Ronald Reagan
Ronald Reygan | |
---|---|
Rasmiy portret (1981) | |
40-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 1981-yil – 20-yanvar 1989-yil | |
Oʻtmishdoshi | Jimmi Karter |
Vorisi | Jorj G. U. Bush |
33-Kaliforniya gubernatori | |
Mansab davri 2-yanvar 1967-yil – 6-yanvar 1975-yil | |
Oʻtmishdoshi | Pat Braun |
Vorisi | Jerri Braun[1] |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Ronald Wilson Reagan 6-fevral 1911-yil Tampiko, Illinoys, AQSh |
Vafoti |
5-iyun 2004-yil (93 yoshda) Los-Anjeles, Kaliforniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi | Respublikachilar (1962-yildan) |
Boshqa siyosiy birlashmalari |
Demokratlar (1962-yilgacha) |
Boʻyi | 185 sm |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | Maurin Reygan, Petti Devis, Ron Reygan, Kristin Reygan |
Ota-onasi |
|
Taʼlim | Eureka kolleji |
Kasbi |
|
Imzosi |
Ronald Uilson Reygan (inglizcha: Ronald Wilson Reagan; 6-fevral 1911-yil — 5-iyun 2004-yil) amerikalik siyosatchi boʻlib, 1980-yildan 1988-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 40-prezidenti lavozimini bajargan. Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan Reygan bungacha 1967-yildan 1967-yilga qadar Kaliforniya shtatining 33-gubernatori vazifasida faoliyat yuritgan. U, shunigdek, Gollivud aktyori va kasaba uyushmasi prezidenti sifatida ham tanilgan.
Reygan Illinoys shtatining Tampiko shahrida qasshoq oilada dunyoga kelgan. 1932-yili u Eureka kollejini tugatdi va Ayova shtatidagi radiostansiyalarda sport sharhlovchisi sifatida ishlashni boshladi. 1937-yili Reygan Kaliforniya shtatiga koʻchib oʻtdi hamda aktyor sifatida ish topib, bir nechta filmlarda rol ijro etdi. 1947-yildan 1952-yilgacha Reygan Screen Actors Guild („Kino aktyorlari gildiyasi“) prezidenti vazifasini bajardi. 1950-yillarda u televideniyedagi faoliyatini boshlab, General Electric shirkati vakili sifatida ishladi. 1959-yildan 1960-yilga qadar qayta Screen Actors Guild prezidenti oʻlaroq faoliyat yuritdi. 1964-yilga kelib, Reygan Respublikachilardan Barri Golduoterning prezidentlik saylovoldi kurashida faol qatnashdi. Bu saylovoldi kurash davomidagi mashhur „A Time for Choosing“ („Tanlov vaqti“) nomli nutqi ortidan Reygan konservativ arbob oʻlaroq obroʻ-eʼtibor qozondi. Oʻziga ancha tarafdorlar yigʻib olgan Reygan 1966-yili Kaliforniya shtati gubernatori etib saylandi. Gubernatorlik davrida u soliqlarni oshirdi, shtat budjeti defitsitini profitsitga aylantirdi, UC Berkeleydagi namoyishchilarga qarshi chiqib, norozilik namoyishlari paytida Milliy gvardiya qoʻshinini u yerga kiritishga buyruq berdi.
1979-yil noyabrda Reygan 1980-yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod sifatida qatnashishini bildirdi. U saylovda Demokratlar partiyasidan amaldagi prezident Jimmi Karter ustidan gʻalaba qozondi. 69 yoshida prezidentlik lavozimiga kirishgan Reygan AQSh tarixidagi eng keksa prezident boʻldi. U 1984-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashib, Demokratlar partiyasidan nomzod Walter Mondaleni magʻlub etdi va ikkinchi muddatga qayta prezident etib saylandi. Mondale Carter prezidentligi davrida vitse-prezident vazifasini bajargan.[2]
Prezidentlik davrida Reygan „konservativ inqilob“ siyosatini eʼlon qilib, 70-yillarda yuz bergan iqtisodiy muammoni hal qilish yoʻllarini koʻrsatdi, u tarixda „reyganomika“ deb nom oldi. Unga koʻra, soliqlarning miqdori kamaytirilgan, investitsiyalarga toʻsiq boʻlgan davlat yoʻriqnomalarini bekor qilish yoki ixchamlashtirish va shu yoʻl bilan iqtisodning oʻsishini taʼminlash koʻzda tutilgan. Soliqlar birinchi yili 25 % qolgan, 2 yil mobaynida 10 %dan kamaytirilgan. Reygan tashqi siyosatda Afgʻonistonga bostirib kirgan Sovet Ittifoqiga nisbatan „yovuzlik imperiyasi“ siyosatini oʻtkazdi. 1983-yilda Grenada oroli bosib olindi, 1986-yilda Liviya havodan bombardimon qilindi.[3]
Dastlabki hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ronald Uilson Reygan 1911-yil 6-fevralda Illinoys shtatining Tampiko shahrida dunyoga keldi. Otasi Jek Reygan, onase esa Nelli Klayd (qizlik familiyasi Uilson) boʻlib, Ronald ularning kenja oʻgʻli boʻlgan.[4] Jek sotuvchi boʻlib, uning ota-onasi (Ronaldning bobo va buvisi) Irlandiyaning Tipperary grafligidan koʻchib kelgan immigrantlar boʻlgan.[5] Nelle esa kelib chiqishiga koʻra, ingliz va shotland millatlariga mansub ajdodlarga ega boʻlgan.[6] Ronaldning akasi Nil Reygan boʻlib, u reklama sohasida ishlagan.[7]
Reyganning otasi oʻgʻliga niderlandcha soch turmagi ortidan „niderland“ deb laqab qoʻygan.[8] Reyganning oilasi moliyaviy sabablarga koʻra, tez-tez Illinois shtatidagi bir nechta shaharlarga (Monmaut, Geylsburg va Chikago) koʻchib, yashash manzillarini oʻzgartirib turardi.[9] 1919-yili uning oilasi Tampiko shahriga qaytishdi. Oila bu shahardagi H. C. Pitney Variety doʻkoni yuqorisida Illinois shtatining Dixon shahriga koʻchishgunga qadar istiqomat qilishdi.[4][10]
Aktyor sifatida karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Reygan 1932-yili Eureka kollejini tamomlab, Iowa shtatidagi radiostansiyalarda sport sharhlovchisi sifatida ishlaydi.[11]
Warner Bros. studiyasi bilan yetti yillik shartnoma imzoladi.[12][13]
U aktyor oʻlaroq ilk rolini 1937-yilda suratga olingan Love Is on the Air filmida jonlantirdi. 1939-yil oxiriga kelib, 19 ta filmda suratga tushdi.[14] 1940-yilda Santa Fe Trail filmida suratga tushishidan avval u Knute Rockne, All American filmida George Gipp obrazini gavdalantirdi; buning ortidan „Gipper“ taxallusini oldi.[15] 1941-yili eksponentlar ovoziga koʻra, Reygan Gollivuddagi yosh avlodning beshinchi eng mashhur yulduzi, deb topildi.[16]
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nom | Rol | Izohlar/Manbalar |
---|---|---|---|
1937 | Love Is on the Air | Andy McCaine | Film debyut; Warner Brothers |
Hollywood Hotel | Radio Announcer | ovoz bergan | |
1938 | Sergeant Murphy | Zobit Dennis Reilley | |
Swing Your Lady | Jack Miller | ||
Accidents Will Happen | Eric Gregg | ||
Cowboy from Brooklyn | Pat Dunn | ||
The Amazing Dr. Clitterhouse | Radio sharhlovchi | ovoz bergan | |
Boy Meets Girl | Radio Announcer at Premiere | ovoz bergan | |
Girls on Probation | Neil Dillon | ||
Brother Rat | Dan Crawford | Rafiqasi Jane Wyman bilan | |
Going Places | Jack Withering | ||
