Aka-uka Karamazovlar
1880-yilgi nashrning ilk sahifasi | |
Asl nomi | Братья Карамазовы |
---|---|
Muallif(lar) | Fyodor Dostoyevskiy |
Mamlakat | Rossiya |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1880-yil |
Nashriyot | Russkiy Vestnik |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2021-yil Yangi Asr Avlodi nashriyoti |
Sahifalar soni | 572 bet |
ISBN | ISBN 0-00-000000-0 |
„Aka-uka Karamazovlar“— rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiy ijodiga mansub roman. Asar muallifning soʻnggi romani boʻlib ikki yil davomida yozilgan. Roman ilk bora „Russkiy Vestnik“ jurnalida qismlarga boʻlinib nashr etilgan. Nashr etish 1880-yil noyabr oyida yozuvchi vafotidan ikki oy oldin yakunlandi. Romanda uch aka uka Ivan, Aleksey va Dmitriy Karamazovlar borliqning asl mohiyati va hayot falsafasi haqidagi savollarga oʻz yoʻli, oʻz dunyoqarashi bilan javob topishga harakat qilshadi.
Asar oʻzbek tilida Ibroxim Gʻafurov tarjimasi bilan bir necha bora nashr etilgan. Soʻnggi marotaba 2021-yilda Yangi Asr Avlodi nashriyoti tomonidan 572 betli qattiq muqovada chop etildi.[1]
Sujet
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Aka-uka Karamazovlar" romani „Buyuk gunohkorning tarixi“ dostonining birinchi qismi sifatida yozilgan boʻlib, eʼtiqod, erkinlik va axloqning chuqur falsafiy muammolariga bagʻishlangan.
Hikoyaning markazida uchta aka-uka — Ivan, Aleksey va Dmitriy borliqning asosiy sabablari va yakuniy maqsadlari haqidagi savollarga javob topishga harakat qilishadi. Ular Xudo va ruhning oʻlmasligi haqidagi savolga javob berishga harakat qilib, oʻz hayotidagi tanlovini qilishadi.
Dostoevskiy „Aka-uka Karamazovlar“ haqidagi xotiralarida: „Men hech bir asarimga bundan jiddiyroq qaramaganman“, deb yozgan edi.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fyodor Pavlovich Karamazov
- Dmitriy Fydorovich Karamazov
- Ivan Fyodorovich Karamazov
- Aleksey Fyodorovich Karamazov
- Pavel Fyodorovich Smerdyakov
- Agrefena Aleksandrovna Svetlova
- Katerina Ivanovna Verxovtseva
- Ilya Nikolayevich Snegiryov
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ arxiv nusxasi, 2021-12-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-12-30