Oʻlik uydan maktublar (roman)
Asarning birinchi nashri muqovasi | |
Asosiy maʼlumotlar | |
---|---|
Janr | roman |
Muallif | Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy |
Orginal tili | rus |
Yozilgan sana | 1860-1861 |
Oʻlik uydan maktublar (roman) |
"Oʻlik uydan maktublar" (rus: "Zapiski iz Mertvago doma") — Fyodor Dostoyevskiyning 1860-1862-yillarda yozilgan qisqa asari. Asar 1850-1854-yillarda Omsk qamoqxonasi taassurotlari asosida yaratilgan. Asarning yakuniy matniga oʻsha vaqtda yozilgan bir qancha parchalar kiritilmagan.
Yaratilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asar hujjatli xarakterga ega bo‘lib, o‘quvchini XIX asrning ikkinchi yarmida Sibirda qamalgan jinoyatchilar hayoti bilan tanishtiradi. Yozuvchi Omskdagi toʻrt yillik katorgaga (1850-yildan 1854-yilgacha) surgun qilinganida boshidan kechirgan barcha voqealarni Petrashevitlar misolida badiiy qolipga soladi. Asar 1860-1862-yillarda yaratilgan boʻlib, dastlabki boblari „Vremya“ jurnalida nashr etilgan.
Sujet
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Oʻlik uydan maktublar“ asari oʻz xotinini oʻldirgani uchun 10 yilga katorgaga surgun qilingan zodagon Aleksandr Petrovich Goryanchikov nomidan hikoya qilinadi. Rashk tufayli xotinini oʻldirgan Aleksandr Petrovich oʻz jinoyatiga iqror boʻladi va katorga jazosini oʻtab boʻlgach, barcha qarindoshlari bilan aloqalarni uzib, Sibirning K. shahridagi aholi punktida tanho hayot kechirib, repetitorlik bilan tirikchilik qiladi. Uning katorga hayoti haqidagi bir qancha adabiy eskizlari mavjud. Muallif jazo oʻtaladigan oʻsha qamoqxonadagi mahkumlarni „Oʻlik uyning uygʻoq kimsalari“ deya, ushbu katorgadan qolgan mudhish xotiralarni esa „Oʻlik uydan hikoyalar“ deb ataydi.
Qamoqxonadalik paytida dvoryan Goryanchikov oʻzining qamoqqa olinganidan juda qattiq iztirob chekadi, qamoqxonadagi bunday gʻayrioddiy dehqoncha yashash muhiti unga ogʻirlik qiladi. Mahbuslarning koʻpchiligi uni oʻzlariga teng deb bilishmaydi, shu bilan birga uni mehnatga yaroqsizligi, uni jirkanchhisoblashadi, uning olijanob shaxs sifatida hurmat qilishni istashmaydi va undan nafratlanishadi. Bunday birinchi zarbadan omon qolgan Goryanchikov qamoqxona aholisining hayotini qiziqish bilan oʻrgana boshlaydi, oʻzi uchun „oddiy odamlar“, ularning past va ulugʻvor tomonlarini kashf etadi.
Goryanchikov „ikkinchi darajali“ deb nomlangan boʻlimga yuboriladi. XIX asrda Sibir katorgasida jami uchta razryad mavjud edi: birinchi (konlar), ikkinchi (qal’alar) va uchinchi (zavodlar). Mahbuslar mehnat darajasining ogʻirligiga koʻra birinchi razryadni yengilroq, ikkinchi razryadni oʻrta va uchinchi razryadni eng ogʻir darajali razryad deb hisoblashadi. Biroq Goryanchikovning guvohligiga koʻra, ikkinchi razryad eng qatʼiy boʻlgan, chunki u harbiy boshqarma ostidagi va mahbuslar doimo nazorat ostida boʻlgan razryad hisoblanadi. Ikkinchi razryaddagi boshqa koʻplab mahkumlar esa birinchi va uchinchi darajadagi razryadlar yengilroq deya baholaydilar. Ushbu razryadlardan tashqari, oddiy mahbuslar bilan bir qatorda, yaʼni Goryanchikov qamalgan „maxsus boʻlim“ deb nomlanuvchi qal’ada hibsga olinganlar, ayniqsa, ogʻir jinoyatlari uchun muddatsiz mehnat qilish jazosini olishgani aniqlangan. Qonunlar kodeksida ushbu „maxsus boʻlim“ quyidagicha tavsiflangan: „Sibirda eng ogʻir mehnat ishlari ochilgunga qadar eng xavfli jinoyatchilar uchun qamoqxonada maxsus boʻlim tashkil etilgan“.
Asar yaxlit sujetga ega emas, shuningdek, oʻquvchi asarni kichik eskizlar koʻrinishida mutolaa qiladi, ammo asar qurilishiga koʻra xronologik tartibda yozilgan. Asar boblarida muallifning shaxsiy taassurotlari, boshqa mahkumlar hayotidan hikoyalar, psixologik tasvirlar va chuqur falsafiy mulohazalar mavjud.
Asarda mahkumlarning hayoti va urf-odatlari, ularning bir-biriga munosabati, eʼtiqodi, jinoyatlari atroflicha bayon etilgan. Asardan mahkumlar qanday ish bilan shug‘ullanishlari, qanday qilib pul topishlari, vinoning qamoqxonaga qay tarzda olib kelinishi, mahbuslar, asosan, nimani orzu qilishlari, nimalardan zavq olishlari hamda ularning boshliqlarga va ishlariga qanday munosabatda bo‘lishlarini bilib olish mumkin. Asarni oʻqisj orqali qamoqxonada nima taʼqiqlangan, nimaga ruxsat etilgan, nima uchun hokimiyat mahbuslarga barmoqlarini bigiz qilib qarashgan, mahkumlarga qanday jazolar tayinlanganligi haqidagi koʻplab maʼlumotlarni ham olish mumkin. Shuningdek, bir millatga tegishli mahkumlarning tarkibi, ularning qamoq jazosiga, boshqa millat va toifadagi mahbuslarga munosabati ham koʻrib chiqiladi.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Goryanchikov Aleksandr Petrovich — hikoyaning bosh qahramoni, asar aynan uning nomidan hikoya qilinadi.
- Akim Akimich — toʻrtta sobiq zodagonlardan biri, Goryanchikovning doʻsti, kazarmadagi katta mahbus. Qal’aga oʻt qoʻyish orqali Kavkaz knyazini oʻldirgani uchun 12 yilga qamoqqa hukm qilingan. Oʻta pedantik va yaxshi xulqligi sabab ahmoqona darajaga yetib boradigan odam.
- Gazin — tselovalnik mahkum, vino sotuvchi savdogar, millati tatar, qamoqxonadagi eng kuchli mahkum. U qamoqxonada koʻplab jinoyatlar sodir etish, kichik begunoh bolalarni oʻldirish, ularning qoʻrquvi va azobidan zavqlanishi bilan mashhur edi.
- Sirotkin — sobiq askar, 23 yoshda, qoʻmondonni oʻldirgani uchun katorgaga surgun qilingan.
- Dutov — sobiq askar, jazo muddatini uzaytirish uchun qoʻriqchi ofitseriga murojaat qilgan va bunga erishgan mahbus.
- Orlov — kuchli irodaga ega qotil, jazo va sinovlar oldida mutlaqo qoʻrqmas kishi. U jazoning ikkinchi yarmi, yaʼni qamish bilan savalash jazosiga chiday olmay kasalxonada vafot etadi.
- Nurra — togʻlik yigit, xushchaqchaq, oʻgʻrilik, ichkilikbozlikka toqat qilolmaydigan, taqvodor kishi, qamoqxonagi koʻplab mahbuslarning uni yoqtirishadi.
- Aley — 22 yashar dogʻistonlik yigit, arman savdogariga hujum qilgani uchun katta akalari bilan ogʻir mehnatga surgun qilingan. Goryanchikovning qamoqxonadagi qoʻshnisi, Goryanchikov Aley bilan yaqin doʻst tutinib, unga rus tilida oʻqish va yozishni oʻrgatadi.
- Bumshteyn Isay Fomich — qotillik uchun ogʻir mehnatga yuborilgan yahudiy. Sudxoʻr va zargar. Goryanchikov bilan doʻstona munosabatda boʻlgan.
- Osip — kontrabandani sanʼat darajasiga koʻtargan, qamoqxonada vino olib keluvchi kontrabandachi maxbus. U jazo olishdan nihoyatda qoʻrqadi va koʻp marta yuk tashishdan bosh tortadi, shunday boʻlsa-da bu jazoni juda koʻp marta oʻtashga majbur boʻladi. U, asosan, oshpaz boʻlib ishlaydi, pul evaziga mahbuslarga (shu jumladan, Goryanchikovga ham) alohida (hukumat tomonidan beriladigan oziq-ovqatdan tashqari) ovqat tayyorlagan.
- Sushilov — boshqa maxbus bilan birgalikda oʻz ismini oʻzgartirgan: kumush rubl va qizil koʻylak uchun turar-joyini abadiy katorgaga oʻzgartirgan maxbus. Goryanchikovga xizmat qilgan.
- A-v — toʻrt zodagondan biri. U pul ishlab olish uchun ishlatgan birgina yolgʻon eʼtirozi uchun 10 yillik ogʻir mehnat surgun qilingan. Mashaqqatli mehnatdan keyin ham u tavbasiga tayanmaydi, balki ogʻir mehnat uni yanada yomon yoʻllarga boshlaydi, uni chaqimchiva harom ishlarni amalga oshiruvchi kimsaga aylantirdi. Muallif bu personajdan foydalanib, insonning axloqiy jihatdan qanchalar tubanlikka yuz tutishini tasvirlaydi. Qamoqxonadan qochgan maxbuslardan biri.
- Nastasya Ivanovna — mahkumlarga fidokorona gʻamxoʻrlik qiluvchi beva ayol.
- Petrov — sobiq askar, harbiy mashgʻulot vaqtida polkovnik tomonidan nohaq urilgani uchun uni pichoqlab, ogʻir mehnatga duchor boʻlgan. Asarda ushbu qahramon eng qatʼiy maxbus sifatida tavsiflanadi. U Goryanchikov bilan bir xil darajadagi maxbus kishilardan biri edi, shunday boʻlsa-da, u Goryanchikovga qaram shaxs, qamoqxona ishlariga qiziquvchi oddiy maxbus sifatida qaraydi.
- Baklushin — xotinini yoʻldan ozdirgan nemisni oʻldirgani uchun katorgaga surgun qilingan maxbus. Qamoqxonaning teatr tashkilotchisi.
- Luchka — ukrainalik, olti kishini oʻldirgani uchun katorgaga yuborilgan, hibsga olingan vaqtidayoq qamoqxona boshligʻini oʻldirgan.
- Ustyantsev — sobiq askar, jazodan qutilib qolish maqsadida oʻzini sil kasaliga duchor boʻlishi uchun tamaki qoʻshilgan sharob ichadi va keyinchalik shu tufayli vafot etadi.
- Mixaylov — hali juda yosh, 25 yoshdan oshmagan, baland boʻyli, ozgʻin, tashqi koʻrinishi juda chiroyli, kelishgan, koʻzlari chiroyli yigit. Harbiy gospitalda sil kasalligidan vafot etgan mahkum.
- Zherebyatnikov — leytenant, sadistik moyillikka ega jallod.
- Smekalov — leytenant, mahkumlar orasida mashhur boʻlgan jallod.
- Shishkov — xotinini oʻldirgani uchun ogʻir mehnatga mahkum boʻlgan mahbus („Akulkin muj“ hikoyasi).
- Kulikov — loʻli, ot oʻgʻrisi, oʻta ehtiyotkor veterinar. Qamoqxonadan qochishga muvaffaq boʻlgan maxbuslardan biri.
- Elkin — sibirlik maxbus, pullarni qalbakilashtirish uchun ogʻir mehnatga mahkum etilgan. Kulikovning ishini tezda undan oʻrganib olgan va olib qoʻygan ehtiyotkor veterinar.
- Hikoyada nomaʼlum toʻrtinchi zodagon — bemaʼni, gʻayrioddiy, aqlsiz va shafqatsiz odam, otasini oʻldirishda yolgʻon ayblangan, faqat 10 yil oʻtgachgina oqlangan va ogʻir mehnatdan ozod qilingan. "Aka-uka Karamazovlar" romanidagi qahramonlardan biri Dmitriyning prototipi.
- Chekunov — gospitaldagi axloq tuzatish kolloniyasi bemorlaridan biri, sochlkari oq. U ilgari katorgaga surgun qilingan zodagonlarning koʻpchiligini bilishini va ularning ismlarini ham aytib bera olishini aytadi (yolgʻon soʻzlayotgani uning yuzlariga yozib qoʻyilgan).
Asarning keyingi ijod namunalariga taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dostoyevskiyning katorgadagi mashaqqatli ogʻir mehnat haqidagi xotiralarining hammasi ham „Oʻlik uydan maktublar“dan oʻrin olmaganligiga qaramay, bu xotiralar yozuvchining keyingi ijodiga sezilarli taʼsir koʻrsatmay qolmaydi, hatto ushbu asarda muallifning keyingi asarlarida ham uchraydigan koʻplab tasvirlari va sujetlari mavjud[1]. Dostoyevskiyning oʻzi jazo muddati tugaganidan keyin ukasi Mixailga shunday yozgan edi: „Men asardan qanchadan-qancha qahramonlarni chiqarib tashladim … Shuning oʻzi ham men uchun butunboshli asarni yozish uchun yetarli“[1].
