Kontent qismiga oʻtish

Mariy El

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mariy El, Mariy El Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Rossiya Yevropa qismining markazida, asosan, Volga daryosining soʻl sohilida joylashgan. Maydoni 23,2 ming km². Aholisi 761,2 ming kishi (1999). Poytaxti Yoshkar-Ola shahri Maʼmuriy jihatdan 14 tuman, 3 shaharga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mariy el — respublika. Respublika boshligʻi—prezident. Kopun chiqaruvchi hokimiyatni Davlat majlisi (parlament), ijroiya hokimi-yatni hukumat amalga oshiradi. Hukumatga prezident boshchilik qiladi.

Yer yuzasi vodiylar va jarliklar bilan kesilgan tekislikdan iborat. Volga daryosi soʻl sohilining sharqiy qismini Vyatka Uvali yassi tepaligi (275 m gacha) egallaydi. Gʻarbiy qismi pasttekislik. Daryoning oʻng so-hili esa Volga boʻyi qirlarining (198 m gacha) shim. chekkasidir. Foydali qazilmalari: ohaktosh, dolomit, shisha va silikat qumlari, gips, torf. Iklimi moʻtadil kontinental. Oʻrtacha temperatura yanvarda —13°, iyulda 19°. Yiliga 450– 500 mm yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari — Volga va uning irmoqlari Vetluga, Rutka, Katta Kokshaga, Kichik Kokshaga, Ilet. Koʻl koʻp. Tuprokutari chimli podzol, qumoq, chirindili, kulrang oʻrmon va boshqa M. E. hududining yarmidan koʻprogʻi oʻrmon (qaragʻay, oqqaragʻay va boshqa igna bargli daraxtlar). Hayvonlardan boʻri, qoʻngʻir ayiq, tulki, los, silovsin, quyon, bobr, turli qushlar va boshqa yashaydi. Katta Kokshaga qoʻriqxonasi, „Mariy Chodri“ tabiiy milliy bogi bor.

Tub joy aholisi — mariylar; rus, tatar, chuvash, ukrain va boshqa ham yashaydi. Rasmiy tili — meriy va rus tillari. Shahar aholisi 61,8%. Yirik shaharlari: Yoshkar-Ola, Voljsk.

Mariy el hududida soʻnggi paleolit davridan odamlar yashay boshlagan, neolit davrida manzilgohlar paydo boʻlgan. Milodiy 1ming yillikda qabilalaruyusha borgan. 5—10-asrlarda qad. meriy elati shakllandi. 10— 12-asrlarda mariylar Volgakama Bulgʻoriyasinij iqtisodiy va madaniy taʼsirida boʻldi. 13-asrning 30-yillarida ular moʻgʻullar asoratiga tushdi, 15-asrdan Krzon xonligi, 1551—52 yillardan Rus davlati tarkibiga kirdi.

18-asr oxirida hunarmandchilik, savdosotiq rivojlandi, sanoat korxonalari paydo boʻldi. 1920-yilda RSFSR tarkibida Mari muxtor viloyati tuzildi. 1936-yil 5-dekabrda u Mari ASSRga aylantirildi. 1990-yilda respublika Oliy Kengashi davlat suvereniteti haqida Deklaratsiya qabul qildi, 1992-yildan Mariy El Respublikasi deb atala boshladi.

Iqtisodiyotda sanoat yetakchi oʻrinda, u asosan, mashinasozlik va metallsozlikka ixtisoslashgan. Tarmoq korxonalari Yoshkar-Ola va Voljsk shaharlarida joylashgan. Mashinasozlik tizimida radioelektronika va priborsozlik alohida oʻrin egallaydi („Elektroavtomatika“, savdo mashinasozligi, yarim utkazgichli priborlar, sovitish jihozlari, „Kontakt“, oʻrmon mashinasozligi va boshqa zavodlar). Mahalliy oʻrmon zaxiralari negizida koʻproq gʻarbiy tumanlarda oʻrmon va yogochsozlik sanoati korxonalari, Voljsk va uning yaqinida sellyulozaqogoz, yogʻochsozlik kombinatlari, gidroliz va achitqi zavodi bar-po etilgan. M. E.da kup miqdorda sunʼiy charm, qogʻoz va karton ishlab chiqariladi. Qurilish industriyasi korxonalari (shisha-oyna, devorbop materiallar, yirik panelli uysozlik, temir-beton buyumlar, asfalt-beton va keramzit-beton zavodlari) bor. Oziq-ovqat (goʻsht va non kombinatlari, sut, yog-pishloq, sabzavot quritish zavodlari, konditer fabrikasi) va yengil sanoat (trikotajtikuvchilik, charmgalantereya mahsulotlari ishlab chiqarish) rivojlangan. Zvenigovoda kemalar taʼmirlanadi. Vitamin va farmatsevtika zavodi mavjud. Jan.gʻarbida torf qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 0,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

K-x.da sut va goʻsht yetishtirishga moʻljallangan chorvachilik yetakchi urinda. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Parrandachilik va moʻyna hayvo-notchiligi yoʻlga qoʻyilgan. Dehqonchiliqsa don (javdar, suli, bugʻdoy, grechixa), dukkaklilar, texnika ekinlari (uzun tolali zigʻir), kartoshka^, sabzavot yetishtiriladi. Yem-xashak ekinlari anchagina maydonni egallaydi. Respublika shim. da Surgutdan Nijniy Novgorodga neft quvuri oʻtadi. Yoshkar-Olaga gaz kuvuri keltirilgan.

Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari rivojlangan. Respublikada t.yillar uz. — 88 km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 3586 km. Volga va Vetlugada kema qatnaydi. Yoshkar-Olada aeroport bor.

Sogʻliqni saqlash. Respublikadagi kasalxona va poliklinikalarda 2683 vrach xizmat koʻrsatadi; har 10 ming kishiga 35,2 vrach toʻgʻri keladi.

Respublikadagi 435 oʻrta umumiy taʼlim maktablarida 121 ming oʻquvchi oʻqiydi. 14 oʻrta maxsus oʻquv yurti (8,9 ming oʻquvchi), 33 hunartexnika bilim yurti, 3 oliy oʻquv yurti (3,8 ming talaba) — universitet, politexnika instituti va pedagogika instituti mavjud. Yoshkar-Olada til, adabiyot, tarix va iqtisodiyot ilmiy tadqiqot instituti, Voljskda sellyulozaqogʻoz sanoati ilmiy tadqiqot institutining filiali, qishloq xoʻjaligi tajriba stansiyasi bor. 4 teatr, filarmoniya, muzey, koʻpgina kinoteatrlar, kutubxonalar, nashriyotlar bor. Mariy va rus tillarida radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar olib boriladi. 16-asr 2-yarmiga oid rus tosh meʼmorligi namunalari saqlangan [Yejovo qishlogʻidagi chodirsimon qoʻngʻiroqxonali cherkov (1647) va Yoshkar-Oladagi Voznesensk cherkovi (1756)]. 19-asrda eklektizm ruhidagi yogʻoch meʼmorligi rivojlangan (turar joylar, Yoshkar-Oladagi teatr va boshqalar). Keyinchalik bosh loyiha asosida Yoshkar-Ola, Voljsk, Kozmodemyansk shaharlarida maydon va koʻcha ansambllari qurildi, shuningdek, poytaxtda temir-beton koʻprik, kasalxona binosi majmuasi, maʼmuriy binolar, meʼmorial inshootlar va boshqa barpo etildi.

Mariy xalqi qadimdan oʻz fikroʻylari, orzu-umidlarini ogʻzaki rivoyat, afsona va qoʻshiklarda ifodalab kelgan. Mariy tilidagi dastlabki poetik asarlar (oda, kantatalar) 18-asrda Kozon seminariyasi oʻquvchilari tomonidan yozildi. Badiiy adabiyot esa 20-asr boshlaridagi xalq ozodlik harakati yuksalgan davrda yuzaga keldi. Milliy adabiyot asoschilari — S. Chavayn, G. Mikay, N. Muxinning adabiy faoliyati oʻsha yillarda boshlandi. Ke-yinroq V. Savi, O. Tinish, A. Kona-kov, O. Shabdar, Ya. Yalkaynlar ijod qila boshladi. Respublikada V. Kosorotov, V. Kolumb, A. Yuzikayn, V. Sapayev, M. Yakimov kabi shoir va yozuvchilar mashhur.

M. xududidan topilgan jonivorlarning loy va toshdan yasalgan qiyofalari miloddan avvalgi 2-ming yillikka mansub deb hisoblanadi, jez davrida metall taqinchoklar paydo boʻlgan. Amaliy bezak sanʼatining har xil turlari: yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik, toʻquvchilik, zargarlik qadim zamonlardan maʼlum. 20-asrda rassomlardan V. Timofeyev, P. Radimov, P. Grigoryev K. Yegorov, Ye. Atlashkinlar zamonaviy tasviriy sanʼatga asos soldilar. Birinchi jahon urushi yillarida rangtasvirchilardan B. Osipov, I. Plandin, urushdan key-in I. Mamayev, 3. Lavrentyev, S. Podmaryov, A. Zarubin, B. Pushkov; haykaltaroshlardan F. Shaberdin, V. Kozmin; grafiklardan L. Akazeyev, I. Mixaylin va boshqa ijod qildi.

Mariy xalqining koʻxna musiqa madaniyati faqat xalq qoʻshiq ijodkorligidan iborat boʻlgan. Qoʻshiqlar bir ovozli boʻlib, pentatonika (besh torli cholgʻu asbobi)ga asoslangan, oʻzgaruvchan oʻlchovlar uchrab turadi. Raqslar shaxdam maromda va mayin ohangda ijro etiladi. Chertib chalinadigan kusle, dam bilan chalinadigan shuvir, tumir (baraban), shiyaltish (sibizgʻa), shushpik (hushtak), kovij (2 torli skripka) kabi cholgʻu asboblari bor. I. Palantay professional musiqaga asos solgan. Kompozitorlar orasida I. Iskandarov, N. Sidushkin, Ya. Eshpay, E. Sapayev kabilar mashhur. M.davlat musiqa bilim yurti, bir necha musiqa maktabi mavjud. Xalq marosim va bayram tomoshalarida teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. 1910-yilda mariy tilida spektakl sahnalashtirildi. 1919-yilda Mariy xalqi Sayyor teatri tashkil etildi. 1927-yilda ochilgan Mariy musiqali drama sanʼati studiyasi professional teatrning kamol topishida muhim rol oʻynadi. 1920-yilda Mariy davlat teatri barpo etildi. Uning sahnasida mariy va chet el mualliflari pyesalari qoʻyildi. Rej. lardan N. Kalender, G. Ioseliani, teatr arboblaridan T.Grigoryev, G. Pushkin, A. Strausova, A. Tixonova, I. Rossigin, I. Yemelyanov teatr sanʼatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdilar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil