Oʻzbekiston Liga kubogi
Davlat | Oʻzbekiston, O'zbekiston |
---|---|
Tashkil etilgan | 25-fevral, 2019-yil |
Jamoalar soni | 16 |
Amaldagi chempion | Paxtakor Toshkent |
Eng koʻp marta chempion | Paxtakor Toshkent (1) |
TV hamkorlar | Sport TV |
Veb-sayt | pfl.uz |
Oʻzbekiston Liga kubogi — Oʻzbekiston PFL va Oʻzbekiston futbol assosiasiyasi shafeligida mahalliy futbol klublari oʻrtasida Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan futbol turniri. 2019-yil bahorida tashkil etilgan.[1]
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilgi turnirdaOʻzbekiston Superligasi-2019da ishtirok etuvchi 14 ta klub, shuningdek, Pro-Liga A dan maxsus litsenziya talablarini bajargan ikkita klub — jami 16 ta klub ishtirok etmoqda. Turnirning navbatdagi qura tashlash marosimidan boshlab Oʻzbekiston PFL tomonidan tashkil etiladigan turnir va ligalarda ishtirok etuvchi istalgan klub turnirda ishtirok etish istagini bildirish huquqiga ega boʻladi. Turnir anʼanaga koʻra may oyining oʻrtalarida boshlanadi va noyabr oyi boshida tugaydi.
16 ta ishtirokchi klub toʻrtta klubdan toʻrt guruhga boʻlingan. Guruh bosqichida klublar uchta oʻyin oʻtkazadi — har bir raqib bilan bittadan oʻyin. Muayyan turda oʻz uyida oʻynash huquqi qur’a tashlash orqali aniqlanadi. Guruhlarida dastlabki ikki oʻrinni egallagan klublar pley-off bosqichiga, yaʼni 1/4 finalga yoʻl oladi. Pley-off bosqichi bitta oʻyindan iborat. Final ham bitta uchrashuvdan iborat. Final oʻtkaziladigan joy turnir davomida aniqlanadi.[2] MTRK Sport kanali studiyasida jonli efirda 2019-yilgi qura tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.[3] Oʻzbekiston Liga kubogi finalida ilk Oʻzbekiston musboqalarida hali foydalanilmagan VAR sistemasi ilk bor sinovdan oʻtdi.[4] Musoboqada keyinchalik qoʻshni respublikaning nonmdor futbol jamoalari ham taklif etish koʻzda tutilgan.[5]
Chempionlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Liga kubogining 1-sohibi Paxtakor klubi hisoblanadi. Turnirni dastlab yirik hisobdagi (Qoʻqon-1912 jamoasiga 0-4 xisobida) magʻlubiyat bilan boshlab, keyinchalik mavsumni kubokni yutgan xolda tugatgan.[6]
Liga Kubogi, final
2019-yil 4-dekabr, chorshanba
AGMK — „Paxtakor“ — 2:6 (0:2)
Gollar: Jasur Umarov (64), Murod Toshmatov (86) — Igor Sergeev (5), Dragan Cheran (42, 67), Doston Hamdamov (50, 55), Hojiakbar Alijonov (78)
AGMK (5-4-1) — 32.Suhrob Sultonov — 23.Akmal Shorahmedov, 88.Igor Zonich, 33.Sardor Rahmonov, 44.Bobur Yoʻldoshev, 20.Mirgʻiyoz Sulaymonov — 11.Zohir Pirimov, 3.Erkin Baydullayev, 30.Jasur Umarov — 7.Elguja Grigalashvili — 9.Zafar Polvonov.
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Dilshod Joʻrayev, 8.Sanʼat Shixov, 15.Jasur Hakimov, 17.Murod Toshmatov, 18.Rasul Yoʻldoshev, 77.Vladislav Kasminin, 99.SHahzod Nurmatov.
"Paxtakor" (4-2-3-1) — 35.Sanjar Quvvatov — 3.Xojiakbar Alijonov, 23.SHerzod Aʼzamov, 15.Egor Krimes, 34.Farruh Sayfiyev — Humoyunmirzo Iminov, 27.Sardor Sobirxoʻjayev — 17.Doston Hamdamov, 10.Dragan Cheran, 9.Jaloliddin Masharipov — 11.Igor Sergeev.
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 5.Alisher Salimov, 13.Ruslan Roziyev, 19.SHohruh Mahmudhojiyev, 21.Marat Bikmayev, 29.Vladimir Kozak, 43.Ibrohimhalil Yoʻldoshev, 55.Marko Simich, 77.Husniddin Gʻofurov.
Hakamlar:[7] Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Elyor Tursunov
Nazoratchi: Bobur Haydarov.
Toshkent shahri, „Paxtakor“ stadioni.[8][9]
Oʻzbekiston liga kubogi hozircha faqat 1 mavsum 2019-yil oʻtkazilgan va reyting jadval shu yilga asoasan tuzilgan[10][11]
№ | Nomi | Mavsum | Oʻyin | Gaʼlaba | Durang | Magʻlubiyat | T/N | Ochko | Eng yaxshi natija |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Paxtakor | 1 | 6 | 5 | - | 1 | 17-10 | 15 | Chempion |
2 | AGMK | 1 | 6 | 4 | - | 2 | 14-10 | 12 | Final |
3 | Qoʻqon 1912 | 1 | 5 | 4 | - | 1 | 17-5 | 12 | 1/2 final |
4 | Dinamo | 1 | 5 | 3 | - | 2 | 11-6 | 9 | 1/2 final |
5 | Andijon | 1 | 4 | 3 | - | 1 | 8-4 | 9 | 1/4 final |
6 | Shoʻrtan | 1 | 4 | 2 | 1 | 1 | 8-6 | 7 | 1/4 final |
7 | Nasaf | 1 | 4 | 2 | - | 2 | 8-3 | 6 | 1/4 final |
8 | Metallurg | 1 | 4 | 1 | 1 | 2 | 2-3 | 4 | 1/4 final |
9 | Soʻgʻdiyona | 1 | 3 | 1 | 1 | 1 | 3-5 | 4 | Guruh bosqichi |
10 | Bunyodkor | 1 | 3 | 1 | - | 2 | 6-6 | 3 | Guruh bosqichi |
11 | Lokomotiv | 1 | 3 | 1 | - | 2 | 3-7 | 3 | Guruh bosqichi |
12 | Qizilqum | 1 | 3 | 1 | - | 2 | 2-6 | 3 | Guruh bosqichi |
13 | Navbaxor | 1 | 3 | 1 | - | 2 | 2-8 | 3 | Guruh bosqichi |
14 | Mash’al | 1 | 3 | - | - | 3 | 4-9 | 0 | Guruh bosqichi |
15 | Buxoro | 1 | 3 | - | - | 3 | 3-10 | 0 | Guruh bosqichi |
16 | Surxon | 1 | 3 | - | - | 3 | 2-12 | 0 | Guruh bosqichi |
Sovrindorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Chempion | Ikkinchi oʻrin | Yarim finalchilar |
---|---|---|---|
2019 | Paxtakor | AGMK | Qoʻqon 1912, Dinamo |
Toʻpurarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Futbolchilar | Jamoalar | Gollar |
---|---|---|---|
1 | Suhrob Berdiyev | Qoʻqon-1912 | 6 |
2 | Dostonbek Hamdamov | Paxtakor | 5 |
3 | Jasur Xoltoʻraev | Shoʻrtan | 5 |
4 | Igor Sergeev | Paxtakor | 4 |
5 | Bahodir Nasimov | Navbahor/Dinamo | 3 |
6 | Timur Usmonov | Qoʻqon-1912 | 3 |
7 | Sanjar Baratov | Dinamo | 3 |
8 | Dragan Cheran | Paxtakor | 3 |
9 | Azizbek Amonov | Lokomotiv | 3 |
10 | Bobur Abduxoliqov | Nasaf | 3 |
11 | Mirjamol Qosimov | AGMK | 3 |
12 | Dilshod Rahmatullaev | Andijon | 3 |
13 | Jasurbek Umarov | AGMK | 3 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekiston Liga kubogi. U qanday musobaqa?“. 1-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „pfl.uz — Ўзбекистон Лига кубогида ғолиблик учун 16 жамоа кураш олиб боради“. 2019-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.
- ↑ pfl.uz — Liga kubogi musobaqasiga qurʼa tashlandi
- ↑ „VAR тизимидан самарали фойдаланиш бўйича семинар бўлиб ўтди“. 2023-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
- ↑ „Ўзбекистон Лига кубоги мусобақасида Қирғизистон ва Тожикистон жамоалари иштирок этади“. 2023-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
- ↑ „Архив: Тарихда илк бор ўтказилган Ўзбекистон Лига кубогининг 8та гол урилган финалини ёдга оламиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „Ўзбекистон Лига кубоги финалида ишлайдиган ҳакамлар маълум бўлди“. 2023-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
- ↑ „«Paxtakor» «trebl»ga erishdi“ (2019-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
- ↑ „Лига кубоги финали «Пахтакор» стадионида бўлиб ўтади“. 2023-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
- ↑ „Liga Kubogi“ (2019-yil 18-avgust). 2019-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
- ↑ „O'zbekiston Liga Kubogi“.