Oligomenorreya
Oligomenoreya hayz koʻrish oraliqlarining uzoq boʻlishi, kamdan-kam keluvchi menstrual sikl bilan ifodalanadi[1]. Aniqroq aytganda, bu menstrual siklning 35 kundan ortiq vaqt oraligʻida, yiliga atigi toʻrtdan toʻqqiztagacha sodir boʻlishi[1]. Menstrual sikllar bu kamdan kam hayz koʻrish rivojlanishidan oldin muntazam ravishda oʻrnatilishi kerak boʻladi[1]. Oligomenoreyada menstrual sikllar oraligʻidagi muddat turlicha boʻlishi mumkin[2].
Sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oligomenoreya prolaktinomalar (gipofiz oldingi boʻlak adenomalari) natijasi boʻlishi mumkin. Bunga tirotoksikoz, menopauza davridagi gormonal oʻzgarishlar, Prader-Villi sindromi va Graves kasalligi sabab boʻlishi mumkin.
Yugurish yoki suzish kabi chidamlilik mashqlari ayol sportchilarning reproduktiv fiziologiyasiga taʼsir qilishi mumkin. Ayol yuguruvchilar[3][4], suzuvchilar [5] va balet raqqosalari[6] ham oʻz yoshdagi sportchi boʻlmagan ayollarga nisbatan kamdan-kam hayz koʻradilar yoki amenoreyani koʻrsatadilar. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, ozgʻinlik yoki maʼlum bir vaznga eʼtibor qaratadigan sport turlari bilan shugʻullanadigan sportchilarda, bularga kamroq eʼtibor qaratadigan sport bilan shugʻullanadigan sportchilarga qaraganda, hayz koʻrish disfunksiyasining koʻproq uchrashini koʻrsatadi[7].
Koʻkrak suti bilan boqishda ayz davrining tartibsizligi ovulyatsiyani kechiktiradigan gormonlar taʼsiri bilan bogʻliq.
Polikistik tuxumdon sindromi boʻlgan odamlarda ham oligomenoreya boʻlishi mumkin. Polikistik tuxumdon sindromi- bu tuxumdonlar tomonidan ortiqcha androgenlar (erkak jinsiy gormonlar) ajralib chiqadigan holat. Bu sindrom bilan ogʻrigan odamlarda oligomenoreya va amenoreyadan tortib, juda ogʻir, tartibsiz davrlargacha boʻlgan hayz davrining buzilishi kuzatiladi. BU holat premenopauzal ayollarning taxminan 6%ida kuzatiladi.
Ovqatlanish buzilishlari ham oligomenoreyaga olib kelishi mumkin. Hayz koʻrishning buzilishi anoreksiya nervoza bilan eng kuchli bogʻliq boʻlsa-da, bulimiya nervoza ham oligomenoreya yoki amenoreyaga olib kelishi mumkin. Anoreksiya boʻlgan bemorlarda hayz koʻrishning buzilishi mexanizmi haqida baʼzi kelishmovchiliklar mavjud, chunki baʼzi anoreksiklarda amenoreya sezilarli darajada vazn yoʻqotishdan oldin yuzaga kelishi mumkin.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Amenoreya: hayz koʻrishning butunlay toʻxtashi
- Menorragiya: noodatiy ogʻir menstrual sikllar
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 thefreedictionary.com > oligomenorrhea This dictionary is citing Gale Encyclopedia of Medicine. 2008
- ↑ Novak's Gynecology, 12th, Baltimore: Williams & Wilkins, 1996. ISBN 0-683-00593-6.
- ↑ "Menstrual dysfunction in distance runners". Obstet Gynecol 54 (1): 47–53. 1979. doi:10.1097/00006250-197907000-00013. PMID 313033.
- ↑ "Reproductive system function in women cross-country runners". Med Sci Sports Exerc 14 (4): 263–9. 1982. doi:10.1249/00005768-198204000-00002. PMID 7132642. https://archive.org/details/sim_medicine-and-science-in-sports-and-exercise_1982_14_4/page/263.
- ↑ Frisch RE; Gotz-Welbergen AV; McArthur JW et al. (1981). "Delayed menarche and amenorrhea of college athletes in relation to age of onset of training". JAMA 246 (14): 1559–1563. doi:10.1001/jama.246.14.1559. PMID 7277629.
- ↑ Warren MP (1980). "The effects of exercise on pubertal progression and reproductive function in girls". J. Clin. Endocrinol. Metab. 51 (5): 1150–1157. doi:10.1210/jcem-51-5-1150. PMID 6775000.
- ↑ Torsiveit, MK (2005). "Participation in leanness sports but not training volume is associated with menstrual dysfunction: a national survey of 1276 elite athletes and controls". British Journal of Sports Medicine 39 (3): 141–147. doi:10.1136/bjsm.2003.011338. PMID 15728691. PMC 1725151. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1725151.