo, koʻl va boshqa suv havzalarida baliqturi koʻp. Viloyat hududida Samarskaya Luka milliy bogʻi, Jiguli qoʻriqxonasi bor. Yirik issiklik elektr stansiyalari, GESlar mavjud.

Maʼmuriy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyat tarkibiga 10 shahar okrugi va 27 munitsipal tuman kiradi.

Samara viloyatining maʼmuriy boʻlinishi
Viloyat tumanlari:
  1. Alekseyev tumani
  2. Bezenchuk tumani
  3. Bogatov tumani
  4. Bolsheglushitsk tumani
  5. Bolshechernigovsk tumani
  6. Borsk tumani
  7. Voljsk tumani
  8. Yelxov tumani
  9. Isaklin tumani
  10. Qamishlin tumani
  11. Kinel-Cerkas tumani
  12. Kinel tumani
  13. Klyavlin tumani
  14. Koshkin tumani
  15. Krasnoarmeysk tumani
  16. Krasnoyarsk tumani
  17. Neftogorsk tumani
  18. Pestravsk tumani
  19. Poxvistenevsk tumani
  20. Privoljsk tumani
  21. Sergiyev tumani
  22. Stavropol tumani
  23. Sizran tumani
  24. Xvorostyan tumani
  25. Chelno-Vershin tumani
  26. Shentalin tumani
  27. Shigon tumani

Yetakchi sanoat tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (yengil avtomobillar – Volga avtomobil zavodi; samolyotlar – "Aviakor"; stanoklar – Oʻrta Volga stanoksozlik zavodi, "Soliton" korxonasi; qishloq xoʻjaligi mashinalari – Sizran qishloq xoʻjaligi mashinasozlik zavodi; sement sanoati uchun jihozlar – "Volgotsemmash" ishlab chiqarish birlashmasi, konchilik va energetika sanoatlari uchun jihozlar – "Tyajmash" korxonasi, neft qazib olish uchun jihozlar – Samara doloto zavodi; transformator podstansiyalari – "Elektroshchit" zavodi; podshipniklar – "Shar" va boshqa korxonalar). Neftni qayta ishlash, neft kimyosi va kimyo sanoatlari (Samara, Novokuybishevsk va Sizran neftni k,ayta ishlash zavodlari); sintetik spirt, fenol, atseton ishlab chiqarish – "Sintezspirt" zavodi; "Sintezkauchuk" ishlab chiqarish birlashmasi; mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish – "Kuybishevazot", "Tolyattiazot", "Kuybishevfosfor" ishlab chiqarish birlashmalari, kimyo oʻgʻitlari zavodi; "Uglerod" korxonasi – sintetik smolalar; "Plastik" korxonasi – polimer plyonkalar, kurilish materiallari (sement, asbotsement quvurlari, shifer va boshqalar), oziq-ovqat (un, goʻsht, sut, yogʻmoy korxonalari), yengil sanoatlari rivojlangan.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq xoʻjaligi gʻallachilikchorvachilikka ixtisoslashgan. Tariq, kuzgi javdar, arpa, grechixa, qand lavlagi, dukkaklilar ekiladi. Asosiy texnika ekini – kungaboqar. Kartoshka, sabzavot, yem-xashak ekinlari ham yetishtiriladi. Mevazorlar bor. Asalarichilik rivojlangan. Chorvachilik goʻshtsut va goʻshtjunga ixtisoslashgan. Koramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Volgada kemalar katnaydi. Avtoyoʻllar uz. 7227 km, temir yoʻllar uzunligi 1388 km. Beryoza qishlogʻida "Kurumoch" xalqaro aeroporti bor. 11 oliy oʻquv yurti, 8 muzey, 5 teatr, sirk, filarmoniya, Sergiyev Mineral Suvlari kurorti mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil