Kontent qismiga oʻtish

Volga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Volga (Idil)
tatarcha: Идел
qozoqcha: Еділ
ruscha: Волга
Tavsif
Uzunligi 3 530
Suv sarfi 8 060 m³/s
Suv oqimi
Quyilishi Kaspiy dengizi
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Volga

Edil, Idil yoki Volga (tatarcha: Идел, turkcha: İdil, İtil, qozoqcha: Еділ, ruscha: Волга) - Rossiyadaning Yevropa qismida joylashgan daryo.

Nomining kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antik vaqtlardagi va qadimda «Ra», oʻrta asrlarda esa «Itil» yoki «Egyel» deb nomlangan. Slavyanlar davridagi nomlanishida «Vlga», «Vilga» va «Volgo» deb nomlangan. Hozirgi paytda ushbu daryo «Volga» deb ataladi. Turkiy xalqlar uni «Idil» deb atashadi.

Umumiy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Volga — Rossiyaning Yevropa qismidagi eng yirik va sersuv daryo. Uzunligi 3530 km (suv omborlari qurilishidan oldin 3690 km). Havzasining maydoni 1360 ming km’. Valday qirlaridan boshlanib (228 m balandlikdan), Kaspiy dengiziga delta hosil qilib (maydoni 19 ming km²) quyiladi. V. ga 200 tacha irmoq qoʻshiladi. Chap irmoqlari oʻng irmoqlariga nisbatan koʻp va sersuvroq. V. Verxit. Sterj, Vselug, Peno, Volgo kabi bir qancha koʻllardan oqib oʻtadi. Oʻng irmoq — Oka quyilish joyidan V. nipg oʻrta oqimi (to Kama daryosi quyilishigacha) boshlanadi va daryoVolga boʻyi qirlarining shimoliy va sharqiy yon bagʻirlari boʻylab oqib, Jiguli togʻlarini aylanib oʻtadi va Samara yoyi deb ataladigan juda katta tirsak hosil qiladi. Volgograd sh. yaqinida V. dan uz. 520 km boʻlgan Axtuba chap tarmogʻi ajralib chiqadi. V.ning chap irmoqparidan Mologa, Sheksna, Kostroma, Unja, Vetluga, Kama, Samara, Katta Irgiz va boshqa; oʻng irmoqparidan Oka, Sura, Sviyaga eng yirik irmoqlardir. V. asosan qor (yillik oqimining qariyb 60%), grunt (30%) va yomgʻir (10%) suvlaridan toʻyinadi. Yoz va qishda daryo suvi juda kamayib ketadi, baʼzan yozda ketma-ket jala yogʻganda suv sathi koʻtariladi. V.ning yuqori va oʻrta qismi noyabr oxirida muzlab, aprel oʻrtasida eriydi, quyi qismi esa dekabr oʻrtasida muzlab, mart oʻrtasida muzdan boʻshaydi. Quyilish yeridan Rjevgacha (3256 km) muntazam kema qatnaydi. V.ning suv rejimini tartibga solish, daryoni chuqurlashtirib, kemalar qatnovini yaxshilash va arzon elektr energiya olish maqsadida daryoda GESlar qurildi. V. Volga-Boltiq suv yoʻli orqali Boltiq dengizi bilan, Shimoliy Dvina suv sistemasi va Oq dengiz-Boltiq kanali orqali Oq dengiz bilan, kema qatnaydigan Volga-Don kanali orqali Azov va Qora dengizlari bilan, Moskva sh. bilan Moskva nomli kanal orqali bogʻlangan. V. sohilida Tver, Yaroslavl, Nijniy Novgorod, Qozon, Ulyanovsk, Samara, Saratov, Volgograd, Astraxon sh.lari joylashgan. V.da 70 tur baliq yashaydi, bulardan 40 turi ovlanadi. Daryoda yogʻoch, yogʻochsozlik mahsulotlari, neft, tuz, ruda, binokorlik materiallari, galla, meva va boshqa tashiladi. V. havzasida Volga-Kama, Jigulevsk, Astraxon qoʻriqxonalari. Samarskaya Luka tabiat milliy bogʻi mavjud. Antropogen taʼsir natijasida V.da ekologik vaziyat keskin yomonlashdi. V.ning tabiiy majmuasini tiklash uchun ilmiy izlanishlar olib borilmokda.