Kontent qismiga oʻtish

Coca-Cola Students Cup

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Coca-Cola Students Cup – Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan mini-futbol musobaqasi[1].

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan talabalar oʻrtasida futbol turnirini oʻtkazish tashabbusi ilgari surilgan[2]. Musobaqalarga Coca-Cola shirkati homiylik qiladi[2][3].

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2021-yil 5-noyabrda „Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va Workout sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori[4] hamda 2023-yil 7-aprelda „Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori[5] qabul qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mazkur vazirliklar tizimida 2022-yildan boshlab musobaqalar oʻtkaziladi.