Kontent qismiga oʻtish

Dvoryanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dvoryanlar, dvoryanlik — oʻrta asr jamiyatida imtiyozlari merosiy boʻlib qonun bilan mustahkamlangan oliy tabaqalardan biri (ruhoniylar bilan birga). Xususiy yer egaligi — dvoryanlarning iqtisodiy va siyosiy taʼsirining asosini tashkil etgan. Gʻarbiy Yevropada dvoryanlar qadvoryanlar aristokratlar avlodidan, qirol saroyidagi mansabdor shaxslar, ritsarlardan shakllana borgan va absolyutizm (mutlaq hokimiyatlik) davrida vujudga kelgan. Dvoryanlar oliy va quyi tabaqaga boʻlingan, bu esa ularning unvonida oʻz ifodasini topgan (Angliyada baron va ritsarlar, Ispaniyada grandlar va idalgolar, Polshada magnatlar va shlyaxtalar va boshqa) Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida tabaqaviy jamiyat tugatilgandan soʻng dvoryanlar oʻzining koʻpgina imtiyozlari va siyosiy taʼsirini saqlab qolgan. Rossiyada 12—13-asrlarda harbiy-xizmatchilar tabaqasining eng quyi qismi sifatida vujudga kelgan. 14-asrdan dvoryanlar xizmatlari evaziga yer olishgan (qarang Pomeshchiklar). Petr I davrida dvoryanlarning shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. Dvoryanlarning safiga davlat xizmatidagi mansab pogʻonasidan koʻtarilishiga qarab, boshqa tabaqa vakillari ham kelib qoʻshilgan. 1762-yilda dvoryanlar Petr I tomonidan joriy etilgan majburiy harbiy va fuqarolik davlat xizmatlaridan ozod boʻlishga erishishgan; dvoryanlar jismoniy jazoga tortilmagan, yollanma harbiy xizmat majburiyati va shaxsiy soliqlardan ozod etilgan. Yekaterina II tomonidan berilgan inoyatnoma (1785) (rus dvoryanlarining erkin va ustu-vorliklari) dvoryanlarning shaxsiy imtiyozlariga keng yoʻl ochib bergan, dvoryan oʻz-oʻzini boshqaruv tizimini joriy etgan. Dvoryanlar tabaqa sifatida Oktyabr toʻntarishidan soʻng tugatilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild Toshkent, 2000-yil