Kontent qismiga oʻtish

Knyaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Knyaz (rus.) — 1) qabila boshligʻi, davlat yoki alohida mulk hukmdori. K. (nem. Furst) oʻrta ayerlarda Germaniyada maxsus imtiyozlarga ega boʻlgan oliy imperiya aristokratiyasi vakili. Aholisi roman tillarida soʻzlashuvchi mamlakatlarda K. unvoni prince (lotincha princeps — birinchi soʻzidan) soʻzi bilan ifodalanadi. Rossiyada K.larning kattasi — ulugʻ K., qolganlari — viloyat K.lari deb atalgan; 2) avloddan-avlodga oʻtgan faxriy dvoryanlar unvoni; podsho tomonidan alohida xizmat koʻrsatgan amaldorlarga ham inʼom qilingan (18-asrdan).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil