Payariq
Payariq | |
---|---|
shahar | |
39°59′21″N 66°50′45″E / 39.98917°N 66.84583°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Samarqand viloyati |
tuman | Payariq tumani |
Aholisi | 11 500 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Payariq (1991-yilgacha Narimonovka posyolkasi) — Samarqand viloyati Payariq tumanidagn shahar (1991-yildan), tuman markazi. Nurota togʻlari yon bagʻrida joylashgan. Oʻrtacha 610 m balandlikda.. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ulugʻbek (40 km). Viloyat markazi (Samarqand)gacha —43 km. Aholisi 11,5 ming kishi (2003).
P. oʻrnida 1880-yillarda Rossiyadan koʻchib kelib oʻrnashib olganlarning qishlogʻi boʻlgan va dastlab Fedorovka, Katalas deb atalgan. P. nomi tuman hududidan oʻtgan „Pay“ arigʻi nomidan olingan. P.da tuman hokimiyati binosi, maʼmuriy va davlat idoralari, ishlab chiqarish korxonalari, avtokorxona, MTP, bozor, 3 ta umumiy taʼlim maktabi, qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji, tibbiyot va iqtisodiyot kollejlari, madaniyat uyi, markaziy kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Markaziy kasalxona, tez tibbiy yordam boʻlimi, poliklinika, dorixonalar, optika doʻkonlari mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |