Kontent qismiga oʻtish

Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston ayollar Oliy ligasi
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Konfederatsiya Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1
Tashkil etilgan 1995-yil
Jamoalar soni 10
Quyi divizion Oʻzbekiston Birinchi ligasi
Ichki kuboklar Oʻzbekiston Kubogi
Xalqaro musobaqalar Futbol boʻyicha ayollar Osiyo chempionlar ligasi
Amaldagi chempion Sogdiyona Jizzak
Eng koʻp marta chempion Sevinch Qarshi
TV hamkorlar Uzreport TV
Veb-sayt UFF pfl.uz

Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston milliy chempionati Oʻzbekiston ayollar futbolining oliy divizioni hisoblanadi. Liga Oʻzbekiston futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. 1991-yilgacha Oʻzbekiston ayollar klublarining bir qismi Sovet Ittifoqi ayollar ligasi tizimida ishtirok etgan boʻlsa, Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng aksariyat ayollar jamoalari Rossiyaga joʻnab ketgan yoki oddiygina tarqatib yuborilgan.

Oʻzbekiston Futzal Uyushmasi hamda Oʻzbekiston ayollar futboli va plyaj futboli uyushmasi tugatilgan. Futzal, ayollar futboli va plyaj futbolining taraqqiyoti, murabbiylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, terma jamoalarni musobaqalarga tayyorlash va yuborish, shuningdek, milliy chempionat oʻyinlarini tashkil qilish va oʻtkazishni 2017-yilning oktyabr oyidan etiboran Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi nazorati ostiga oʻtdi.

Ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasi Oʻzbekiston chempionati oliy ligasi boʻlib, unda mamlakatning eng kuchli ayollar klublari toʻp suradi.

Turnir 1995-yildan beri oʻtkazib kelinadi. 2010-yildan buyon Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Oʻzbekiston Xotin-qizlar futbol assotsiatsiyasi homiyligida oʻtkazib kelinmoqda. 2013-yilgi mavsumdan boshlab Oliy ligada faqat professional klublar ishtirok etishi mumkin.

2011-yildan beri Birinchi liga jamoalari oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazib kelinmoqda. Ishtirokchilar soni doimiy emas. Professional klublardan tashqari, reglamentga mutlaq rioya qilgan holda Havaskor klublar ishtirok etishiga ruxsat beriladi.

Ligalar oʻrtasidagi almashinuv nizom bilan belgilanadi va sport tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. Oliy ligada 10-oʻrinni egallagan jamoa Birinchi ligaga yoʻl oladi. Birinchi liga gʻolibi Oliy ligaga chiqadi.

Birinchi liga klublari Oliy ligada milliy chempionatda ishtirok etishdan bosh tortgan taqdirda, Oliy ligani tark etishi kerak boʻlgan jamoalar uchun oliy diviziondagi oʻrinni saqlab qolishga ruxsat beriladi.

2018-yilgi mavsumdan Ayollar Futbol assotsiyasi tugatilgandan soʻng, turnir AFA va xususan, Birinchi liga va ayollar oʻrtasidagi mamlakat Oliy ligasini ham nazorat qiluvchi Oʻzbekiston PFL shafeligida oʻtkazilmoqda. 2023-yildan Oʻzbekiston PFL shafeligidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi shafeligi ostiga oʻtdi. Bugungi kunda OʻFA mutahasislari tomonidan ayollar musoboqalari oʻtkazib kelinmoqda

2021-yilgi mavsumda quyidagi 10 ta jamoa ishtirok etgan[1]:

  • Soʻgʻdiyona Jizzax
  • Bunyodkor Toshkent
  • „Sevinch Qarshi“ PFK
  • Navbahor Namangan
  • Bekobod Metallurg
  • FK OKMK Olmaliq (Olmaliq Kon-metallurgiya Kombinati)
  • Qizilqum Zarafshon
  • Paxtakor Toshkent
  • Lokomotiv Toshkent
  • Buxoro FK Buxoro

Ligada chempionni aniqlash uchun ikki davradan iborat 10 ta jamoa qatnashadi. Mavsum bir necha oʻyin haftalarida oʻtkaziladi, besh kun davom etadigan bir oʻyin haftasida har bir jamoa haftalik shaharda kuniga bittadan oʻyin oʻtkazadi.

Oʻzbekiston Ayollar chempionati 2022

[tahrir | manbasini tahrirlash]

09.08.2022-yilgi xolat boʻyicha turnir jadvali keltirilgan

# Jamoa Oʻyin Gʻalaba Durang Magʻlubiyat T-F Ochko
1 Sevinch 13 11 2 0 72-5 35
2 Bunyodkor-W 13 11 1 1 48-10 34
3 Soʻgʻdiyona-W 13 10 2 1 52-7 32
4 AGMK-W 13 7 2 4 29-17 23
5 Paxtakor-W 13 5 3 5 19-28 18
6 Qizilqum-W 13 5 2 6 23-27 17
7 Lokomotiv-W 13 4 0 9 14-40 12
8 Metallurg-W 13 2 2 9 14-44 8
9 Neftchi-W 13 2 1 10 7-34 7
10 Navbahor-W 13 0 1 12 4-70 1

Hozirgi paytgacha chempionlar va sovrindorlar mavsumlar boʻyicha roʻyaxati[2]:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Mavsum Chempion   Ikkinchi oʻrin   Uchinchi oʻrin
1995-yil I Chexra Toshkent Andijanka Sitora-Praga
1996-yil II Baxo Toshkent Andijanka Sitora-Praga
1997-yil III Andijanka Qirq qiz Nukus Sitora-Praga
1998-yil IV Dilnoza Toshkent Andijanka Medeya-Gʻuzal
1999-yil V Andijanka Gulbahor Qirq qiz
2000-yil VI Andijanka Gulbahor Qirq qiz
2001-yil VII Gulbahor Andijanka Yoshlik
2002-yil VIII Andijanka Gulbahor Yoshlik
2003-yil IX Andijanka Gulbahor Talaba Qarshi
2004-yil X Sevinch Andijanka Gulbahor
2005-yil XI Andijanka Sevinch Gulbahor
2006-yil XII Sevinch Andijanka Quruvchi
2007-yil XIII Sevinch Andijanka Quruvchi
2008-yil XIV Sevinch Andijanka Quruvchi
2009-yil XV[3] Sevinch Andijanka Yoshlik
2010-yil XVI Sevinch Andijanka Olimpiya Qarshi
2011-yil XVII Sevinch Andijanka Yoshlik
2012-yil XVIII Sevinch Andijanka Olimpiya
2013-yil XIX Sevinch Andijanka Metallurg-Women
2014-yil XX Sevinch Metallurg-Women Andijanka
2015-yil XXI[4] Sevinch Metallurg-Women Andijanka
2016-yil XXII[5][6] Sevinch Metallurg-Women Andijanka
2017-yil XXIII[7] Metallurg-Women Sevinch Bunyodkor-Women
2018-yil[8] XXIV[9] Bunyodkor-Women Sevinch Metallurg-Women
2019-yil XXV[10] Sevinch Bunyodkor-Women Soʻgʻdiyona-Women
2020-yil XXVI[11][12] Bunyodkor-Women Sevinch Soʻgʻdiyona-Women
2021-yil XXVII Soʻgʻdiyona-Women Bunyodkor-Women Sevinch
2022-yil XXVIII Sevinch
2023-yil XXIX

Sovrindorlarning umumiy natijlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klublar: Chmepionlik Yillar:
Sevinch (Qarshi) 14 2004, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010,

2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2019, 2022

Andijanka (Andijon) 6 1997, 1999, 2000, 2002, 2003, 2005
Bunyodkor-Women (Toshkent) 2 2018, 2020
Chexra / Dilnoza (Toshkent) 2 1995, 1998
Soʻgʻdiyona-Women (Jizzax) 1 2021
Metallurg-Women (Bekobod) 1 2017
Gulbahor (Namangan) 1 2001
Baxo (Toshkent) 1 1996

Umumiy chempionat davomidagi rekordlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Rekord — chempionat 2015: Lyudmila Karachik „Metallurg-W“ (Bekobod) — 66 gol.
  • Bitta oʻyindagi gollar rekordi. XXVI Oʻzbekiston chempionati, 14-tur. 17-noyabr, 2020-yil. Dildora Ergasheva („Lokomotiv-W“ Toshkent): „Lokomotiv-W“ — „Surxon-W“ uchrashuvida 8 ta gol — 9:0.
  • Oʻzbekiston kubogida rekord. XX Oʻzbekiston kubogi, 1/8 final. 2021-yil 1-iyul. Fuseyna Mumuni („Soʻgʻdiyona-W“ Jizzax): „Neftchi-W“ — „Soʻgʻdiyona-W“ uchrashuvida 8 ta gol — 0:17.
  • Bitta oʻyindagi koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekistonning mutlaq rekordi. XXVI Oʻzbekiston chempionati, 9-tur. 11-oktyabr, 2020-yil. „Bunyodkor-W“ — „Surxon-W“ — 20:0 (10:0).
  • Qoʻshimcha rekordlar ham bor: — har bir boʻlimda 10 tadan gol; — gollarni 10 xil „Bunyodkor“ futbolchisi kiritdi, bu ham mutlaq maksimal koʻrsatkich.
  • Safarov V.A. Oʻzbekiston futboli ensiklopediyasi 1912-2012. — Toshkent, 2014. — S. 335-343. — 477 b.
  1. „Uzbekistan (Women) 2021“. RSSSF. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  2. „Uzbekistan - List of Women Champions“. RSSSF. Qaraldi: 9-noyabr 2011-yil.
  3. „Champion remains the same, 2009 season results“ (ruscha). Uzbek Football Federation (9-oktyabr 2009-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2011-yil.
  4. „“Севинч” – 12 карра Ўзбекистон чемпиони!“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2022-yil.
  5. „“Севинч” – 12 карра Ўзбекистон чемпиони!“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2022-yil.
  6. „Sevinch Team achievements“ (oʻzbekcha). pfcsevinch.uz. — „Sevinch professional football club became the country's champion for the 12th time in the 2016 season and the Uzbekistan Cup for the ninth time in its history.“. 27-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-sentabr 2017-yil.
  7. „Янги чемпионларингни қабул эт, Ўзбекистон!“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2022-yil.
  8. „Ayollar futboli va futzal bo'yicha Oliy liga vakillari nomi malum bo'ldi“. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  9. „"Бунёдкор" - чемпион!“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2022-yil.
  10. „Аёллар чемпионати: "Севинч" - 13 карра Ўзбекистон чемпиони“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2022-yil.
  11. „Аёллар футболи. "Бунёдкор-W" - икки карра Ўзбекистон чемпиони“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2022-yil.
  12. „Чемпионский аккорд "Бунёдкор-Women"!“ (ruscha). .com. Qaraldi: 9-noyabr 2021-yil.