Fyodor Dostoyevskiy
Fyodor Dostoyevsky | |
---|---|
Asl ismi | Фёдор Миха́йлович Достое́вский |
Tavalludi |
11-noyabr 1821-yil |
Vafoti |
9-fevral 1881-yil (59 yoshda) Sankt Peterburg, Rossiya Imperiyasi |
Ijod qilgan tillari | Rus tili[1] |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Yoʻnalish | realizm |
Shoh asari | Aka-uka Karamazovlar |
Dostoyevskiy Fyodor Mixaylovich (1821.30.10(11.11), Moskva — 1881.28.1 (9.2), Sankt-Peterburg) — rus yozuvchisi. Ijodiy faoliyati 1844-yilda boshlangan. Birinchi romani — „Bechora odamlar“da (1846) xoʻrlangan, ijtimoiy adolatsizlikka duchor boʻlgan „kichkina odamlar“ning qismati hikoya qilingan. „Qiyofadosh“ (1846), „Oq tunlar“ (1848) qissalari ham ijtimoiy mavzuda. N. Dobrolyubov, V. Belinskiy kabi demokrat ziyolilarning inqilobiy gʻoyalariga mahliyo boʻlib qolgan D. 1847-yildan rus inqilobchisi va xayoliy sotsialisti M. V. Petrashevskiy toʻgaragiga faol qatnashib, xayoliy sotsializm gʻoyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Mazkur toʻgarakda qatnashib, mavjud davlat tuzumini kuch ishlatib oʻzgartirishga harakat qilgani uchun D. oʻlim jazosiga xukm qilinadi (1849). Nufuzli davlat va jamoat arboblarining aralashuvidan soʻng, podsho Aleksandr II oʻlim jazosini 4 yillik katorga surguni bilan almashtiradi. Yozuvchi Omsk katorga qamoqxonasida (1850—54) va Semipalatinskda intizomiy harbiy xizmatda boʻldi (1854—59). 1859-yildan Peterburgda Uzoq muddatli tutqunlik va surgun D. ijodida oʻz ifodasini topadi, tushkunlik ustuvor mavzuga aylanadi. „Stepanchikov qishlogʻi va uning axoliyey“ (1859), „Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar“ (1861), „Oʻlik xonadondan maktublar“ (1861—62) asarlari jaholat botqogʻiga botib, insoniy qiyofasini yoʻqotgan ruslar hayotiga bagʻishlangan.
D. M. M. Dostoyevskiy (akasi) bilan hamkorlikda „Vremya“ (1861—63), „Epoxa“ (1864—65) jur.larini nashr etadi. Bularda Rossiyadagi krepostnoylik tartibi, aslzoda (dvoryan) larning maʼnaviyaxloqiy tubanligi, mehnatkashlar shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishini fosh etishdan tashqari, millatchilik, buyuk davlatchilik (shovinizm) gʻoyalari, xususan, chor Rossiyasi tomonidan Turkistonning zabt etilishi targʻib qilinadi. „Biz Yevropaga bostirib borsak, ular bizni varvarlar sifatida qarshi oladi, Osiyoda esa bizni madaniyatli millat kabi kutib olishadi“, deb, Kaufman, Skobelev singari harbiylar Turkistonni bosib olishga daʼvat etiladi.
„Jinoyat va jazo“ (1866), „Telba“ (1868) romanlarida rus xalqining maʼnaviy muammolari badiiy boʻyoqlarda yaqqol aks ettirilgan. „Jinlar“ (1871—72), „Oʻsmir“ (1875) romanlarida esa rus „oqsuyaklari“ tabaqasi, amaldorlari orasida maʼnaviy qashshoqlik, amalparastlik, ochkoʻzlik va xudbinlik kabi illatlar chuqur ildiz otgani koʻrsatilgan, ichki-milliy muammolarni boshqa bir xalq hisobiga hal etib boʻlmasligi eʼtirof etilgan. „Ogʻa-ini Karamazovlar“ (1879—80) romanida jamiyat va shaxs oʻrtasidagi chuqur ziddiyat, ruhiy inqiroz va fojia oʻz ifodasini topgan.
D. ijodi, garchi ziddiyatli boʻlsada, rus va jahon adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. D. 19-asrdagi realistik roman janrini yangi oʻziga xos tomonlar bilan boyitdi. Adib toʻlaqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimini, insonlar takdirini, qalb kurashini, balki jamiyat maʼnaviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham bera oldi. Oʻzining intellektual romanlarida fikrlarning keskin kurashini, gʻoya va dunyoqarashning fojiaviy toʻqnashuvini mahorat bilan tasvirladi. D. romanlari vazmin tasvir uslubi emas, aksincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi va liro-publitsistik pafosi bilan ajraladi.
D.ning „Jinoyat va jazo“, „Telba“ va boshqa asarlari Ibrohim Gʻafurov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Bibliografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Romanlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1846 Bechora odamlar
- 1860 Oʻlik uydan maktublar
- 1861 Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar
- 1864 Oʻlik uydan maktublar
- 1866 Преступление и наказание
- 1866 Oʻyinchi
- 1868 Telba
- 1869 Abadiy er
- 1872 Iblislar
- 1875 Oʻsmir
- 1876 Yuvosh
- 1880 Aka-uka Karamazovlar
Qissa va hikoyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1848 Kuchsiz yurak
- 1848 Egizak
- 1848 Kulgili odamning tushi
- 1848 Netochka Nezvanova
- 1848 Oq tunlar
- 1859 Amakimning tushi
- 1859 Stepanchikovo qishlogʻi va unda yashovchilar
- 1862 Yozgi taasurotlar haqidagi qishki qaydlar
- 1864 Boʻlmagʻur latifa
Ekranizatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Esi past“ — Pyotr Chardininning filmi (Rossiya, 1910)
- „Esi past“ — Jorj Lampenning filmi (Fransiya, 1946)
- „Esi past“ — Akira Kurosavaning filmi (Yaponiya, 1951)
- „Esi past“ — Ivan Piryevning filmi (SSSR, 1958)
- „Esi past“ — Alan Bridjesning teleseriali (Buyuk Britaniya, 1966)
- „Shum muhabbat“ — Andrzej Żuławski (Fransiya, 1985)
- „Esi past“ — Mani Kaulaning teleseriali (Hindiston, 1991)
- „Daun Haus“ — Roman Kachanovning film-parodiyasi (Rossiya, 2001)
- „Esi past“ — Vladimir Bortkoning teleseriali (Rossiya, 2003)
- Jinoyat va jazo (film, 1940) — SSSR, 1940
- Jinoyat va jazo (film, 1956) — Fransiya, 1956
- Jinoyat va jazo (film, 1970) — SSSR, 1970
- Jinoyat va jazo (film, 1983) — Finlandiya, 1983
- Jinoyat va jazo (telefilm, 2007) — Rossiya, 2007
- Yuvosh (film)
- Aka-uka Karamazovlar (film)
- Kamsitilgan va xoʻrlanganlar (film, 1958) Italiya
- Kamsitilgan va xoʻrlanganlar (film, 1977) Meksika
- Kamsitilgan va xoʻrlanganlar (film, 1979), SSSR
- Kamsitilgan va xoʻrlanganlar (film, 1991) SSSR-Shveysariya
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar, T., 1966; Telba, T., 1981.
- F. M. Dostoyevskiy tugʻilgan kunning 150 yilligi (esdaliklar), T., 1971.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- F. M. Dostoevsky asarlarining qisqacha mazmuni (rus.)
- F. M. Dostoevskyning rasmlari (rus.)
- F. M. Dostoevskyning asarlari va tanqid (Wayback Machine saytida 2004-12-30 sanasida arxivlangan) (rus.)
- Osipov A. I. „F. M. Dostoevsky va xristianlik“ (Wayback Machine saytida 2006-02-19 sanasida arxivlangan) (rus.)
- Dostoevsky Fyodor Mixaylovich — yozuvchining ijodi haqida (rus.)
- Fyodor Dostoevsky, hayot va ijodining asosiy sanalari (Wayback Machine saytida 2007-12-23 sanasida arxivlangan) (rus.)
- http://www.klassika.ru/proza/dostoevskij/ (rus.)
- Fyodor Dostoevsky Chronicle by Erik Lindgren (ingl.)
- Fyodor Mixaylovich Dostoevsky HomePage „Fedor Dostoievsky“ (ingl.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 11-noyabrda tugʻilganlar
- 1821-yilda tugʻilganlar
- 9-fevralda vafot etganlar
- 1881-yilda vafot etganlar
- Adiblar haqidagi chala maqolalar
- Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy
- Rossiya Imperiyasida tugʻilganlar
- Moskvada tugʻilganlar
- Rossiya Imperiyasida vafot etganlar
- Sankt-Peterburgda vafot etganlar
- Rossiya yozuvchilari
- Rossiyalik yozuvchilar
- Rossiya faylasuflari
- Rossiya imperiyasi yozuvchilari