Mordoviya
Mordoviya, Mordoviya Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Sharqiy Yevropa tekisligida Volga havzasida joylashgan. Maydoni 26,2 ming km². Aholisi 937,1 ming kishi (1999). Poytaxti— Saransk shahri. Maʼmuriy jixatdan 22 tuman, 7 shaharga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mordoviya— respublika. Davlat boshligʻi — respublika boshligʻi. Qonun chiqaruvchi organi — davlat majlisi (parlament). Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mordoviyaning shimoli-gʻarbiy shemila Oka-Don tekisligi, janubi-sharqiy qismida Volga boʻyi qirlari bor. Foydali qazilmalari: ohaktosh, dolomit, torf, mergel, gil, qumtosh. Iklimi moʻtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —11,2°, iyulniki 19,2°. Yillik yogʻin 450–525 mm. Mordoviya hududidan Okaning irsha va Sura daryolari oqib oʻtadi. Tuprogʻi — podzollashgan qora tuproq, kulrang oʻrmon, chimli podzol, dare vodiylarida allyuvial va torf-botqoqli tuprokdar. Respublika hududining 1/4 qismi oʻrmon. Boʻri, los, boʻrsiq, qunduz, krot, ondatra, tulki, oq va malla tovushqonlar, qushlardan qur, kulrang kaklik, karqur bor, suvda baliq koʻp uchraydi. Mordoviya qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mordoviyada mordvalar (32%), ruslar (61%), tatarlar (5%) yashaydi. Rasmiy til —rus tili. Shahar aholisi — 57,8%. Yirik shaharlari — Saransk, Ruzayevka, Kovilkino.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mordoviya hududidan topilgan qad. yodgorliklar neolit davriga mansubligi aniqlangan. Miloddan avvalgi 7-asrdan — milodiy 5-asrgacha yashagan qabilalar oʻtroq qayot kechirib, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shugʻullanishgan. Mordva kabilalari birinchi marta 6-asrga oid yozma manbalarda kayd etilgan. 10-asrda Vizantiya imperatori Konstantin VII Mordiyu (Mordiu) mamlakatini tilga olgan. 13—15-asrlarda moʻgʻullar zulmiga qarshi mordvalar rus xalqi bilan birga kurashdi. Qozon xonligi kulagach (1552), mordvalar Rossiya davlati tarkibida. Ammo dehkrnlar va hunarmandlarga ogʻir soliqlar solinishi, mordvalarga xristian dini zoʻrlik bilan tiqishtirilishi sababli ular ommaviy ravishda Volga orqasiga, keyinchalik Ural va Sibirga qochishga majbur boʻldilar. Shundan keyingi yillarda Rossiya imperiyasi tarkibidagi boshqa millatlar boshiga tushgan kulfatlarga mordva xalqi ham duchor boʻldi. Oktabr inkilobidan soʻng Mordoviyada shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1928-yilda Oʻrta Volga oʻlkasi tarkibida Mordva okrugi tashkil etildi. U 1930-yilda muxtor okrugga, 1934-yilda muxtor respublikaga aylantirildi. 1990-yildekabrda respublikaning davlat suvereniteti haqida Deklaratsiya qabul qilindi. 1991-yilda prezident lavozimi joriy etildi. 1994-yildan Mordoviya Respublikasi deb atala boshladi.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mordoviya — industrial-agrar oʻlka. Yalpi mahsulotning 70% sanoatda hosil qilinadi. Mashinasozlik va metall ishlash (elektrotexnika, asbobsozlik, ogʻir va kimyo mashinasozligi), kimyo, yogʻochsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari ishlab chiqarish sanoatning asosiy tarmoqlari hisoblanadi. Sanoat ishlab chiqarishda mashinasozlikning salmogʻi 50% ni, yengil va oziq-ovqat tarmogʻining salmogʻi esa 30% ni tashkil etadi. "Lisma", "Layme" aksiyadorlik jamiyatlari elektr chiroklar, yoritkich texnikasi uskunalari, rangli televizorlar, "SAREKS", "Sentrolit" korxonalari ekskavatorlar, avtomobil sanoati uchun uzel va detallar ishlab chikaradi. Umet, Kiselevka, Ardatovda yogʻochsozlik, Kondrovka, Temnikovda sel-lyulozaqogʻoz, Shiringushi, Insarda yengil sanoat, Saranskda rezinatexnika korxonalari bor. Tibbiyot asbob-anjomlari va doridarmonlar ham ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 1,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya xreil qilinadi.
Qishloq xoʻjaligi goʻshtsut chorvachiligiga (70%) ixtisoslashgan. Mordoviyaning shimoli-sharqida choʻchqachilik va parrandachilik rivojlangan. Donli ekinlardan arpa, javdar, bugʻdoy koʻproq ekiladi. Qand lavlagi, kartoshka, sabzavot, tamaki, kungabokar ham yetishtiriladi. Asal-arichilik bilan shugʻullaniladi. Bogʻlar koʻp.
Xalq xoʻjaligi yuklari, asosan, avtomobil (uz. —5 ming km dan ortiq) va temir yoʻl (uz. — 543 km) transportida tashiladi. Saransk orkali gaz quvuri oʻtkazilgan. Saransk aeroporti bor. Mordoviya chetga, asosan, mashina va jihozlar (koʻproq elektr tovarlari), shuningdek, televizorlar, gazmol chiqaradi.
Sogʻliqni saqlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]1913-yil Mordoviyada hammasi boʻlib 517 oʻrinli 29 kasalxona boʻlgan. 2000-yil respublikada 4,5 mingdan ortiq vrach ishlagan (10 ming kishiga 44 vrach). Vrachlar va tibbiyot xodimlari Mordoviya universiteti hamda tibbiyot bilim yurtlarida tayyorlanadi. Mordoviyada 2 sanatoriy va balchiq shifoxonasi bor.
Maorifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. 2000-yil respublikadagi 823 maktabda 133 ming oʻquvchi, 21 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 14 ming oʻquvchi, 2 oliy oʻquv yurtida 21,4 ming talaba taʼlim oldi. Mordoviya, loyiha konstruktorlik institutlari mavjud. Mordoviyada 600 dan ortiq ommaviy kutubxona, 800 dan ziyod klub muassasasi, kinoqurilmalar, 12 muzey, 3 teatr, filarmoniya bor.
Matbuoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Matbuoti, radioeshittirishi va televideniyesi. Mordoviyada bir kancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. "Mordoviya" davlat teleradiokompaniyasi ishlaydi. Moskvadan radio va telekoʻrsatuvlar retranslyasiya qilinadi. Saransk shahrida telemarkaz bor.
Adabiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mordva xalqining yozma adabiyoti 20-asrning 20-yillarida vujudga keldi. Erzya va moksha adabiy tillari bor. Xalq ogʻzaki ijodi rivojlangan. Z.F. Dorofeyev (1890-1952) va Ya.P. Grigoshin (1888—1938) zamonaviy mordva adabiyotining asoschilaridir. 30-yillarning oʻrtalariga kelib respublika yozuvchilari poema, drama, qissa janrida ijod qildi. Shu yillarda A.M. Lukyanovning "Kinel", A. D. Kutorkinning "Qora ustun", T.A. Rapta-novning "Chixangora ostida" romanlari yaratildi. Mordva adabiyotining klassiklari P. S. Kirillov, M. I. Bez-borodov va boshqa ham oʻz ijodiy faoliyatlarini shu davrlarda boshlaganlar.