1939 | Secret Service of the Air | Lieutenant „Brass“ Bancroft | Bancroft filmlar seriyasining birinchisi |
Dark Victory | Alec Hamm | ||
Code of the Secret Service | Lieutenant „Brass“ Bancroft | Bancroft filmlar seriyasining ikkinchisi | |
Naughty but Nice | Ed „Eddie“ Clark | ||
Hell’s Kitchen | Jim Donohue | ||
The Angels Wash Their Faces | Okrug prokurori Patrick „Pat“ Remson | ||
Smashing the Money Ring | Lieutenant „Brass“ Bancroft | Bancroft filmlar seriyasining uchinchisi | |
Sword Fishing | sharhlovchi | ovoz bergan | |
1940 | Brother Rat and a Baby | Dan Crawford | Rafiqasi Jane Wyman bilan |
An Angel from Texas | Marty Allen | Rafiqasi Jane Wyman bilan | |
Murder in the Air | Lieutenant „Brass“ Bancroft | Bancroft filmlar seriyasining toʻrtinchisi | |
Knute Rockne, All American | George „The Gipper“ Gipp | "Win One for the Gipper" | |
Tugboat Annie Sails Again | Eddie Kent | Rafiqais Jane Wyman bilan | |
Alice in Movieland | oʻzi | Filmdan bu sahna olib tashlangan[17] | |
Santa Fe Trail | George Armstrong Custer | ||
1941 | The Bad Man | Gilbert „Gil“ Jones | Metro-Goldwyn-Mayer |
Million Dollar Baby | Peter „Pete“ Rowan | ||
International Squadron | Jimmy Grant | ||
Nine Lives Are Not Enough | Matt Saywer | ||
1942 | Recognition of the Japanese Zero Fighter | Lt. Saunders | Qisqa hajmli film |
Kings Row | Drake McHugh | „Eng yaxshi film“ nominatsiyasida Oscarga nomzod | |
Juke Girl | Steve Talbo | ||
Mister Gardenia Jones | Gardenia Jones | ||
Desperate Journey | Johnny Hammond | ||
Beyond the Line of Duty[18] | sharhlovchi | ovoz bergan | |
1943 | Cadet Classification | sharhlovchi | Qisqa hajmli film |
The Rear Gunner[18] | Lieutenant Ames | ||
For God and Country | Father Michael OʻKeefe | Qisqa hajmli film | |
This Is the Army | Cpl. Johnny Jones | ||
1945 | Target Tokyo | sharhlovchi[18][19] | ovoz bergan |
The Fight for the Sky | sharhlovchi | ovoz bergan qisqa hajmli film | |
The Stilwell Road | sharhlovchi | ovoz bergan | |
Wings for This Man | sharhlovchi | ovoz bergan | |
1947 | Stallion Road | Larry Hanrahan | |
That Hagen Girl | Tom Bates | ||
The ovoz bergan of the Turtle | Sergeant Bill Page | One for the Book | |
1949 | John Loves Mary | John Lawrence | |
Night Unto Night | John Galen | ||
The Girl from Jones Beach | Bob Randolph | ||
The Hasty Heart | Yank | ||
Itʼs a Great Feeling | Cameo | ||
1950 | Louisa | Harold „Hal“ Norton | |
1951 | The Big Truth | sharhlovchi/boshlovchi | ovoz bergan |
Storm Warning | Burt Rainey | ||
The Last Outpost | Captain Vance Britten | boshqa nomi Cavalry Charge; Paramount Pictures | |
Bedtime for Bonzo | Professor Peter Boyd | Universal | |
1952 | Hong Kong | Jeff Williams | Paramount Pictures |
The Winning Team | Grover Cleveland Alexander | Warner Brothers | |
Sheʼs Working Her Way Through College | Professor John Palmer | Warner Brothers | |
1953 | Tropic Zone | Dan McCloud | Paramount Pictures |
Law and Order | Frame Johnson | Universal | |
1954 | Prisoner of War | Webb Sloane | Metro-Goldwyn-Mayer |
Cattle Queen of Montana | Farrell | RKO Radio Pictures | |
1955 | Tennesseeʼs Partner | Cowpoke | RKO Radio Pictures |
1957 | Hellcats of the Navy | Commander Casey Abbott | Co-starring Nancy Davis; Columbia Pictures |
1961 | The Young Doctors | sharhlovchi | ovoz bergan; United Artists |
1963 | Heritage of Splendor | sharhlovchi | ovoz bergan qisqa hajmli film |
1964 | The Killers | Jack Browning | Final film, Universal |
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
tax. 1916-17-yillar. Chapdan oʻngga: Jek (ota), Nil (aka), Reygan va Nelli (ona)
-
tax. 1960. General Electric teatri
-
1976-yil. Reygan Rancho del Cielo shahridagi uyida.
-
1985-yil. Ikkinchi rasmiy portreti.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sullivan, Colin. „Jerry Brown's Environmental Record Runs Deep“. The New York Times (8-oktyabr 2010-yil). Qaraldi: 29-oktyabr 2020-yil.
- ↑ Murse, Tom „The Most Lopsided Presidential Elections in U.S. History: How a Landslide is Measured“. ThoughtCo (28-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 9-mart 2019-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 4,0 4,1 „Main Street Historic District, National Register of Historic Places Nomination Form“. Illinois Historic Preservation Agency (1-aprel 1982-yil). 7-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2007-yil.
- ↑ Terry Golway, Ronald Reaganʼs America (2008) p. 1.
- ↑ Kengor, p. 4.
- ↑ Lynette Holloway.. „Neil Reagan, 88, Ad Executive And Jovial Brother of President“. The New York Times (13-dekabr 1996-yil). Qaraldi: 22-mart 2009-yil.
- ↑ „Facts about Ronald Reagan“. Ronald Reagan Presidential Library and Museum. Qaraldi: 24-mart 2019-yil.
- ↑ Janssen, Kim. „Is Ronald Reagan's Chicago boyhood home doomed?“. Chicago Sun-Times. 2-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2012-yil.
- ↑ Schribman, David.. „Reagan, all-American, dies at 93“. The Boston Globe (6-iyun 2004-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2008-yil.
- ↑ Brands, Reagan (2015) pp. 24-31.
- ↑ Brands, Reagan (2015) pp. 35-41.
- ↑ Cannon, Lou.. „Actor, Governor, President, Icon“ (6-iyun 2004-yil), s. A01. Qaraldi: 26-yanvar 2008-yil.
- ↑ „Ronald Reagan > Hollywood Years“. Ronald Reagan Presidential Foundation. 12-mart 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-mart 2007-yil.
- ↑ Cannon & Beschloss (2001), p. 15.
- ↑ „Cupid's Influence on the Film Box-office.“. Melbourne, Vic.: National Library of Australia (4-oktyabr 1941-yil), s. 7 Supplement: The Argus Week–end Magazine. Qaraldi: 24-aprel 2012-yil.
- ↑ Stephanie Thames. „Jean Negulesco Shorts“. Turner Entertainment Networks. Qaraldi: 20-iyun 2012-yil.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 Helfer, Andrew (author), Steve Buccatello (artist), and Joe Station (artist). Ronald Reagan: A Graphic Biography. Hill and Wang. 25.
- ↑ "Target Tokyo (Wayback Machine saytida 30-avgust 2016-yil sanasida arxivlangan)." Victory in the Pacific. PBS. Accessed 9-oktyabr 2008-yil.
Oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Reagan, Nancy; Novak, William. My Turn: The Memoirs of Nancy Reagan. New York: Random House, 1989. ISBN 978-0-394-56368-8. H. W. Brands Reagan: The Life (2015) p. 743 says „she wrote one of the most candid and at times self-critical memoirs in recent American political history.“
- Reagan, Ronald. An American Life. New York: Simon & Schuster, 1990. ISBN 978-0-6716-9198-1.
- Reagan, Nancy. I Love You, Ronnie: The Letters of Ronald Reagan to Nancy Reagan. New York: Random House, 2002. ISBN 978-0-375-76051-8.
- Reagan, Ronald. Reagan: A Life in Letters. New York: Simon & Schuster, 2003. ISBN 978-0-7432-1967-9.
- Reagan, Ronald. The Reagan Diaries. New York: HarperCollins, 2007. ISBN 978-0-0608-7600-5.
- Johns, Andrew L., ed. A Companion to Ronald Reagan (Wiley-Blackwell, 2015). xiv, 682 pp.; topical essays by scholars emphasizing historiography; contents free at many libraries
- Kengor, Paul. „Reagan among the professors: His surprising reputation.“ Policy Review 98 (1999): 15+. Reports that " many articles in the top journals have been fair, as have a number of influential books…from respected historians, presidential scholars, and political scientists—people who were not Reagan supporters and are certainly not right-wingers.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Ronald Reagan haqida turkum mavjud |
- Ronald Reagan Jamgʻarmasi (ingl.)
- Oq uy biografiyasi (ingl.)
- Ronald Reagan va uning merosi (Wayback Machine saytida 2020-02-19 sanasida arxivlangan) Eureka kollejida (ingl.)
- Ronald Reagan IMDbda