Ravshan Ermatov
Ravshan Sayfiddin oʻgʻli Ermatov | |
---|---|
Равшан Сайфиддинович Эрматов | |
![]() | |
Tavalludi |
9-avgust 1977-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Otasi | Sayfiddin Ermatov |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Ravshan Sayfiddinovich Ermatov — oʻzbekistonlik professional futbol hakami.
2000-yildan 2019-yilgacha Oʻzbekiston futbol ligasi tizimida va 2003-yildan 2019-yilgacha xalqaro miqyosda ishlagan.
Futbol boʻyicha jahon kubogining oʻyinlarini 11 marta boshqargan.
2019-yildan buyon Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolaligi va taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ravshan Ermatov 1977-yil 9-avgust kuni Toshkent viloyati Gʻazalkent shahrida tavallud topgan.
Hakamlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA tomonidan 2003-yilda xalqaro hakamlikka tayinlangan[1].
Kanadada oʻtkazilgan 2007-yilgi FIFA U-20 Jahon Chempionatida Gambiya — Meksika hamda Chili — Kongo oʻyinlarni boshqargan.
Ravshan Ermatov 2008, 2009, 2010 va 2011-yillarda Osiyoning „Eng Yaxshi Hakami“, deb baholandi,[2] va 2008-yilgi FIFA Klublararo Jahon Chempionati finalini boshqarish uchun tanlandi.
2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha 2010-yilgi jahon chempionatida Janubiy Afrika Respublikasi va Meksika jamoalari ochilish oʻyinini bochqarishi uchun hakam etib tayinlandi. Butun musobaqa davomida Angliya — Jazoir, Argentina — Gretsiya, chorak finalda Argentina — Olmoniya, yarim finalda Niderlandiya — Urugvay oʻyinlarini boshqardi.
Futboldan keyingi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 15-iyunda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etildi va Ravshan Ermatov ushbu lavozimga tayinlandi.
2020-yil 8-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi[3].
2023-yilda Ermatov Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ijroiya qoʻmitasining markaziy zona vakili etib saylangan[4][5].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ravshan Ermatov „Osiyoning eng yaxshi hakami“ nominatsiyasida ketma-ket toʻrt marotaba gʻolib boʻlgan qitʼadagi yagona futbol hakamidir. Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi tomonidan 2011-yilda jahonning eng yaxshi hakami deb eʼtirof etilgan. 2014-yilgi jahon chempionatida ham qatnashdi.[6]
2010-yilda Oʻzbekiston iftixori unvoni berildi.
2014-yil 25-iyunda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlanadi.
2018-yilda Buyuk xizmatlari uchun ordeni berildi.
Guinness rekordlar kitobiga „Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam“ sifatida kiritilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ravshan Irmatov to officiate opening match of 2010 FIFA World Cup South Africa“. Uzdaily.com (28-oktabr 2009-yil). 2-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2010-yil.
- ↑ „Ravshan Irmatov appointed for 2010 FIFA World Cup“. the-afc.com.
- ↑ „Равшан Эрматов вазир ўринбосари бўлди“.
- ↑ „IFFHS талқини бўйича энг яхши ҳакамлар рейтинги эълон қилинди. Эрматов топ-25'да қайд этилди“. 2023-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2023-yil.
- ↑ „Бугун ОФКнинг 33-Конгресси бўлиб ўтади. Равшан Эрматов ОФК Ижроия қўмитаси аъзосига айланади“. 2023-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-mart.
- ↑ „Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi Braziliyaga yoʻl oldi“. 6-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2014-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Wikimedia Commonsda Category:Ravshan Irmatov mavzusiga oid fayllar bor. |
- FIFA profili (Wayback Machine saytida 6-iyul 2010-yil sanasida arxivlangan)
- Ravshan Ermatovni baholang (Wayback Machine saytida 25-iyun 2010-yil sanasida arxivlangan)
- Ravshan Ermatov, Mail.ru
- Ravshan Ermatovning hayotiy aqidalari (Wayback Machine saytida 14-iyul 2014-yil sanasida arxivlangan)
- 9-avgustda tugʻilganlar
- 1977-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- FIFA Jahon chempionati 2018 hakamlari
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Yashayotgan insonlar
- Futbol hakamlari
- Toshkentlik futbolchilar
- Toshkent sport kishilari
- Oʻzbekistonlik futbol hakamlari
- Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari
- FIFA Jahon chempionati 2010 hakamlari
- FIFA Jahon chempionati 2014 hakamlari
- Olimpiada oʻyinlari futbol hakamlari
- Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2012 futbol hakamlari
- CONCACAF Chempionlar Kubogi hakamlari
- AFC Osiyo kubogi hakamlari