Keyinchalik, „Dyadushkin son“ asarida katorgada Dostoyevskiy bilan birga xizmat qilgan zargar doʻsti, „Oʻlik uydan maktublar“ asari qahramonlaridan biri Isay Fomich Bumshteyn obrazi paydo boʻladi[1]. Oʻqituvchi Vasiliyning kasalligi haqidagi asar Dostoyevskiyning mahbus Ustyantsev haqidagi boshqa bir asarini takrorlaydi: „Men bir mahbusni bilardim … jazolarga hukm qilingan. Ogʻriqlar natijasida u shunchalar qoʻrqoq boʻlib qoldiki, bir kuni u jazoni oʻtash arafasida bir piyola sharob ichishga qaror qildi va tamaki talab qilib turib oldi… U qon qusishni boshladi … Bu harakat uning koʻkragini shunchalik bezovta qildiki, bir necha kundan keyin u sil kasalligining belgilarini oʻzida koʻrsatdi, oradan olti oy vaqt oʻtib u vafot etdi“[1].
„Zapiski iz podpolya“ asarida rigalik qiz Liza obrazi mavjud boʻlib, bu uning prototipi „Oʻlik uydan maktublar“dan rigalik Luiza obrazi edi[1].
"Jinoyat va jazo" romanining qoralamalaridan shunday maʼno kelib chiqadiki, asardagi Svidrigaylovning prototiplaridan biri Dostoyevskiyning hamkasbi Pavel Aristov edi[1]. „Zapiski“ asari qoralamalarda yetishmayotgan ayrim maʼlumotlar ham taqdim etadi. Masalan, qotilligi sabab ayblangan rassom Dementiyev hayotda azob tortishni xohlaydigan keksa maxbusga oʻxshaydi va aynan shuning uchun ham unter-ofitserni oʻldirishga urinadi[1]. Ayrim manbalardan yetib kelgan maʼlumotlarga koʻra, Raskolnikov haqidagi boshqa bir asar ham aslida Goryanchikov bilan sodir boʻlgan „Zapiski“ asaridan olingan voqealar bilan bogʻliqdir[1].
„Besy“ romanidagi „katorgachi Fedka“ prototipi „Zapiski“da ham mavjud. „Besy“ qoralamalarida bu qahramon Kulishov yoki Kulikov deb ataladi[1]. Tadqiqotchilar yozishlariga koʻra: "Ehtimol, Dostoyevskiy bu yerda qandaydir haqiqiy jinoyatchining yuzini nazarda tutgandir, lekin buni aniqlashning iloji bo‘lmadi. Kulishov adabiy obrazi „Besy“da ham uchraydi va uning nomi soʻnggi nashrda „Katorgachi Fedka“ nomi bilan oʻzgartiriladi. „Jitii velikogo greshnika“ asarida Osip Kulikov obrazida ayrim tasvirlar mavjud boʻlib, bu tasvirlar „Besy“ va choʻloq Kulikov va kapitanning oʻldirilishi sahnalarida koʻzga koʻrinadi… ". Filolog Muso Altmanning soʻzlariga koʻra, „Zapiski“ asariga murojaat qilganimizda ham, asarda Goryanchikovga xizmat qiluvchi xuddi oʻsha mahbus Kulikov obrazi prototipini koʻrish mumkin[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Altman, M. S. Dostoevskiy. Po vexam imen. — Saratov: Izdatelstvo Saratovskogo universiteta, 1975. — 280 s.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Zapiski iz Mertvogo doma“ v proekte „Fedor Mixaylovich Dostoevskiy. Antologiya jizni i tvorchestva“
- „ Oʻliklar uyidan eslatmalar“ kitobining umr boʻyi birinchi alohida nashri. Birinchi qism. Sankt-Peterburg: Ed. A. F. Bazunova. Turi. E. Praca, 1862. (167 p. [1]
- F. M. Dostoevskiyning „Oʻliklar uyidan eslatmalar“ ikkinchi alohida nashri. Ikkinchi nashr. SPb.: Ed. A. F. Bazunova. Turi. I. Ogrizko, 1862. Birinchi qism (269 p.) . Ikkinchi qism (198 p. [2]
- Nemis umrbod nashri 1864 yil Aus dem todten Hause: nach dem Tagebuche eines nach Sibirien Verbannten: nach dem Russischen bearbeitet / herausgegeben von Th. M. Dostojevskiy. Leyptsig: Volfgang Gerxard, 1864 yil. B.1. (251 s. [3] B.2. (191 s. [4]
- F. M. Dostoevskiyning „Oʻliklar uyidan eslatmalar“ ning umr boʻyi soʻnggi nashri. Toʻrtinchi nashr. SPb.: Turi. br. Panteleev, 1875. 1-qism (244 p.) . 2-qism (180 b. [5]
- A.Filonovning „Rus o‘quvchisi“da Dostoyevskiydan bexabar bosilgan „Vakillik“ bobining umrboqiy nashrlari: 1864, 1869, 1871, 1875, 1880 y.
- Tsenzura bilan yoʻq qilingan sheʼr va nasrdagi hikoyalar toʻplamida „Akulkinning eri“ boʻlimining umrbod nashr etilishi. N. Serno-Solovyevich (1863 [6]
- Hikoya matni