Kontent qismiga oʻtish

Olmaxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olmaxon (Gliridae) — kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasining bir turi. Gavdasining uzunligi 40 sm gacha (dumi bilan). Janubiy Osiyo, Afrika va Yevropada tarqalgan. Asosan, oʻrmonlarda yashaydi, koʻzi va eshitish organi yaxshi rivojlangan. Tunda faol, daraxt kovaklarida yoki oʻt-oʻlanlarga to'la inlarda yashaydi. Meva, urugʻ, hasharot va boshqa bilan oziqlanadi. Sichqonsimon bogʻ oʻrmon , yongʻoqzor va polchoq uchraydi. Ayrimlarining terisidan kiyim tikiladi. Oʻrmon Olmaxoning moʻynasi sargʻish-kulrang. Qishda uyquga kiradi. Yilda 1 marta may oyida 3—6 ta bola tug'adi. Olmaxonlarning ayrimlari bog'dorchilik va tog'lardagi mevachilikka zarar keltiradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil