OKMK (stadion)
OKMK stadioni | |
---|---|
Joyi | Oʻzbekiston, Toshkent viloyati, Olmaliq |
Asos solingan | 2011-yi |
Qachon qurilgan | 2014-yil |
Qachon ochilgan | 16-mart 2012 |
Qachon taʼmirlangan | 2018-yil |
Egasi | „Olmaliq KMK“ („OKMK“) AJ |
Operator | Oʻzbekiston futbol federatsiyasi |
Yuzasi | tabiy chim |
Asosiy pudratchilar | AGMK OAJ qurilish tresti |
Hajmi | 12.000 |
Maydon oʻlchami | 105m x 68m |
Maydon egalari | |
AGMK FK |
AGMK stadioni — Oʻzbekistonning Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi koʻp maqsadli stadion. Bu mahalliy AGMK futbol klubining uy arenasidir. Olmaliq shahrining janubi-sharqida, Rashidov va Gagarin koʻchalari chorrahasida joylashgan. Hozirda u futbol oʻyinlari uchun, asosan, „AGMK“ futbol klubi tomonidan bir nechta musobaqalarda qoʻllanadi. Stadion 12.000 tomoshabinga moʻljallangan.[1]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Majmua 2011-2014-yillarda qurilgan. 2014-yil 16-mart kuni[2] bir qator yuqori martabali amaldorlar ishtirokida tantanali ravishda ochilgan va shu kuni ushbu stadionda Oʻzbekiston Oliy ligasi doirasidagi „Olmaliq“ va „Metallurg“ klublari oʻrtasida ilk rasmiy oʻyin boʻlib oʻtgan (3:2).
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadion 13 gektar maydonni egallagan OKMK sport majmuasi tarkibiga kiradi. Bu stadiondan tashqari, mini-futbol (futzal), basketbol, qoʻl toʻpi, voleybol, boks, gimnastika, yengil atletika, jang sanʼati, tennis kortlari, sunʼiy futbol maydonchalari uchun tribunalarga ega ikkita yopiq sport arenasi mavjud.
2013-yilda foydalanishga topshirilgan sport majmuasi xalqaro standartlarga javob beradi. Respublikamizda yagona gibrid maydon hisoblangan oʻyingohda 12 ming sonli muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladigan katta futbol maydoni mavjud. Ushbu futbol maydoni 105x79 metrni tashkil qiladi. Oʻyingohda har biri 30 nafardan futbolchi va murabbiylarga moʻljallangan jami toʻrtta kiyim almashtirish xonasi sportchilar xizmatida. U yerda yumshoq oʻrindiqlar, kiyim-kechaklar uchun maxsus shkaf, yuvinish xonasi, massaj xonasi va boshqa qulayliklarga ega zarur sharoitlar yaratilgan.
Stadion 2014-yilda qurilgan. 12 000 tomoshabin uchun moʻljallangan. Yaqin atrofda ikkita zal-modul mavjud. Ulardan birida: futzal, basketbol, voleybol va qo‘l to‘pi bo‘yicha jamoaviy sport turlari vakillari shug‘ullanadi. Ikkinchisining ustalari jangchilar: bokschilar, taekvondo, karate, dzyudo, sambo va kurashchilar, erkin va klassik kurashchilar boʻladi. Majmua, shuningdek, ochiq va yopiq tennis kortlari, sunʼiy qoplamali futbol maydonini oʻz ichiga oladi.
OKMK sport majmuasi stadioni Oʻzbekistondagi eng zamonaviy stadionlardan biri hisoblanadi. Bu yer toʻrtta kiyinish xonasi, zamonaviy dush, massaj xonasi, tibbiyot xodimlari xonasi, doping nazorati xonasi, sudyalar va komissarlar xonasi, boshqa yordamchi xonalar, OAV va televideniye vakillari uchun sharoitlar, zamonaviy matbuot anjumani zali, OAV tribuna, VIP va CIP joylari, nogironlar uchun joylar, zamonaviy elektron tablo, akustika va yoritish jihozlari bilan taʼminlangan.
Ushbu stadiondan 850 metr gʻarbda Olmaliq shahridagi ikkinchi yirik arena — 1960-yilda ochilgan va 11.000 tomoshabinga moʻljallangan „Metallurg“ stadioni boʻlib, AGMK (oʻsha paytda Olmaliq deb atalgan) 2014-yilgacha oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazgan.[3]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ОКМК спорт мажмуаси майдони келаси мавсум тўлиқ янгиланади“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
- ↑ „Олмалиқдаги янги стадион очилиши 15 март куни бўлиб ўтади“ (17 фев 2014). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ „"Olmaliq" stadionining bugungi kundagi holati (FOTO)“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.