50-yillar oxiri va 60-yillar boshidan sotsial roman vujudga kela boshladi (K. G. Abramovning "Oʻrmon shovullashni qoʻymadi" trilogiyasi, S. S. Bebanning "Bahorgi qushlar" romani va boshqalar). 90-yillardan mordva adabiyoti rivojida yangi davr boshlandi. Adabiyot maydoniga kirib kelgan yoshlar xalqning mashaqqatli hayoti va kelajak orzularini ifodalay boshladilar.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mordoviya hududidan jez davriga oid naqshli so-pol idishlar topilgan. Ilk temir davridayoq qarorgohlar vujudga kela boshlagan. Shoksha va Kelginin qabristonlaridan 9— 11 -a.larga oid jez taqinchoqlar topilgan.
Mordoviya dehqonlarining turar joylari ruslarnikiga oʻxshash boʻlsada, lekin yashash joyi va xoʻjalik imoratlari qoʻrgʻonning ichkari qismida boʻlgan. Eski qishloqlar uya rejasida edi. 18-asrdan ular koʻcha rejasi boʻyicha qayta kurila boshladi. Keyingi davrda shaharlarni qayta qurishga kirishildi. Mordoviyada kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi, metall bezaklar yasash avj olgan. Tasviriy sanʼat rivojlana boshladi. 20-asrning boshlaridan haykaltarosh S. D. Erzining ishlari mashhur boʻldi. Keyingi yillarda I. N. Abramov, N.B. Yerushev, V. A. Berezin va boshqalarning asarlari yuzaga keldi.
Musiqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musiqasi Volga boʻyi xalqlari ijodiga yaqin. Mavsum va mehnat (dehqonchilik) qoʻshiqlari mordva xalqining qad. qoʻshiq janri hisoblanadi. Lirik va epik qoʻshiqlar bilan bir qatorda la-parlar, raqs tushib va xor boʻlib aytiladigan qoʻshiqlar ham tarqalgan. Kad. musiqa asboblari — qamish nay, skripka; keyinchalik garmon, balalayka, gitara, bayan rayem boʻldi. Professional musiqa madaniyati 1930-yillardan rivojlana boshladi. Saranskdagi opera va balet teatri (1937—48) milliy musiqa madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. "Umarina" qoʻshiq va raqs ansambli, L. P. Kiryukov nomidagi musiqa bilim yurti, Xalq ijodiyoti uyi, uning qoshida "Kelu" qoʻshiq va raqs xalq ansambli, bolalar musiqa maktablari bor.
Teatri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mordoviya milliy teatr sanʼatining ildizlari toʻy marosimlari va xalq oʻyinlariga borib taqaladi. 1891-yilda Sudosev qishlogʻi (hozirgi Chamza tumani)da dehqonlarning opera truppasi tashkil etildi. Unda "Gʻanim kuchi", "Yermak", "Ilya Muromets", "Rossiya tonggi" kabi operalar sahnalashtirildi. Jamoa koʻpgina shaharlarda tomosha koʻrsatdi va 1914-yilda oʻz faoliyatini toʻxtatdi. 1901-yilda Ichalka qishlogʻida tashkil etilgan xalq teatri bir necha yil fa-oliyat koʻrsatdi. 20-yillar arafasida milliy havaskorlik teatri vujudga kelib, dolzarb mavzularda va ertaklar asosida spektakllar koʻrsatdi. 1930-yil Saranskda birinchi musiqali drama studiyasi tashkil etildi. 1932-yil u Mordoviya davlat drama teatriga aylantirildi va "Momaqaldiroq", "Aybsiz aydorlar", "Revizor" kabi mumtoz asarlar hamda mordoviyalik dramaturglarning pyesalari sahnalashtirildi. 1959-yildan u musiqali drama teatri sifatida ishlay boshladi. Keyingi yillarda mahalliy mualliflarning asarlariga koʻproq eʼtibor berila boshladi. Saranskda qoʻgʻirchoq teatri (1935-yildan) ishlaydi. Teatr arboblari orasida S. I. Kolganov, A. A. Arjadeyeva, V. V. Dolgov, N. A. Ivanov, I. G. Kudelkina, G. M. Mele-xin va boshqa bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |