Oqtosh
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Oqtosh | |
---|---|
shahar | |
39°57′39″N 66°29′18″E / 39.96083°N 66.48833°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Samarqand viloyati |
tuman | Narpay tumani |
Aholisi | 35 410 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Oqtosh — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Narpay tumanidagi shahar, tuman markazi. Viloyatning janubi-gʻarbida joylashgan. Narpay tuman markazi. 1967-yil 31-sentabrda tashkil etilgan. Zirabuloq temir yoʻl stansiyasi mavjud. Oqtosh shahri Samarqand shahridan 133 km gʻarbda joylashgan. Aholisi 35 ming kishiga yaqin (2003), asosan, o`zbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik, qozoq, ukrain, koreys, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shaharda 15 ta umumiy taʼlim maktabi, 2 ta kasb-hunar kolleji, 2 ta avtokorxona, paxta tozalash zavodi, «Oqtoshdon», «Oqtoshnon», «Salomatlik» aksiyadorlik jamiyatlari, «Zarafshon» firmasi, Zirabuloq tajriba sinov zavodi, MTP, Zirabuloq magistral gaz yoʻllaridan foydalanish boshqarmasi, 4 ta bank, 2 ta bozor, 2 ta klub, tuman markaziy madaniyat uyi, 8 ta kutubxona, madaniyat va istirohat bog`i, markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, dorixonalar va boshqa savdo, madaniy-maishiy shaxobchalar bor.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqtosh qadimdan oʻzining "Zirabuloq" nomi bilan maʼlum va mashhurdir. Qadim tarix zarvaraqlarida bayon etilishicha hozirgi Oqtosh shahri oʻrnida qadimgi Arbinjon shahri xarobalari joylashgan.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimining alohida xususiyatlari: issiq va yorugʻ kunlari koʻp, iqlimi quruq va kontinental, qishi yumshoq, yoz esa issiq va quruq. Iyul oyida kunduzi oʻrtacha harorat +34 °C, kechalari +18 °C gacha, yanvarda kunduzlari oʻrtacha +7 °C dan kechalari −4 °C gacha boʻladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Samarkand.uz (Wayback Machine saytida 2009-05-22 sanasida arxivlangan)
- SAMARQAND VILOYATI SHAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLARI[sayt ishlamaydi]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |